So’nggi yangiliklar

10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  0 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  17 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  2 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173

Vagiz Galiulin: “O'zbekiston Superligasi saviyasi Rossiya birinchi divizionidan ancha yuqorilab ketdi” Yangiliklar

Vagiz Galiulin: “O'zbekiston Superligasi saviyasi Rossiya birinchi divizionidan ancha yuqorilab ketdi”

“Andijon” klubining yozgi selekciyadagi ilk transferi – Vagiz Galiulinning ayni paytda “Burgutlar” bilan Toshkentdagi yig'inda ishtirok etyapti.

Tajribali o'yinchi dastlabki taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- Vagiz “Andijon” klubiga qaytganingizdan xursandmiz. Qachondir shunday bo'lishi kerak edi. Buning asosiy tashabbuskori kim bo'ldi?

- Ha, “Andijon”ga kelganimdan juda xursandman. Tashabbuskoriga kelsak, bu vaqt bo'lishi kerak. Qachondir uyga qaytaman, “Andijon”da o'ynayman deb o'ylab yurardim. Bu erda dadam bor, oshna-og'aynilarim bor. Har doim ketaman deb niyat qilardim. Endi shunaqa vaqt bo'ldiki, men uyga keldim. 

- Jamoa bilan Toshkentdagi yig'inda ishtirok etyapsiz. Moslashish qanday? Dastlabki taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Toshkentdagi yig'inni boshlab oldik. Moslashish hammasi yaxshi. Yigitlar bilan tanishib oldim. Kimlar bilandir bungacha ham tanish edim. Mashg'ulotlar orqali bir-birimizni tushunib boryapmiz. Yanada moslashish uchun mana shunday mashg'ulotlar va o'yinlar kerak. 

- Rossiyadagi uzoq yillik faoliyatingiz yakuniga etdi. U erda chempionlik, Kubok va Superkubok sohibi bo'ldingiz. Barcha o'ylaganlarim amalga oshdi, deb ayta olasizmi?

- Rossiyada ko'p yillar davomida o'ynadim. Hammasi ham amalga oshdi, deb ayta olmayman. Bundan ham zo'r o'ynasam bo'lardi. Lekin ko'p narsalar xalaqit qilgan. Ayniqsa, jarohatlar to'sqinlik qilgan. Superkubokda, Kubok finalida o'ynaganman. Rossiya chempioni bo'ldim, “Rubin” bilan. Ammo, baribir bundan ham yaxshiroq natijalar bo'lishi mumkin edi. Masalan, Evropani boshqa chempionatlarida to'p surishim ham mumkin edi. 

-  Bu erda o'zingiz uchun qaysi raqamni tanladingiz?

- Hozircha o'zim uchun raqam tanlamadim. Hali bu to'g'risida o'ylamadim. CHunki hozir tezroq sport formasiga qaytish uchun yig'inda mashg'ulotlar bilan bandman. 

-  Siz maqsad va vazifalarni bajargan futbolchisiz. “Andijon”dagi asosiy maqsadingiz nima?

- Asosiy maqsadim “Andijon” futbol klubiga yordam berish. To'plagan tajribam bilan yigitlarga maydonda va maydon tashqarisida og'zaki bo'lsa ham yordam berish. Bu erga faqat yordamlashish uchun qaytdim. Vazifam maksimal ravishda “Andijon” bilan hamma o'yinlarda g'alaba qozonish. Xudo xohlasa, Kubokni qo'lga kiritish niyatim bor. 

-  O'zbekiston chempionatini kuzatib borayotgandirsiz. Qanday o'zgarishlarni ko'ryapsiz?

- O'zbekiston chempionatini kuzatib borardim, “Andijon”ga ham etibor qaratardim. Do'stlarim to'p surishadi. O'zgarishlar bor, yaxshi tomonga. O'zbekiston Superligasi saviyasi Rossiya birinchi divizionidan ancha yuqorilab ketdi. Terma jamoada ham boshqacha o'yin ko'rsatishyapti. O'zbek futbolchilari Evropa chempionatlarida va Osiyoning kuchli ligalarida to'p surishyapti. Asosiysi, o'zbek chempionati rivojlanyapti.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика