So’nggi yangiliklar

01:17"Манчестер Сити" Хулиан Альваресни рекорд сумма эвазига сотади. Футболчи "Атлетико" билан келишиб олди (Фабрицио Романо)  0 00:53Элит лига саралаши. "Шабаб Ал Аҳли" ирода кўрсатиб,"Сепахон"ни мағлубиятга учратди ва кейинги босқичга йўл олди  0 00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  2 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  16 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  17

“Neftchi”: Oxirgi chempionlikka 19 yil Yangiliklar

“Neftchi”: Oxirgi chempionlikka 19 yil

Bugungi kunda quyi ligada ishtirok etayotgan Farg'onaning “Neftchi” klubi bundan 19 yil avval beshinchi marta O'zbekiston chempioni bo'lgan edi.

Ushbu chempionlik farg'onaliklar uchun hozirga qadar so'nggi muvaffaqiyat bo'lib turibdi. O'sha chempionlik mavsumi haqida turli malumotlarni yodingizga solib o'tishga qaror qildik.

2001 yil 9 noyabr. O'sha kuni “Neftchi” aslida 20 iyun kuni o'tkazilishi lozim bo'lgan 17-turning qoldirilgan uchrashuvida Toshkent viloyatining “Do'stlik” jamoasini qabul qildi. G'alaba Yuriy Sarkisyan boshchilik qilayotgan jamoaning tarixda 5-bo'lib oltin medallarga ega chiqishini anglatardi. Buni yaxshi anglagan “Neftchi” dastlabki daqiqalardan oldinga tashlandi. Stadionni to'ldirib o'tirgan ishqibozlar Umid Isoqov va Mansur Saidov mehmonlar darvozasini ishg'ol qilganda ajoyib xursandchilik bilan gollarni nishonlashgandi. Ayniqsa, o'yinning oxirgi daqiqalarida yaqinlashib kelayotgan chempionlikni nishonlash esda qolarli bo'lgan. Oxir-oqibat uchrashuv 2:0 hisobida farg'onaliklar muvaffaqiyati bilan tugadi. Stadion esa tom manoda “portladi”. G'alaba, chempionlik shahar ko'chalarida bayram qilingandi.



SHundan beri oradan 19 yil vaqt o'tdi. O'shandan buyon farg'onalik ishqibozlar sevimli jamoalarining chempionligiga boshqa guvoh bo'lishgani yo'q. O'sha mavsum, chempionlikni keltirgan uchrashuvni muxlislar haligacha maroq bilan eslashadi. “Neftchi”ning uy o'yinlariga o'sha paytlarda ishqibozlar tashrifi o'yinga 3-4 soat qolgandayoq boshlanib ketardi. Farg'ona shahri ko'chalarida haqiqiy futbol muhiti yuzaga kelardi. Markaziy uchrashuvlar uchun chiptalar bir necha kun qolgandayoq sotilib ketardi. O'shanday bahslarni stadiondan tomosha qilishning o'zi qiyin sanalardi. Autsayderlar kelganda ham kamida 8-10 ming atrofida muxlislarni ko'rish mumkin bo'lardi. Hozir esa ko'p narsalar o'zgarib ketgan. CHempionat etakchilariga qarshi uchrashuvlarda ham stadionning to'rtdan biri to'lmayapti.


SHu o'rinda Farg'ona futboli tarixi haqida qisqacha malumot berib o'tsak. 1912 yil Farg'ona viloyatida dastlabki futbol jamoasi Qo'qon shahrida "Muskomanda" nomi bilan tashkil etilgan. So'ng Farg'onada OSF jamoasi tashkil etilgan. Futbol o'ynashni Farg'ona pedagogik instituti talabalari davom ettirishgan. 1954 yil aynan ular “Burevestnik” jamoasini tashkil qilishgan. 1960 yildan bu jamoaga SSSR chempionati “B” klassida ishtirok etish imkoni berilgan. “Spartak” nomi ostida jamoa ikki mavsum musobaqalarda qatnashgan. 1962 yildan “Neftyanik”ning o'zi turnirda qatnashishga kirishgan. Hozirgi qiyosga ko'ra ikkinchi ligada uzoq muddat ishtirok etgan jamoa 1990 yil mavsumni muvaffaqiyatli tamomlab, birinchi ligaga yo'llanma olgan. Klub ilk mavsumning o'zida 7-pog'onadan o'rin olishni uddalagan. 1992 yildan oliy ligada qatnashishni boshlagan “Neftchi” ketma-ket 4 marta O'zbekiston chempioniga aylangan. Keyin “Navbahor”, MHSK, “Paxtakor” va ikki bor “Do'stlik” oltin medalga ega chiqqan. Bu yillarda farg'onaliklar kumush medalni qo'lga kiritishgan. Nihoyat, 2001 yil Yuriy Sarkisyan va “Neftchi” birgalikda 5-oltin medallarni tantana qilishgandi.

O'sha yilgi mavsumni boshidan eslab o'tsak. “Neftchi” mavsumga tayyorgarlik chog'ida O'FF Kubogida ishtirok etgandi. Bu musobaqa “Paxtakor” jamoasi xotira turniri o'rniga tashkil etilgandi. Farg'ona vodiysida jamoalar ikki guruhga bo'lingan holda qatnashishgan. Unda “Neftchi” ikki tarkibi bilan ishtirok etgan. Birinchi guruhda farg'onaliklar quyidagi natijalarni qayd etishgan:

“Neftchi” – “Cementchi” – 3:1
“Neftchi” – “Rishton” – 2:1
“Neftchi” – “SHahrixon” – 2:1
“Neftchi” – “Kosonsoy” – 5:1

Finalda esa narigi guruh g'olibi “Navbahor” bilan to'qnash kelingan. Asosiy vaqtda Radkevich kiritgan to'pga namanganliklar javob qaytarishgan. Penaltilar seriyasida “Navbahor” 4:2 hisobida g'alaba qozongan.
Qishki tayyorgarlik jarayonida 5 nazorat o'yini o'tkazilgan.

“Neftchi” – “Esil” – 1:0 (Isoqov)
“Neftchi” – “SHaxtyor” Qarag'anda – 1:0 (Nazarikov)
“Neftchi” – “Metallurg” Novokuzneck – 3:0 (Toirov, R.Do'rmonov 2)
“Neftchi” – “Andijon” – 3:0 (Xolmatov, Ni, Knyazev)
“Neftchi” – “SHahrixon” – 2:0 (Rayimjonov, Qo'ziboev)



SHu tariqa mavsumga puxta hozirlik ko'rilgan. Mavsumni barqaror o'tkazgan “Neftchi” chempionat tugashiga uch tur qolgandayoq chempionlikni rasmiylashtirgan. “Do'stlik” bilan uchrashuvda o'sha mavsumdagi o'yinlari bilan ko'pchilikning etiborini tortgan Mansur Saidov ko'pchilikning etiboriga tushgandi. O'sha mavsumda chempionlikka hissa qo'shganlar bilan tanishtirib o'tamiz.

Abdumajid Toirov o'ng qanotdan uyushtirgan reydlari bilan raqiblarga muammo tug'dirgandi. Surxondaryo futbolchi tarbiyalanuvchisi sanalgan Toirov ukasi Maqsud bilan bir necha yil “Neftchi” sharafini himoya qilgan. CHempionlik mavsumida Abdumajid 4 golga mualliflik ham qilgan. Hozir u “Paxtakor” tizimida faoliyat yuritmoqda.

Akmal Xolmatov “Neftchi” azosi va u jamoaning anana, qadriyatlarini belgilab beruvchi, uni o'zida aks ettirgan kam sonli futbolchilardan biri. SHunday ruhda to'p tepadigan o'yinchilar hozirgi jamoaga etishmayapti. U bugungi kunda "Odil Junior" futbol akademiyasida murabbiy.

Umid Isoqov ayni paytda tadbirkorlik bilan band. O'z paytida u kabi hujumchilar oliy ligada sanoqli bo'lgan. Umid jamoadoshlari vaziyat yaratishini kutib o'tirmasdan o'zi raqib himoyasini yorib o'tardi. Bir necha futbolchini ortda qoldirishni osongina uddalardi. O'sha mavsumda 32 uchrashuvda 28 gol urganining o'zi barchasini ko'rsatib turibdi. Bunday turdagi hujumchilar oliy ligamizda qolmagan.

“Paxtakor” yoshlar jamoasiga ustozlik qilayotgan Stanislav Kudryashov har bir holatda oxirigacha kurashib, murabbiylar bergan ko'rsatma asosida juda yaxshi harakat qilganini eslaymiz. 2001 yil u 32 bellashuvda maydonga tushirilgan.

Sergey Ni hujumlarni tashkil qilish yo'nalishini belgilab berardi. Jamoadoshlarini qulay to'p oshirishlari bilan vaziyatlarga chiqarardi. Standart holatlardan unumli foydalanishga urinardi. Juda aqlli futbolchi sifatida taassurot qoldirgan. Faoliyatini yakunlagach, bir qator klublarda murabbiylik qildi. O'sha yili 15 gol urgan.

Vladimir Radkevich himoyadagi ajoyib o'yinlari bilan ko'pchilikning yodida qolgan. Hamisha kurashlarga tayyor sifatida gavdalanardi. Uzoq masofaga yaxshi to'p oshirishlarini ishqibozlar takidlab turishadi. U Rossiyada “Rotor”, “Ural”, “SKA-Energiya” klublarida o'ynagan.



Anvar Berdiev xususida ham shunday deyish mumkin. U jarima maydoni ichida eng xavfli hujumchilardan biri sanalardi. Qanotdan oshirilgan to'plarga raqibni ortda qoldirib ulgurishning hadisini olgandi. O'sha yili 14 to'p kiritgan. Hozir Farg'onaning “Istiqlol” klubida murabbiy bo'lib ishlamoqda. Oliy ligada gol urish bo'yicha mutloq rekordchi hisoblanadi. 2003 yilgi og'ir jarohatdan keyin ham faoliyatini davom ettirgani, 40 yoshida oliy ligada gol urishda davom etgani tahsinga loyiq.

O'sha mavsum asosiy darvozabon vazifasini bajargan Georgiy Zabirov farg'onalik muxlislar yodida yaxshi xotiralar bilan qolgan. Gosha jamoa oldinda borayotgan paytda to'pni o'yinga kiritishda o'ta ayyor harakat qilardi. O'sha yili 31 uchrashuvda darvozasidan 24 to'p o'tkazib yuborgan. Ishonchli o'yinlari bilan ajralib turardi.  

Rustam Do'rmonov chempionlik mavsumida 26 bellashuvda 7 to'p kiritgan. O'z davrida yurtimizdagi eng kuchli hujumchilardan biri “Navbahor”da qisqa muddat bosh murabbiy bo'ldi. U jamoaning kuchli, cho'qqiga chiqqan damlarida “Neftchi” bilan birga bo'lgan. Ayniqsa, Ravshan Bozorov bilan ajoyib juftlik hosil qilishgandi.

Otabek SHomurodov yarim himoyada foydali harakatlari bilan hurmatga sazovor bo'lgan. Hozir uning jiyani Eldor “Rostov” va milliy terma jamoamizda yaxshi o'yinlari orqali muxlislar mehrini qozonmoqda. Sarkisyan Otabekni terma jamoaga ham jalb etgandi.

Abdusamad Do'rmonov ukasi Do'rmon bilan birgalikda Farg'onada ko'plab muvaffaqiyatlarga erishgan. Har ikkisi Yuriy Vazgenovichning mehrini qozongani sababli futbolchilik faoliyatini tugatgandan keyin klub tizimida ishlashga qolishgandi. Orada katta Do'rmonov jamoadan ketdi, lekin baribir uni ortga qaytarishdi. Ayni paytda Abdusamad “Neftchi” uchun mehnat qilishda davom etmoqda.

Mansur Saidov faoliyatini asosan bir klubda o'tkazib kelyapti. O'z-o'zidan “Neftchi”da ekani tushunarli. Tushunarsiz holat yuzaga kelgan paytda vodiyning boshqa jamoasida o'ynab turdi. O'sha yili u o'zining ajoyib o'yinlari bilan muxlislar etiboriga tushgandi. Mavsum kashfiyotlaridan biri sifatida etirof etilgandi. 23 uchrashuvda 3 to'p kiritgan. Ulardan birini “oltin” bellashuvda “Do'stlik” darvozasiga urgan.

Ukrainalik himoyachi Valentin Poddubniy bahaybat ko'rinishi bilan har qanday raqibni cho'chitib yuborishga qodir edi. Havodagi kurashlarda darvozabonlardan ustun kela olardi. O'zbekistondagi faoliyatidan tashqari Qozog'iston va Ukraina klublarida to'p tepgan. “Nasaf”da ham ishonchli o'yinlari bilan yodda qolgan.

SHerzod Rayimjonov maydonni yaxshi ko'rishi bilan ko'zga tashlanardi. Turgan joyining o'zida to'pni aniq oshirib, hujumni kutilmaganda keskin ko'rinishga olib kelardi. SHunday tipdagi dispetcher futbolchilar hozir kamayib ketganini tan olishimiz lozim.



Yakub Memetov va Ravshan Mataliev ham himoyadagi o'yinlari bilan yodda qolishgan. Keyinchalik ular Rossiyaga ko'chib ketishgani to'g'risida eshitganmiz. Ularni ko'plab ishqibozlar yaxshi gaplar bilan eslab turishadi.

Qirg'izistonlik Ilya Kovalenko keyinroq jamoaning asosiy hujumchilaridan biriga aylangandi. Bazida u o'ta qulay imkoniyatlardan foydalana olmasdi, biroq bazan juda qiyin vaziyatlardan darvozani ishg'ol etardi. Bo'yi balandligi sababli ko'proq havodagi yakkakurashlarga ko'proq kirishardi. “Neftchi”dan so'ng “Metallurg”da to'p tepdi. Keyingi taqdiri qanday kechgani haqida malumotga ega bo'lmadik.

Temur Kapadze o'sha yili hujumda o'ynardi. O'rinbosarlar safida to'purarlik mahoratini ko'rsatgan. 2001 yil oliy ligada 8 bahsda 2 to'p kiritgan. Har ikki golni Farg'onada “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda kiritgani qiziq holatlardan biridir. Natijada keyingi mavsumni u Toshkentda boshlagandi. Kapadze futbolimiz tarixida eng sovrindor o'yinchilardan biriga aylandi. 

Aleksandr Pisarev chiroyli gollar urishda benazir o'yinchilardan biri sifatida taassurot qoldirgan. CHalqancha va akrobatik gollarni tez-tez urib turardi. Keyin yurtimizda boshqa jamoalar safida o'ynadi. Yaqin paytlarda u haqida malumotga ega bo'lmadik.

Himoyachi Vitaliy Petrov o'sha yili “Metallurg” tarkibida ham o'ynagan. Keyinchalik Rossiyaga ko'chib ketgani aytilgandi.

Darvozabon Vladislav Filippov ko'p yillar Farg'onada ishqibozlarning mehrini qozongan futbolchilardan biri edi. 1990-yillarda jamoaning g'alabalariga katta hissa qo'shgan. O'sha yili 5 o'yinda 3 gol o'tkazgan. Faoliyatini tugatgandan so'ng Rossiyada qolgani to'g'risida gaplar bor.

Anton Nazarikov ayni paytda Rossiya quyi ligasi ishtirokchilaridan biri Medveji Ozyora shahrining “Medvedi” klubida bosh murabbiy bo'lib ishlayotganini bildik. 2001 yil u 3 uchrashuvda maydonga tushirilgandi.

Maqsud Toirov keyinroq asosiy o'yinchilardan biriga aylandi. CHap qanotda ishonchli harakatlari bilan olqishlarga sazovor bo'lgan.


“NEFTCHI”-2001


Futbolchi

Tug'.sana

O'yin          

Gol      

Abdumajid Toirov

05.08.1974            

33

4

Akmal Xolmatov

04.04.1976

33

7

Umid Isoqov

22.12.1978

32

28

Stanislav Kudryashov                  

20.08.1975

32

-

Sergey Ni

03.08.1975

32

15

Vladimir Radkevich

31.03.1976

32

5

Anvar Berdiev

11.05.1978

31

14

Georgiy Zabirov

01.06.1974

31

-24

Rustam Do'rmonov

28.01.1969

26

7

Otabek SHomurodov

21.07.1974

26

-

Abdusamad Do'rmonov

15.11.1965

23

-

Mansur Saidov

01.11.1983

23

3

Valentin Poddubniy

05.07.1974

22

1

SHerzod Rayimjonov

28.04.1979

19

1

Yakub Memetov

09.07.1975

16

-

Ravshan Mataliev

05.03.1978

12

-

Ilya Kovalenko

17.04.1980

9

1

Temur Kapadze

05.09.1981

8

2

Aleksandr Pisarev

21.07.1973

8

3

Vitaliy Petrov

01.04.1974

6

-

Vladislav Filippov

22.05.1971

5

-3

Anton Nazarikov

02.07.1980

3

-

Maqsud Toirov

13.01.1978

2

-

 


2001 yilgi mavsumda turnir jadvali yakunda quyidagicha ko'rinish olgan:


1.              

“Neftchi”                    

34        

27        

3        

4        

93-27        

84      

2.

“Paxtakor”

34

23

3

8

72-32

72

3.

“Nasaf”

34

22

5

7

80-45

71

4.

“Navbahor”

34

20

1

13

79-52

61

5.

“Akademiya”

34

16

11

7

72-45

59

6.

“Qizilqum”

34

16

5

13

48-35

53

7.

“Andijon”

34

15

3

16

64-58

48

8.

“Buxoro”

34

15

3

16

57-58

48

9.

“Do'stlik”

34

14

5

15

73-60

47

10.

“So'g'diyona”

34

14

5

15

45-51

47

11.

“Traktor”

34

13

7

14

54-58

46

12.

“Dinamo”

34

14

3

17

62-68

45

13.

“Zarafshon”

34

11

7

16

50-59

40

14.

“Metallurg”

34

9

12

13

42-60

39

15.

“Surxon”

34

12

2

20

42-71

38

16.

“Kimyogar”

34

9

7

18

36-60

34

17.

“Turon”

34

8

6

20

36-77

30

18.

“Semurg'”

34

2

4

28

36-125

10



 Behzod NAZAROV.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика