So’nggi yangiliklar

17:31Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон U-17 Россияга қарши ўйин ўтказди  2 17:02"Аланяспор" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  7 16:40ОКМК бош директори: “Клуб Аҳмадалиев учун 100 минг евро тўлагани ҳақиқатга тўғри келмайди”  2 16:02"Манчестер Юнайтед" "Милан" юлдузи учун катта сумма тайёрлади  1 15:35"Насаф" кучсизланди, "Навбаҳор" эса – "яширин фаворит". Суперлигадаги қишки трансферлар ойнаси якунлари (1-қисм)  12 15:10Ўртоқлик ўйини. “Арал” ва “Металлург” ўртасидаги баҳсда 6 та гол урилди  0 14:44"Лос-Анжелес Гэлакси" Филиппе Коутиньо билан шартнома имзоламоқчи  3 14:05"Арсенал" Леау билан музокара ўтказди, "Милан" футболчини 75-80 млн еврога сотишга тайёр  4 13:29"Андижон"нинг таништирув маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  18 12:55"Манчестер Юнайтед" ёзда "Челси"дан Николас Жексонни сотиб олиши мумкин  5 12:22Каземиро Месси жамоасига ўтиши мумкин  3 11:52"Реал" Шлоттербекка қизиқмоқда  3 11:25"Челси" амалдаги "Олтин тўп" соҳибини ўз сафига қўшиб олмоқчи  5 11:02Андижон футболи халқаро майдонга чиқмоқда: "Бешиктош" билан стратегик ҳамкорлик йўлга қўйилмоқда  7 10:32"Барселона" ва "Манчестер Сити" германиялик ҳимоячи учун курашмоқда  1

Birinchi liga. "Cementchi" - "UzDongJu". Prevyu Yangiliklar

Birinchi liga. "Cementchi" - "UzDongJu". Prevyu

Ertaga O'zbekiston birinchiligining navbatdagi 23-tur bahslariga start beriladi.

Ushbu turda “Cementchi” Quvasoyda SHo'rbuloqning  “Uzdongju” jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.

O'tgan 22-tur uchrashuvlaridan so'ng, orada bir oz muddatli tanafus yuzaga keldi. Ushbu tanafusdan aytish mumkinki,  har ikkala jamoa ham unumli foydalandilar. Yani, 30 avgust kuni “Uzdongju” “Andijonga” qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgan bo'lsa, “Cementchi” esa Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bundan ko'rinib turibdiki har ikkala jamoa ham bo'lajak uchrashuvga jiddiy tayorgarlik ko'rganlar.

 SHo'rbuloqliklar rahbariyati jamoada mavsum avvalida amalga oshirgan katta  o'zgarishlari o'zini oqlamadi.  Jamoaga asosan yosh iqtidor egalarini taklif etib, tarkibni deyarli barcha mahalliy yosh futbolchilar bilan tuzib chiqqan edi. Jamoaning asosini  1996 yildan 2000 yilgacha bo'lgan futbolchilar tashkil etgan edi.


Jamoa azolarining bir oz tajribasizligi kabi bunday holat birinchi davrada  o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. 

“Uzdongju” birinchi davrada o'tkazilgan uchrashuvlarda bor yo'g'i 10 ochko yig'ib musobaqa jadvalining so'nggi pog'onalariga tushib ketdi.

SHu sabab jamoa rahbariyati davralar oralig'ida tarkibni qaytadan tashkil etdi. tarkibga bir qator tajribali va o'tgan mavsumlarda “Uzdongju”ni kuchli  jamoaalar qatorida bo'lishiga sababchi bo'lgan sobiq futbolchilarni o'z tarkibiga qo'shib oldi. Jumladan Fehruz Saloxiddinov va Asror Rahmonovlar. Bundan tashqari birinchi davradan so'ng klubni tark etgan Dilmurod Mamayusupov va “Yozyovon lochinlari” dan yana bir eski tanishimiz  Jo'rabek Yakubov sho'rbuloqliklar tarkibiga borib qo'shilgan.


“Uzdongju” hamda “Cementchi” jamoalarning uchrashuvlari  tarixiga nazar tashlasak, o'zaro 9 bor to'qnash kelganiga guvoh bo'lamiz.

O'tkazilgan uchrashuvlarda biroz ustunlik biz tomonda.

Yani sho'rbuloqliklar 4 marotaba, “Cementchi” esa 5 marotaba zafar quchgan. To'plar nisbatiga ko'ra ham biznikilar biroz ustunroq.  13:12 Cementchi foydasiga.

O'zaro uchrashuvlar tarixi bilan tanishing.


2006 yil

 5-tur. 29 aprel (shanba)

UzDongJu (Andijon) – Cementchi  (Quvasoy) – 2:1.

Gollar: M. Maxmudov (59)X. Maxmudov (89), -Z. Qurbonov (19)


2006 yil

34-tur. 13 oktyabr (juma)

Cementchi  (Quvasoy) –UzDongJu (Andijon)– 2:0.

Gollar: I. Zaylobiddinov (66 pen), A. Hakimov (69 pen)


2007 yil

1-tur. 27 mart (seshanba)

Cementchi  (Quvasoy) – UzDongJu (Andijon)– 1:0

Gol: A. Hakimov (78)


38-tur. 6 noyabr (seshanba)

UzDongJu (Andijon) – Cementchi  (Quvasoy) – 6:0.

Gollar: Q. Abduqodirov (9 pen, 81),A. Iminov (10,21) S. Maxmudov (19 avtogol), R. Rahmonov (61)


Birinchi bosqich 11- tur. 19-may  (seshanba)

UzDongJu (Andijon) – Cementchi  (Quvasoy) – 2:1.

Gollar: A.To'xtasinov (17) F. Soloxidinov (90) – R. Meliboev (77)


Birinchi bosqich 12- tur. 26-may  (seshanba)

Cementchi  (Quvasoy) –– UzDongJu (Andijon) 2:0.

Gollar: YO. Akbarov (80, 86)


2016 Yil

12- tur. 29-may  (yakshanba)

Cementchi  (Quvasoy) – UzDongJu (Andijon) 0:1

Gol: Islom Karimov


2016 Yil

25- tur. 10-sentyabr  (yakshanba)

UzDongJu (Andijon)  - Cementchi  (Quvasoy)  1:2

Gol: Islom Karimov, Elyor Mamasoliev, Rahmatillo Meliboev


2017 Yil

14-tur uchrashuvi7 iyun. (chorshanba)

 Uz-Dong-Ju (Andijon) – Cemetchi (Quvasoy) 0-4

Gol: Davron Isoqov (17), Abbos Jumakulov (49), Davron Mamatov (83), Raxmatillo Meliboev (90)


Jamoalarning bu galgi to'qnashuvi ertaga 3 sentyabr kuni Quvasoyning “Cementchi” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 17:00 da boshlanadi.

Ushbu qiziqarli bahsga barcha ishqibozlarni taklif etamiz!


Cementchi PFK matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика