"Ayntraxt" "Nyukasl"ning Ekitike bo'yicha bergan katta summali taklifini rad etdi
15 iyu 21:20
Yangiliklar


"Ayntraxt" "Nyukasl"ning Ekitike bo'yicha bergan katta summali taklifini rad etdi
Nemis klubi ko'proq pul talab qilmoqda.
"Ayntraxt" "Nyukasl"ning Yugo Ekitike bo'yicha taklifini rad etdi. Nemis klubi 23 yoshli hujumchini 80 million evroga sotishni istamadi, deb xabar bermoqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg. Bu qaror asosan to'lov shartlari bilan bog'liq.
Bundan tashqari, "Ayntraxt"ning sport direktori Markus Kreshe o'yinchi uchun yanada kattaroq summa olishni xohlamoqda. Ayrim klublar allaqachon Ekitike uchun ko'proq pul to'lashga tayyor ekanliklarini malum qilishgan.
Bundesliganing o'tgan mavsumida franciyalik futbolchi 33 ta o'yinda ishtirok etib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar