Rasman: "Andijon" Vagiz Galiulin uyiga qaytganini elon qildi
12 iyu 2024 17:16
Yangiliklar
Rasman: "Andijon" Vagiz Galiulin uyiga qaytganini elon qildi
Klublarimiz esa tarkibni shakllantirish jarayonini allaqachon boshlab yuborishgan.
"Andijon" jamoasi yozgi dastlabki transferni amalga oshirdi. O'zbek futboli ixlosmandlari yaxshi biladigan, tajribali futbolchi Vagiz Galiulin jamoaga qaytdi.
Vagiz "Andijon" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyatining asosiy qismini Rossiya Premer-ligasi hamda birinchi divizionida o'tkazgan. Qanot yarim himoyachisi oxirgi to'rt yilni “Nefteximik” klubida o'tkazdi va u erda jamoa sardori sifatida to'p tepdi.
"Andijon" hamda Galiulin o'rtasida 1,5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Malumot uchun:
Vagiz Galiulin
Tug'ilgan yili: 10.10.1987
Ampluasi: Qanot yarim himoyachisi
To'p tepgan jamoalari: "Andijon", "Buxoro", "Rubin", "Sibir", "Ufa", "Tosno", "Tambov" va "Nefteximik".
Erishgan yutuqlari: Rossiya chempioni – 2008 ("Rubin").
Rossiya Superkubogi – 2009-10 ("Rubin").
Rossiya Kubogi – 2018 ("Tosno").

SHuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini ham himoya qilgan. Oxirgi o'yinini 2021 yilda o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar