"Bunyodkor" hujumchisi jamoani tark etdi
15 iyu 16:56
Yangiliklar
"O'sish, gollar va unutilmas lahzalarga boy mavsumdan so'ng "Bunyodkor"dagi sayohatim nihoyasiga etdi. Men bilan birgalikda erishganlarimizdan faxrlanaman va klub, jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlovidan minnatdorman. Muxlislarga alohida rahmat, har bir o'yinda uydagidek his etdim. Keyingi bobga o'tamiz", – dedi Kachorri.
27 yoshli "qaldirg'ochlar" libosida 17 o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi hamda 1 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.
Legioner futbolchining keyingi manzili Iordaniyaning "Al Hussayn" jamoasi bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar