So’nggi yangiliklar

18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  1 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  0 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  7 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  5 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  6 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  12 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2

Vadim Abramov: "Meni "Neftchi"ni quyi ligaga tushirib yuborgan deb kim aytdi?" (intervyu) Yangiliklar

Vadim Abramov: "Meni "Neftchi"ni quyi ligaga tushirib yuborgan deb kim aytdi?" (intervyu)

Samarqandning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov yangi lavozimga tayinlanganidan keyin championat.asia saytiga intervyu berdi.

- "Dinamo" varianti qanday paydo bo'ldi? Kim aloqaga chiqdi?
- Odatdagidek klubdan menga qo'ng'iroq qilishdi va muzokaraga taklif qilishdi. Rahbariyat bilan gaplashib kelishib oldik. Yil oxirigacha shartnoma tuzdim.

- Terma jamoadan ketgach nima bilan shug'ullanayotgandingiz?

- Hech nima, shunchaki dam oldim.

- "Dinamo" murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam beradi?

- Hozircha faqat Marat Miftaxutdinov keldi. Qolgan murabbiylar bungacha "Dinamo"da ishlayotganlar.

- "Dinamo"da siz bilan birga ishlagan futbolchilar ko'p emas...

- To'g'ri adashmasam uch futbolchi bilan oldin birga ishlaganman. Marat Bikmaev, Erkin Baydullaev va Evgeniy CHumak.

- Samarqanddagi stadion chimi bilan tanishdingizmi? Holati qanday?

- Yomon emas. Faqat biroz chim o'sgan ekan bugun o'tini o'rishdi va hammasi joyida. Bugun ilk mashg'ulotni o'tkazamiz va ertaga o'yin.

- Terma jamoadagi shogirdingiz Baqoevga qarshi...

- Ha, agar "So'g'diyona" bosh murabbiyi Baqoev bo'lsa, demak unga qarshi.




- 2017 yil "Neftchi"ni deyarli shunday holatda, mavsum o'rtasida va oxirgi o'rinlardagi jamoani qabul qilib olgandingiz va yakunda klub quyi ligaga tushib ketgandi. "Dinamo" bilan ham shunday bo'lishidan qo'rqmaysizmi?

- Yo'q, avvalo bir narsaga oydinlik kiritib olaylik. 2017 yilda "Neftchi"ni kim quyi ligaga tushib yuborgandi? Bizmi yoki o'sha paytdagi rahbariyatmi? CHempionat tugashiga nechta tur qolganida reglament o'zgarib ketgani yodingizdami? Keyin "Neftchi" 2018 yil baribir Superligada o'ynagan. Demak klub men ishlagan paytda quyi ligaga tushib ketmagandi. Yana bir narsa hech kim 2017 yil "Neftchi"da bizdan oldin kimlar ishlagani va natijalari qanday bo'lganini eslamaydi negadir. O'sha yil yozda men jamoaga kelgach hamma legionerlarga javob berganmiz va faqat mahalliy yigitlarni, asosan o'rinbosarlarda o'ynagan yosh futbolchilarni maydonga tushirganmiz. O'sha paytdagi yoshlar hozir Superligadagi deyarli barcha klublarda asosiy tarkibda o'ynashmoqda.

- 2017 yil reglament o'zgarishi haqida bergan intervyudan keyin sizni futboldan chetlatishgandi. Endi "Dinamo" murabbiyi sifatida matbuot anjumanlarida qatnashasiz...

- Sizni tushundim, men doim jurnalistlar bergan savollarga javob beraman. O'zim mana bu savolni beringlar demayman-ku, to'g'rimi. OAVni to'rtinchi hokimiyat deyishadi, biz hokimiyatga qarshi bormaymiz. Qonunni buzmasak, o'ylaymanki hech kim bizni chetlatmaydi.

- "Dinamo" hozir so'nggi o'rinda bormoqda. Klubni Superligada olib qolishga ishonganingiz uchun shartnoma tuzdingizmi?

- To'g'ri oxirgi o'rindamiz, ammo oldinda 12ta o'yin bor. Matematik va amaliy jihatdan imkoniyatimiz bor. Oxirigacha kurashamiz. Buning uchun ko'p ishlash kerak bo'ladi.


Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика