So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  0 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Birinchi liga. "Istiqlol" - "UzDongJu" (2:0) o'yini haqida Yangiliklar

Birinchi liga. "Istiqlol" - "UzDongJu" (2:0) o'yini haqida

Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi Birinchi liganing 32-turida o'z maydonida Andijonning "UzDongJu" jamoasini qabul qildi.

Ochig'i uchrashuv tempi u darajada yuqori bo'ldi deb aytib bo'lmaydi. Birinchi golga qadar jamoalar darvoza oldida aytarli vaziyatlar yarata olishmadi. "UzDongJu" ham bir nechta golga tortadigan vaziyatlar yarata olishdi. Ammo ulardan foydalana olishmadi, futbol shunisi bilan xam qiziqda.

"Istiqlol" o'yin avvalidan tezkor gol urishga harakat qildi. Ammo buni uddalay olishmadi. Hujumda zerikib qolgan Hoshim SHokirov 34-daqiqada markazda to'pni egalladi va raqib tomon o'zi yolg'iz xujumga o'tdi. SHokirovni jarima maydoni ichida yiqitib to'xtatib  qolishdi. To'xtatib qolishmasa xam bo'lmasdida, axir butun bir jamoani SHokirovni o'zi aldab gol urganida "UzDongJu" vakillariga uyat bo'lar edi. Bu vaziyatda esa xakam penalti belgiladi. Abduxoliq Qurbonov esa 11-metrlik zarbani yo'qqa chiqarishni xohlamadi 1:0.

Ikkinchi bo'lim 64-daqiqasi Usmon Asqaraliev SHohruh Boyqo'zievni almashtirish taraddudida edi. Bundan xabar topgan SHohruh o'yindan golsiz chiqib ketishni istamadi. CHap qanot ximoyasida ishonchli xarakatlanadigan va xujumlarga boshqalarga qaraganda ko'proq qo'shilib turadigan Xudoberdi Xoliqov chap qanotdan oldinga bordi va jarima maydoniga to'pni qulay qilib etkazib berdi va Boyqo'ziev darvozaga to'pni to'g'irlab qo'ydi 2:0. Menimcha murabbiy SHohruhni o'yindan olib tashlayman deb qo'rqitib tursa ko'plab gol urishga qodir. Lekin qaror qabul qilinib bo'lgandi. SHohruh Boyqo'ziev gol urdiyu, to'g'ri borib zaxiradagi o'rindig'iga borib o'tirdi. Uning o'rniga Davron Qoraboev tushirildi.

Bu goldan keyin aytarli qiziq voqea sodir bo'lmadi. Muxlislarga faqat suxandonning gaplari qiziqroq tuyulardi. Sababi Andijondagi jang qanday bo'layotgani tomoshabinlarni qiziqishini tobora oshirib borar edi. "Istiqlol" muxlislarini ko'ngli ancha to'ldi "Cemenchi"dan yirik g'alaba!

Jamoa endi barcha o'yinlarni g'alaba bilan yakunlasa, "Andijon" esa bor yo'g'i bir o'yinda qoqilsa Oliy liga eshiklari "Istiqlol" uchun ochiq. Buni esa yana qolgan 4 turdan so'ng bilib olamiz.


"Istiqlol" matbuot kotibi Behruz Xolikov tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика