So’nggi yangiliklar

22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  2 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  11 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  4 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0 17:45Футзал. Ўзбекистон Тошкентда Қозоғистон билан ўйнайди  1 17:38Беллингем кам ўйин амалиётига эга бўлаётгани учун жамоани тарк этмоқчи  2 17:11"Арсенал" ва "Манчестер Сити" ПСЖ футболчиси учун рақобатлашади  1 16:44Big name, Big team, Big coach...  30 16:19"Футбол олами". "Ҳакам юзи ёрилган футболчини кўрди ва... контакт йўқ деди..."  3

Bir o'yin tarixi. "Bavariya - "Spartak", Irismetovning o'sha mashhur akrobatik zarbasi va Oliver Kandan ajoyib seyv Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. "Bavariya - "Spartak", Irismetovning o'sha mashhur akrobatik zarbasi va Oliver Kandan ajoyib seyv

Bundan 19 yil oldin Myunxendagi "Olimpiashtadion" stadionida "Bavariya" va "Spartak" klublari to'qnash kelishgan.

13 fevral kungi bahs Evropa chempionlar ligasi ikkinchi guruh bosqichi doirasida bo'lib o'tgan. Moskva klubi safida o'zbekistonlik Jafar Irismetov maydonga tushgan, bu hamyurtimiz uchun ECHLdagi debyut uchrashuvi bo'lgandi. O'yinda Ottmar Xitcfeld boshchiligidagi "Bavariya" katta tashabbusga ega bo'ladi. Aleksandr Filimonov qo'riqlayotgan darvoza tomon ko'plab zarbalar beriladi. Biroq birinchi taymdagi eng xavfli vaziyatni aynan hamyurtimiz sodir etadi.

Hujumlardan birida to'p myunxenliklar jarima maydoni ichida havoga ko'tariladi va Irismetov to'pni akrobatik tarzda darvozaga yo'llaydi, yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarba darvozaga kirib ketayotganida Oliver Kan ajoyib reakciya namoyish etadi va jamoasini muqarrar goldan saqlab qoladi. O'sha vaziyatda tajribali posbon himoyachilarga keskin etiroz bildiradi.

Birinchi taym so'nggida "Spartak"da yana gol urish uchun imkoniyat bo'ladi, Irismetov chap tomondan ochilayotgan sherigiga to'pni uzatadi, Luis Robson to'pni qulay vaziyatda urgan Jafarga qaytarish o'rniga o'tkir burchakdan darvozaga noaniq zarba beradi.

Ikkinchi taymda shiddatni oshirgan maydon egalari 79-daqiqaga kelib hisobni ochishadi. Autdan Jahon va Evropa chempioni Biksant Lizarazyu to'pni jarima maydoniga uzatadi, Karsten Yanker boshi bilan to'pni darvoza tomon yo'llashga urinadi, himoyachilar taqibidan qutulgan Jovanni Elber boshi bilan darvozani ishg'ol qiladi - 1:0.

Jafar Irismetov Evropa chempionlar ligasidagi debyut uchrashuvida o'zidan yomon taassurot qoldirmaydi va to'liq 90 daqiqa harakat qiladi. O'sha mavsum "Bavariya" Evropa chempionlar ligasi finaliga qadar etib boradi va penaltilar seriyasida Ektor Kuper boshchiligidagi "Valensiya"ni mag'lub etadi.

"Bavariya"ga qarshi o'yindan keyin Tomas Linke bilan futbolka almashganman. Internetda rasmlarimiz ham juda ko'p. Linke himoyada menga yaqin o'ynagandi. Bundan tashqari "Bavariya" har bir futbolchiga pivo ichadigan maxsus idish sovg'a qilgandi", - deb eslaydi Jafar Irismetov o'sha o'yin haqida.



"Bavariya" Myunxen - "Spartak" Moskva - 1:0 (0:0)

13.02.2001. Myunxen, "Olimpiashtadion" stadioni. 31000 tomoshabin.

Bosh hakam
: Knut-Erik Fisker (Daniya)

Gol: 1:0 - Jovanni Elber 79

"Bavariya" Myunxen: Oliver Kan; Biksant Lizarazyu; Samuel Kuffur; Tomas Linke; Yens Yeremies; Torsten Fink; Hasan Salixamidjich; Jovanni Elber; SHtefen Effenberg (Mixael Tarnat, 89); Mexmet SHoll (Villi Sanol, 84); Paulo Serjio (Karsten Yanker, 65).

"Spartak" Moskva: Aleksandr Filimonov; Dmitriy Ananko; Jeri Kristian Tchuyse; Igor Mitrevski; Yuriy Kovtun; Vasiliy Baranov; Viktor Bulatov; Egor Titov; Luis Robson; Jafar Irismetov; Antonio Markao (Artem Bezrodniy, 72).

Ogohlantirishlar: Biksant Lizarazyu; Yens Yeremies; Dmitriy Ananko; Yuriy Kovtun; Egor Titov; Antonio Markao.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика