So’nggi yangiliklar

14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  3 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  18 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  17 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0

Vagiz Galiulin: “Jurnalistlar doim nima uchun termaga chaqirilmayotganim haqida so'rashadi” Yangiliklar

Vagiz Galiulin: “Jurnalistlar doim nima uchun termaga chaqirilmayotganim haqida so'rashadi”

Teglar :  Vagiz GaliulinUfa
“Ufa” klubi safida to'p surayotgan Vagiz Galiulinni yodingizdan chiqarmagan bo'lsangiz kerak-a? O'tgan yildan buyon ushbu jamoa safida to'p surib kelayotgan futbolchimizning bugungi holati qanday?

Malumki, Galiulin bir necha bor jiddiy jarohatlarga uchragan. Bu esa har qanday o'yinchining tiklanishi uchun murakkab kechadi. Lekin Vagiz ancha irodali ekanligini ko'rsatmoqda. CHunki jarohatlar sababli ancha vaqt futbol o'ynamay qolgan paytlarda ham u tiklanish uchun o'zida kuch topa oldi. O'tgan yildan beri esa Rossiya premer-ligasida to'p surib kelmoqda. SHuningdek, bu futbolchining nima uchun terma jamoaga chaqirilmayotgani ham muxlislarning o'ylantirayotgan savollardan biri bo'lsa ajab emas. Futbolchining o'zi esa doimo terma uchun o'ynashga tayyor ekanligini bir necha bor aytgan. Ammo u bor etiborini faqat o'z klubiga qaratgan. Axir termadan taklif bo'lmayotganidan keyin u yana nima qilsin? Quvonarlisi, Galiulin “Ufa”da o'z o'rniga ega. Lekin hozircha bu jamoaning natijalarini u qadar qoniqarli deb aytib bo'lmaydi. SHunga qaramasdan, jamoaning ko'rsatayotgan o'yini chakki emas, shu jumladan Galiulinni ham. Biz esa uning hozirgi holatini va klubdagi ishlari qandayligini bilish uchun unga qo'ng'iroq qildik.    

- Salom Vagiz! Ishlaringiz yaxshimi? Hozir nimalar bilan bandsiz?

- Juda yaxshiman. Hozir Moskvadan, “Ufa”ning mashg'ulotlarida qatnashyapman. Murabbiylarimiz poytaxtda bir haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishni maqul ko'rishdi. SHu sababli hozirda jamoam ixtiyoridaman.

- Siz bu safargi mavsumni ham “Ufa” tarkibida boshladingiz. Boshqa takliflar yo'qligi uchunmi yoki bu erda sizni hamma narsa qoniqtiryaptimi?

- Menga boshqa klublardan ham chorlovlar bo'lgan. Lekin men “Ufa”da qolishni lozim deb topdim. CHunki klub tomonidan yaratib berilgan sharoitlar menga maqul kelmoqda. SHuning uchun bir yildan beri faoliyatimni aynan ushbu jamoada davom ettirib kelyapman. Qolaversa, klubdagi futbolchilar bilan ham juda yaxshi munosabatdaman. Bu erda mening do'stlarim juda ham ko'p.


- Keyingi yillarda sizni jarohatlar qiynab kelayotgani rost. Tiklanish jarayonlarini qanday engib o'tyapsiz?

- Mening jiddiy jarohatim “Rubin”da o'ynab yurgan paytlarimda sodir bo'lgandi. Buning natijasida bir yarim yil futbol o'ynay olmaganman. “Ufa”da esa men uchun hammasi joyida. Lekin yashirmayman, oz-moz jarohatlarim yana bezovta qilib turibdi. Ammo yuqorida aytganimdek, jiddiy jarohatga “Rubin”dagi faoliyatimda duch kelganman va operaciya stoliga yotgandim. Mana, endi Boshqirdiston klubi menga o'zimni ko'rsatishim uchun imkoniyat yaratib berdi. Rafiqam va farzandlarim bilan birga klub tomonidan ajratib berilgan uyda yashayapmiz. SHu bois hammasi joyida.

- Siz jarohatingizni davolatish uchun asosan Serbiyaga borasiz. U erda tanish shifokorlaringiz bormi?

- Ha, men uchun tanish va malakali shifokorlar bor. Lekin aynan nima sababdan Serbiyaga borib davolanishim sabablarini aytmaganim maqul. Umuman, Serbiyaga borib davolanib kelgan boshqa futbolchilardan ham so'rasangiz ular yaxshi gaplarni gapirishadi. Bu mamlakatdagi mutaxassislar har qanday futbolchini oyoqqa turg'ish uchun bor mahoratini ishga soladilar.

- “Ufa”da to'p surayotgan besh nafar hujumchilar asosan legionerlardir. Germaniya, Nigeriya, Braziliya va Bosniya fuqarolaridir. Lekin shuncha hujumchisi bor jamoaning gol urish borasidagi samaradorligi sezilmayapti.

- Umuman olganda, siz haqsiz. CHindan ham safimizda xorijlik hujumchilar to'p surishyapti. Lekin buni futbol deyishadi va unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Albatta, jamoamizning gol urishdagi samaradorligi oshadigan paytlari ham keladi. O'tgan yilgi mavsum boshida ham shunga o'xshash kamchiliklar yuz bergandi. Lekin o'shanda ham turdan-turga o'tib gollarimiz soni ko'payib borgandi. To'g'ri, golni hujumchilar urishadi. Lekin futbol jamoaviy o'yin. Nafaqat hujumchilar, balki yarim himoya va hattoki himoyada o'ynaydigan futbolchilar ham raqib darvozalarini ishg'ol qilishlari mumkin. Asta-sekin o'yinimiz “ochilib” borishiga ishonaman. Lekin hozircha bundan boshqa aniq sabablarini ayta olishim mushkul.

- Hozircha “Ufa” premer-ligada oxirgi o'rinlardan birida boryapti. Aksiga olib klub o'z maydonidagi o'yinlarda ochko qo'lga kirita olgani yo'q. Barcha ochkolarini hozircha mehmonda qo'lga kirityapti.

- To'g'ri aytasiz, chindan ham shunday bo'lyapti. Safardagi o'yinlarda ochkolarni qo'lga kirityapmiz. Bilgan bo'lsangiz, o'tgan yili jamoamiz 28 ta o'yinni faqat mehmonda o'tkazdi. 

- Buning sababi nimada?

- Buning sababi o'zimizning stadionimizdagi muammolar bilan bog'liq edi. 24 sentyabr kuni “Ural”ga qarshi maydonga tushamiz. Hozir esa navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'tgan yili esa faqat ikkita o'yinni o'z maydonimizda o'tkazganmiz xolos. 


- Dadangiz Iskander Galiulinni muxlislarimiz ham yaxshi bilishadi. U bilan suhbatlarda asosan futbol haqida mavzu ochiladimi?

- Albatta. Men dadamning suhbatlari va uning maslahatlariga amal qilib kelaman. Hozir ham umuman, har kuni u bilan gaplashaman. Hayotiy tajriba va futbol borasida ham bilganlarini menga aytib o'rgatib turadi. Bu borada ko'p maslahatlar olaman.

- Futbolchi sifatida birinchi oylik maoshingizni eslay olasizmi va uni nimaga sarflagansiz?

- Dastlabki ishlab topgan oyligimni adashmasam “Buxoro” klubida o'ynab yurgan kezlarimda olgandim. “Rubin”ga ketishdan avval aynan ushbu jamoa tarkibida to'p surardim. Albatta, birinchi oylik maoshimni dadamga bergandim. O'sha pullarga esa men uchun futbol formalarini olib bergandi. 

- Vagiz, nima sababdan terma jamoaga chaqirilmayotganingiz haqida o'ylab ko'ryapsizmi?

- To'g'risi, shunday savolni berishingizni bilardim. Siz ham va boshqa jurnalistlar ham mendan doim shu mavzu haqida so'rashadi. Mana, hozir ham siz terma jamoaga chaqirilmayotganim xususida savol beryapsiz. Ammo buning sababini men qaerdan ham bilardim? Bazida esa meni ham terma jamoaga chaqirishlari haqidagi uzun-quloq gaplarni eshitib qolaman. Keyin esa yana qandaydir sabablar tufayli termaga taklif qilishmaydi. Ochig'i, buning sababi menga qorong'u. Ehtimol ko'rsatayotgan o'yinim murabbiylarni qoniqtirmayotgan bo'lishi ham mumkin. Yoki boshqa tomonlama ularga maqul kelmayotgandirman. SHuning uchun buning sabablari ko'p bo'lsa kerak. Ammo men hamma vaqt O'zbekiston uchun o'ynashga tayyorman. Terma jamoaga kimlarni taklif qilish bu murabbiylarning ishi. SHu bois bu savol bilan ularga murojaat qilsangiz to'g'riroq bo'lardi.

- Hozirda Rossiya premer-ligasida sizdan tashqari Vitaliy Denisov bilan Odil Ahmedov ham to'p surmoqda. Ular bilan...

- Sizni tushundim, albatta ular bilan doimiy ravishda aloqadaman. Mana, yaqinda Vitaliy bilan o'tirib ancha suhbatlashdik. “Lokomotiv” “Ufa”ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'sha o'yin bahonasida do'stim Denisov bilan ko'rishdim. 

- “Ufa” bosh murabbiyi Igor Kolovanovni qanday murabbiylar sirasiga qo'shgan bo'lardingiz?

- Uni juda kuchli ruhshunos deb atagan bo'lardim. Hamma futbolchilar bilan yaxshi munosabatda. Kimga qanday gapirishni yaxshi biladi. Kolovanov ham o'z vaqtida mohir futbolchi bo'lgan. U xorij klublarida ham o'ynagan. Masalan, Italiyada.

- O'zbekiston chempionati ham ayni paytda sizga qiziq ko'rinyaptimi?

- Ha, kuzatib kelyapman. Jamoalarning qanday natija qayd etayotganini va o'yindagi videolavhalarini ko'raman. Nimagadir “Andijon”ning ishlari yurishmayapti. Menimcha, omadi chopmayapti. SHuningdek, “Buxoro”ning ham qayd etayotgan natijalari ham yaxshi emas. Afsuski, ushbu klublar yaxshi natija ko'rsata olishmayapti. Mening jamoalardagi tanishlarim ko'p. Misol uchun “Lokomotiv”da ham ko'plab do'stlarim o'ynashyapti. Bu jamoaning natijalari esa yaxshi.

- Vagiz, qiziqarli suhbatingiz uchun rahmat. Keyingi ishlaringizga omad tilaymiz.

- Sizga ham rahmat. O'zbek futboli muxlislariga ham o'zimning samimiy tilaklarimni bildirib qolaman. O'zbekiston terma jamoasini Rossiyada bo'ladigan jahon chempionatida ishtirok etishini juda-juda xohlayman. 

FIRDAVSXON yozib oldi. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика