So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  44 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

Vadim Abramov: "Biz "So'g'diyona"ga hech bir jabhada mag'lub bo'lmadik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Biz "So'g'diyona"ga hech bir jabhada mag'lub bo'lmadik"

Coca Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib, mag'lubiyatga uchrash alamli. Jamoa bilan tanishib, kamchiliklarimizni ko'rib oldik. Afsuski, mavjud muammolar bizga pand berishda davom etyapti. Yo'q joydan gol urib ketishdi. Agar durang bo'lganida, adolatli bo'lardi. Biroq bir narsa, yani biz yuqtazgan jamoa chempionatda 2-o'rinda borayotgani xursand qiladi. Biz etarlicha qarshilik ko'rsatganimiz ham meni shod etdi. Biz hech bir jabhada  "So'g'diyona"ga mag'lub bo'lmadik. 

- Jamoa boshqaruvidagi birinchi o'yiningizdan qoniqdingizmi?

- Mag'lubiyatdan qanday qilib qoniqishim mumkin? Qaytaraman, raqib chempionat etakchilaridan biri edi. Faqat shu jihatgina tinchlantirdi. Afsuski, reglament bo'yicha o'rinbosarlar jamoamiz ertaga o'ynaydi. Oldingidek bo'lganida, o'yin oldidan tanishib olardim. Ertaga o'rinbosarlar tarkibi o'yinini ko'ramiz. Kamchiliklarimizni bilib oldik, endi uni bartaraf qilish ustida ishlaymiz.

- Vadim Karlenovich, siz "So'g'diyona" futbolchilarini yaxshi bilasiz. Ayniqsa, Jasur Hasanovni. Yordamchingiz Islom SHaripovga borib ko'p narsalarni uqtirdi, biroq jamoangiz unga qarshi hech nima qila olmadi...

- Bilasizmi, futbolimiz darajasidan hayratdaman. SHuncha yildan buyon o'ynab kelayotgan Jasur Hasanov yoshlarni bemalol aldab o'tib ketmoqda. Bu siz kabi meni ham ajablantiradi. Buni futbolchimizga tushuntirishga harakat qildik, yordamchim ham alohida borib hammasini uqtirib keldi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика