So’nggi yangiliklar

12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  0 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  0 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  0 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  3 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  10 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  5 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  7 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  15 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  2 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  12 08:00"Навбаҳор" "Пахтакор"га ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мозговой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  17 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  8 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  8

“UzDongJu-2001” finalda! Yangiliklar

“UzDongJu-2001” finalda!

Buxoro shahrida bo'lib o'tayotgan oliy va birinchi liga klublarining tayyorlov guruhlari o'rtasida kechayotgan respublika final bosqich o'yinlarining guruh o'yinlari poyoniga etdi.

Avval xabar berganimizdek, Andijonning “UzDongJu-2001” jamoasi turnirning ilk uchrashuvida “Mashal”ni mag'lub etgandi. Lochin Guldaev shogirdlari kecha taqvimga ko'ra mezbonlarga qarshi kurash olib bordi. Aytish lozimki, “Buxoro” bilan o'tgan o'yinda ham andijonlik yoshlar uchrashuvda katta ustunlikka erishdi va o'zlari uchun kerakli bo'lgan natijani qayd etdi. 

“Buxoro” – “UzDongJu” 0:2

Gol: Farruh Qobulov. Ozod O'ktamov-pen.

“UzDongJu”: 29.Asad Axiyarov, 2.Odilbek Abdumajidov, 4.Ahror Mamurov, 5.Sarvar Topvoldiev, 8.Tohir Karimov, 9.Farruh Qobulov, 11.Ozodbek O'ktamov, 17.Muhammadaziz Ibrohimov, 22.Aziz Zokirov, 27.Samandar Abdurahimov, 30.Asadbek Sultonmurodov.

O'z guruhida 100 foizli natija ko'rsatib, yarim finalga yo'l olgan “UzDongJu-2001” jamoasining bu safargi raqibi Toshkentning “Obod-Bunyodkor” klubi bo'ldi.

“UzDongJu” – “Obod-Bunyodkor” 1:0

Gol: Samandar Abdurahimov. 

“UzDongJu”: 29.Asad Axiyarov, 2.Odilbek Abdumajidov, 4.Ahror Mamurov, 5.Sarvar Topvoldiev, 8.Tohir Karimov, 9.Farruh Qobulov, 11.Ozodbek O'ktamov, 17.Muhammadaziz Ibrohimov, 22.Aziz Zokirov, 27.Samandar Abdurahimov, 30.Asadbek Sultonmurodov.

 Etiborlisi mazkur musobaqaga 11 nafar futbolchi bilan tashrif buyurgan andijonliklar shunga qaramay, finalga qadar etib kelgani tahsinga loyiqdir. Lochin Guldaev shogirdlari ertaga finalda yana “Buxoro” bilan ro'baro' keladigan bo'ldi. Bitta guruhdan o'rin olgan ushbu jamoalarning ilk to'qnashuvida “UzDongJu”ning qo'li baland kelganini eslatib o'tish joizdir.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика