So’nggi yangiliklar

03:07АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да минимал ҳисобда ғалаба қозонди  2 02:26"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламайди. Туринликларга МЮ форварди қизиқ эмас  0 00:40Роналду: "Агар "Манчестер Юнайтед" хўжайини бўлсам, ҳаммасини тўғирлайман"  4 23:42Роналду Саудия Арабистони чемпионатини Францияникидан кучли деб атади: "Лига 1да фақат ПСЖ бор, қолганлар ҳеч нарса эмас"  18 23:00Беллингем Globe Soccer Awards томонидан йил хавбеки деб топилди  1 22:38Роналду барча даврларнинг энг яхши тўпурари сифатида Globe Soccer Awards мукофотини қўлга киритди  8 22:32Globe Soccer Awards. Винисиус йилнинг энг яхши футболчиси  2 22:27Ямал Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши ёш ўйинчисига бериладиган мукофотни олди  0 22:17Араб Кўрфази кубоги. ЖЧ саралашидаги рақибларимиз бўлмиш Қатар ва БАА гуруҳ босқичида қолиб кетишди  2 21:48Эрон Про лигаси. "Персеполис" иродали тарзда ғалабага эришди, Ўруновдан ассист  1 21:36Роналду Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчисига бериладиган Globe Soccer Awards мукофотини олди  17 21:05"Реал" "Ливерпуль"ни расман огоҳ этди  8 20:34Феликс Туркияга йўл олиши мумкин?  0 20:04Аморим: "МЮ мураббийи ҳеч қачон ўзини хавфсиз ҳис қила олмайди"  1 19:37Расман: "Насаф"дан илк "юриш", Умарбек Эшмуродов қайтди  15

Muzaffar Abdullaev: “So'g'diyona”da barcha bitta oiladek bo'la olmadi” Yangiliklar

Muzaffar Abdullaev: “So'g'diyona”da barcha bitta oiladek bo'la olmadi”

Avvaliga “UzDongJu”, “CHus-Paxtakor”, “Lokomotiv” yoshlari va “Lokomotiv-BFK” jamoalarida to'p tepgan Muzaffar Abdullaev oliy liganing “So'g'diyona” va “Qo'qon-1912” jamoasida ham faoliyat yuritishga erishdi.

Ayni damda Abdullaev Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Xabaringiz bor, O'FF tomonidan qabul qilingan qarordan so'ng, chempionatni quyi pog'onalarda yakunlagan 4ta jamoa PRO-ligaga ravona bo'lishdi. SHu jumladan “So'g'diyona” jamoasi kelasi yili PRO-ligada ishtirok etadi. Biz “So'g'diyona” darvozaboni Muzaffar Abdullaev bilan bog'lanib bu yilgi mavsum va faoliyati haqida suhbatlashdik.

- Bu yilgi mavsum “So'g'diyona” uchun omadsiz o'tdi. Siz bu mavsumda 2ta jamoa sharafini himoya qildingiz. Biri “Qo'qon-191” ikkinchisi “So'g'diyona”. Umuman olganda bu yilgi mavsum siz unun qanday o'tdi?

- Bu yilgi mavsum men uchun yaxshi o'tdi. Mavsum davomida ancha tajriba to'pladim va o'z saviyamni ham o'stirib oldim. Birinchi davrada “Qo'qon-1912” jamoasida hammasi yaxshi boshlangandi. Ikkinchi davrada Jizzaxning “So'g'diyona” klubini kuchlilar safida olib qolish maqsadida ushbu jamoaga ko'chib o'tdim. Ikkinchi davrani yaxshi boshlagan edik, ayrim o'yinlarda o'yinlarda omadimiz kelmadi va ochkolar yo'qotishni boshladik. Yo'qotilgan mana shu ochkolar bizga qimmatga tushdi. “So'g'diyona” uchun bu yilgi mavsum yaxshi o'tmadi. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik. 

- “Qo'qon-1912” jamoasidan “So'g'diyona”ga qaytib borishingizga nima sabab bo'ldi?

- O'yin amaliyoti menga kam berilgani uchun “Qo'qon-1912” jamoasidan ketishga majbur bo'ldim. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohladim. “Qo'qon-1912” jamoasida darvozabonlarni navbati bilan bahslarda ishtirok etadigan qilib qo'yishdi. No'mon Hasanov bilan gaplashganimda, jamoada qolishimni so'radi. Menga ko'proq o'yin amaliyoti kerakligini tushuntirdim. Meni to'g'ri tushunganliklari uchun ularga katta rahmat aytaman. Men raqobatdan qo'rqmayman va qochmayman. Qo'qon shahridagi jonkuyar muxlislar ham buni yaxshi bilishadi. No'mon Hasanov menga ishonch bildirib ushbu jamoa chaqirgandi. Men ularni ishonchlarini oqlashga harakat qildim. “So'g'diyona” jamoasi men uchun begona emas edi. SHuning uchun shu jamoaga qaytishni xohladim. Klub Prezidenti O'ktam aka Maxmudovning shaxsan o'zlari menga qo'ng'iroq qilib chaqirdi va men jamoaga yordam berishga tayyor ekanligimni aytdim. 

- “So'g'diyona” kelasi yili PRO-ligada ishtirok etishi mumkin. Jamoada qolasizmi yoki boshqa takliflar bormi?

- Jamoada qolish yoki qolmasligim malum emas. Barcha futbolchilar singari oliy ligada o'ynashni istayman. Hozircha bir nechta takliflar bor. 

- Sizni qaysi jamoalar taklif qilayotgani yoki qiziqish bildirayotgani haqida ayta olasizmi?

- Hozircha buni ayta olmayman. Yangi jamoaga qo'shilganimdan so'ng bilib olishingiz mumkin.

- O'sha siz bilan qiziqayotgan jamoalar shartnoma taklif qilishdimi? 

- Bu borada gaplashganim yo'q. Faqat og'zaki kelishuv bo'lgan. Mavsum endi yakunlandi, ayni damda hamma tatilga chiqqan. Dekabr oyida barchasi xal bo'ladi. 

- Jamoa ichki muhiti qanday edi?

- “So'g'diyona”da ichki muhi o'rtacha edi. Avvalgidek zo'r emasdi. O'tgan yili bunaqa emas edi. bu yil nima uchun bunday bo'ldi bilmayman. Birinchi davrada ichki muhit qay darajada ekanligi menga qorong'u. Lekin men borganimda shuni guvohi bo'ldim, hamma bitta oiladek bo'la olmadi. 

- “So'g'diyona” jamoasini bir oiladek deb eshitganman. Ichki muhit biroz yomonlashishiga Davron Fayzievning jamoadan ketgani sabab bo'ldimi?

- Avvalgi yili ichki muhit alo darajada edi. unda Murod Xolmuxamedov barcha futbolchilarni birga bo'lishini aytardi. Hamma futbolchilar uni gapiga quloq solardi. Ichki muhitdagi o'zgarishlarga murabbiyning ketishi sabab bo'ldi, deb o'ylamayman. Igor Anatolevich ham yaxshi murabbiy ekanligi ko'rinib turipti. Men ushbu murabbiydan ko'p narsani o'rgandim. Davron Fayziev ham yaxshi mutaxassis. Ikki murabbiyning ham o'ziga yarasha dunyo qarashi va o'yin uslubi bor. 

- SHu paytgacha bir nechta jamoalar sharafini himoya qildingiz. Qaysi jamoa siz uchun qadrli va nima uchun?

- Andijonning “UzDongJu” jamoasi men uchun qadrli. Ushbu jamoada barcha sharoitlar bor edi. Hammasi o'z vaqtida bo'lardi. Sizdan talab qilinadigan narsa maydonga chiqib faqat futbol o'ynasangiz bo'ldi edi. jamoadagi barcha futbolni sevardi. Ushbu jamoada o'z o'rnimga ega edim. “UzDongJu”da ichki muhit alo darajada edi. Ushbu jamoadan ketganimdan so'ng, oliy liga jamoasiga borib qo'shildim. 

- “So'g'diyona” jamoasida o'ynagan paytingiz barcha sharoitlar sizni qoniqtirarmidi?

- Jizzaxda barcha sharoitlar bor. “So'g'diyona” jamoasida men uchun muammo bo'lmagan. 

- Futbolni tanlaganingizdan afsuslanganmisiz?

- Aslo afsuslanmaganman. O'zim yaxshi ko'rganim uchun futbolga kirib kelganman. O'zim xohlamaganimda futbolchi bo'lmasdim. Hamma ishni o'ziga yarasho'a qiyinchiliklari bor. Hech kim o'z maqsadiga osonlik bilan erishmaydi. 

- Bilishimcha siz akangizga xavas qilib darvozabon bo'lgan ekansiz. Akangiz haqida biroz gapirib bera olasizmi?

- Yoshligimda akamning mashg'ulotlarini tomosha qilish uchun stadionga borardim. Akam Qo'qon shahrining “Kimyogar” jamoasi sharafini himoya qilgan. “Qo'qon-1912” jamoasida ham faoliyat olib borgan. Darvozabon bo'lishimga akam sababchi bo'lganlar, chunki ular ham darvozabon bo'lganlar. Ko'p narsani akamdan o'rganganman. 

- Agarda futbolchi bo'lmaganingizda qaysi kasbni tanlagan bo'lardingiz?

- Dadamga o'xshab biznesmen bo'lardim. 

- Siz darvozabonsiz. Lekin bizda darvozabonlar muammosi ko'pchilikni qiynab kelmoqda. Yaxshi darvozabonlarni tarbiyalab chiqarish uchun nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz? 

- Hozir ko'p yosh darvozabonlarni uchratish mumkin. ularga ko'proq imkoniyat yaratib berish kerak. Ular o'yindan-o'yinga o'z tajribalarini oshirib boradi, deb o'ylayman. Hamma futbol akademiyalarida darvozabonlar murabbiylari bo'lishi kerak. Ular bilan yaxshilab ish olib borilsa, bizda ham sekin-asta darvozabonlar muammosi bartaraf etiladi, deb o'ylayman. 

- Har bir shahar va viloyatda darvozabonlar maktabini tashkil etish fikriga qanday qaraysiz?

SHunday qilinsa juda ham zo'r bo'lardi. Ko'p joylarda bunday sharoitlar yo'q. Yosh posbonlar qachon oliy liga klublariga borsagina darvozabonlar murabbiyi bilan ishlashi mumkin. Ungacha o'zlari bilgan mashqlarni qilib yuraverishadi. Masalan, birinchi ligada darvozabonlar murabbiyi yo'q. Ular bunday sharoitda qanday o'sishga erishadi? Agarda darvozabonlar murabbiyi bo'lganida ularning kamchiliklarini aytib turishardi. 

- "Futbolchi bo'lish qiyin, lekin noni shirin", deyishadi. Siz shu darajaga etguningizcha qanchalik qiyinchiliklarni boshingizdan o'tkazgansiz?

- Hech kim o'z maqsadiga osonlikcha erishmaydi. Men ham o'zimga yarasha qiyinchiliklarni boshimdan o'tkazganman. Futbol o'ynash osonmasligini bilib o'z ustimda tinmay ishlaganman. Yoshligimda oliy liga o'yinlarini ko'rib, “nasib qilsa men ham shularga o'xshab oliy ligada ishtirok etib televizorga chiqaman” degandim. Yaxshi niyat qilgan ekanman, mana shu darajaga erishdim. Men bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Faqat oldinga intilishga harakat qilaman. Yoshligimdan dadam menga “o'g'lim faqat oldinga intil, kuchayishga harakat qil” derdilar. Menga hech kim yordam bermagan. SHu ergacha o'z kuchim bilan etib keldim. Bundan keyin ham o'z mehnatim bilan erishmoqchiman. 

- Siz uchun O'zbekistondagi eng kuchli darvozabonlar kimlar?

- Menga ko'proq Ignatiy Nesterovning o'yinlari yoqadi. Hozirgi kunda eng kuchli darvozabon Nesterov deb bilaman. 

- O'ynagan jamoalaringizdan birortasidan ko'nglingiz to'lmagan payt bo'lganmi?

- 2010 yili “CHust-Paxtakor” jamoasidan xafa bo'lganman. O'shanda bizni aldashgan va maoshlarimizni berishmagandi. Ushbu jamoa ko'pchilikni qiynagan. Qolgan o'ynagan jamoalarimning barchasiga rahmat aytaman. 

- O'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ygansiz? Mana shu maqsadingizga erishi uchun qanchalik yo'lni bosib o'tdingiz?

- Barcha futbolchilarning orzusi singari milliy terma jamoa sharafini himoya qilish, O'zbekiston uchun foydali inson bo'lishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganman. Nasib qilsa o'z oldimga qo'ygan maqsadimga erishaman va milliy terma jamoada o'ynab Jahon chempionatlarida terma jamoa g'alabalariga o'z xissamni qo'shishni istayman. 


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика