"UzReport TV" telekanali "Liverpul" – "Sevilya" o'rtasidagi Evropa Ligasi finalini "jonli" efirda namoyish qiladi
14 may 2016 16:41
Yangiliklar
"UzReport TV" telekanali "Liverpul" – "Sevilya" o'rtasidagi Evropa Ligasi finalini "jonli" efirda namoyish qiladi
“UzReport TV” telekanalidan yana bir syurpriz!
Telekanal rasmiy saytining malum qilishicha, "Uzreport TV" ko'p sonli futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olgan holda, 18 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da SHveycariyaning Bazel shahrida bo'lib o'tadigan "Liverpul" hamda "Sevilya" o'rtasidagi Evropa ligasi final uchrashuvini to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatadi.
Kanal ushbu bahsga bag'ishlangan translyaciyani 21:45dan boshlaydi. Finaldan oldin bo'ladigan barcha tadbirlar muxlislarga namoyish etiladi.
Sayt bergan malumotlarga ko'ra, "UzReport TV" kelasi mavsumda Evropa CHempionlar ligasi hamda Evropa ligasi bahslarini to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi.
Fikrlar