So’nggi yangiliklar

13:40Конор Макгрегор Криштианунинг йиғлаганига муносабат билдирди  2 13:21Ўзимизнинг карикатура. Олимпиада учун таркиб танлашда Тимур Кападзенинг боши қотган  3 13:01Olamsport: Ўзбекистоннинг Олимпиададаги байроқдорлари маълум, совриндор спортчиларимиз қанча пул олишади?  0 12:17Артета ва "Арсенал" янги шартнома бўйича музокаралар ўтказмоқда  0 11:42"Вулверхэмптон" Бразилия U-20 терма жамоаси етакчисини сотиб олди  2 11:15Копа Америка. Бразилия - Колумбия 1:1, Хамес Родригеснинг стандартлари Бразилияни қийнаб қўйди  1 10:562025 йилнинг ёзида эркин агентга айланиши мумкин бўлган энг қиммат футболчилар рўйхати эълон қилинди  1 10:28Копа Америка. Чорак финал олдидан Бразилия терма жамоасида катта йўқотиш бор  7 10:00«Челси» 35 миллионлик трансферни амалга оширди  4 09:42Шерзод Файзиев "Қизилқум"ни тарк этди  1 09:33Месси? Аргентина терма жамоасининг олимпиадага борадиган таркиби маълум  8 09:05Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар «man of the match» соҳибига айланди?  1 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун воҳа дербиси бўлиб ўтади  6 08:08Копа Америка. Чорак финал жуфтликлари маълум, бу ерда ҳам дахшатли ўйин бор!  19 07:59Копа Америка. Бразилия қийинчилик билан чорак финалга йўл олди  7

"Uyqusi ochilmagan" "Paxtakor" ishtahasi karnay "Navbahor"ga, shijoatga boy "Olimpik" esa tajribaga ega OKMKga qarshi - 3-tur uchrashuvlari prevyusi Yangiliklar

"Uyqusi ochilmagan" "Paxtakor" ishtahasi karnay "Navbahor"ga, shijoatga boy "Olimpik" esa tajribaga ega OKMKga qarshi - 3-tur uchrashuvlari prevyusi

Mazkur turda chempionlik uchun asosiy davogarlar to'qnashuvi bo'lib o'tadi.

OLIMPIK – OKMK
17 mart 2023 yil. Toshkent, "Jar" stadioni. 17:00
Hakamlar
: Ilgiz Tantashev, SHohnur Yo'ldoshev, Oybek Kallaxo'jaev, Husan Muzaffarov
VAR hakami: Asker Najafaliev
AVAR: Ruslan Serazitdinov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Jamshid Imomov 

Turnir jadvalidagi o'rni: 5-4

SHijoat zapravkasi to'lib-toshgan "Olimpik" tajribaga boy Mirjalol Qosimov shogirdlariga qarshi to'qnash keladi. O'tgan mavsumdagi ilk to'qnashuvda Kapadze shogirdlari minimal hisobda g'alaba qozongan bo'lsa, ikkinchi davrada OKMK javobsiz oltita "tarsaki" bilan javob qaytargandi. SHuningdek, ikki jamoa o'tgan yil quyoshbobo avjiga chiqqan faslda o'zaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan, unda jangovar 3:3 hisobida durang qayd etilgan. Klublar ayni damda turnir jadvalida yonma-yon bormoqda, bu ham o'yin shiddatini yanada oshirishi shubhasiz.

Qiziqarli faktlar

"Olimpik" so'nggi 6 o'yindan beri kamida 2 tadan to'p kiritmoqda

"Olimpik" so'nggi 5 o'yindan beri yutqazmayapti

"Olimpik" Superliga doirasida o'z maydonida 8 o'yindan beri yutqazmayapti

OKMK so'nggi 4 o'yindan beri kamida ikkita to'p kiritmoqda

Imkoniyatlar: 50-50


BUXORO – NASAF
17 mart 2023 yil. Buxoro, "Buxoro" stadioni. 18:30
Hakamla
r: Akobirxo'ja SHukurullaev, Jalgasbay Sarsenov, Damir Iskenderov, SHohruh Qayumov
Nazoratchi: Ravil SHayaxmitov
Komissar: Qudrat Madraimov

Turnir jadvalidagi o'rni: 6-7

Superligaga qaytishini raqs tushadigan kayfiyatdagi natija bilan boshlagan "Buxoro" 2-turda raqsini to'xtatib qo'ydi. 3-turda esa ularni ancha jiddiy raqib kutib turibdi. O'z navbatida, Ro'ziqul Berdiev qo'l ostidagi jamoaning ishlari joyida emas. Dastlabki turda ular kutilmaganda "Andijon"ga imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsa, o'tgan o'yinda qiyinchilik bilan "Turon" mag'lub etildi. Qarshiliklarning ushbu o'yinda mehmon bo'lishini hisobga olsak, buxoroliklar Superliga havosini sog'ingan muxlislari qarshisida "gazini bossa" kerak. 

Jamoalar chempionat doirasida o'zaro 46 marotaba to'qnash kelgan. SHundan 12 tasida "Buxoro" g'alaba qozongan bo'lsa, 23 bahsda qashqadaryoliklarning qo'li baland kelgan. 11 uchrashuvda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlagan. To'plar nisbati: 43-74

Qiziqarli faktlar

"Buxoro" so'nggi 7 o'yindan beri o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormoqda

"Nasaf" 3 o'yindan beri "Buxoro"ni mag'lub eta olmayapti

"Buxoro" o'zaro oxirgi 5 o'yinning 4 tasida yutqazmagan

Imkoniyatlar: 40-60


PAXTAKOR – NAVBAHOR
17 mart 2023 yil. Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 19:30
Hakamlar:
Vadim Agishev, Rishat Nig'monov, Timur Gaynullin, SHuhrat Rajabov
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
AVAR: Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Bekzod Aripov

Turnir jadvalidagi o'rni: 12-1

O'tgan mavsumdagi chempionlikdan hali "uyqusi ochilmagan" "Paxtakor"ni yo'lidan chiqqan raqibini ko'rdim demasdan "yanchib" ketayotgan "ishtahasi karnay" "Navbahor" kutib turibdi. O'tgan yilda chempionlik yo'lida azaliy raqibga aylangan ikki jamoaning o'zaro hisob-kitobi har qanaqasiga qiziqarli o'tishi shubhasiz. 

Jamoalar Superliga doirasida 64 uchrashuvda maydonga tushgan. Ulardan 39 tasida "sherlar"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, Ergash Karimovning talabalik davrida topshirgan bilet raqamiga teng (n-n-nuch) o'yinda "lochinlar"ning "ovi" baroridan kelgan. Yana 12 bellashuvda esa six ham, kabob ham kuymagan.

Garchand namanganliklar o'tgan mavsum ham poytaxtliklarni chempionatda taslim etolmagan bo'lsa-da, O'zbekiston kubogida musobaqadan chiqarib yuborishni uddaladi. Biroq vodiy klubiga kubokni ko'tarish nasib qilmadi — finalda "Nasaf" g'alabani tantana qildi.

Qiziqarli faktlar

"Paxtakor" so'nggi 3 o'yinda o'z darvozasidan 8 ta gol o'tkazib yuborgan

"Navbahor" Superliga doirasida so'nggi 10 ta o'yindan beri "Paxtakor"ni mag'lub eta olmayapti

PREVYU. Mavsumni omadsiz boshlagan "Paxtakor" "Navbahor"dan bor alamini oladimi?

"Paxtakor" - "Navbahor". O'zaro o'yinlardagi eng yirik hisob qanday bo'lgan? 

"Paxtakor" - "Navbahor" o'yini to'purarlari — Sergeev va Koshelevga etib olgan CHeran, yaqqol peshqadam Geynrix 

Samvel Babayan "Paxtakor"ga qarshi qanday natijalar qayd etgan?  

Superligaga qaytamiz. "Navbahor" XXI asrda Toshkentda "Paxtakor"ni yutmagan

Imkoniyatlar: 50-50


SO'G'DIYONA – NEFTCHI
18 mart 2023 yil. Zomin, "Zomin" stadioni. 15:00
Hakamlar
: Firdavs Norsafarov, Obid Jumaev, Jasur Rustamov, Ilya Ilin
VAR hakami: Rustam Lutfullin
AVAR: Rustam Tog'aev
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Diyor Xotamqulov

Turnir jadvalidagi o'rni: 11-2

"So'g'diyona" o'tgan yili OFK kubogi musobaqasi bilan sevgilisi ila vidolashgan oshiq singari xayrlashdi. O'shandan beri jizzaxliklarning natijalaridan halovat yo'qoldi. "Bo'rilar" joriy mavsum ham tish-tirnoqsiz jangga chiqmoqda, bu esa raqiblarni unchalik cho'chitmayapti. O'z maydonidagi ketma-ket uchinchi o'yinda ham g'alabaga erishilmasa, futbolchilar mahalliy muxlislar tomonidan "Izabella" so'zining o'zbekcha talqinini eshitishi hech gapmas. Biroq raqib anoyilardan emas, mavsumni yo'qotishlarsiz boshlagan hamda kimsan "Paxtakor"ni taslim etgan "Neftchi" sanaladi.

Ikki jamoa chempionat doirasida 50 marotaba to'qnash kelishgan. SHundan 11 tasida so'g'dliklar zafar quchgan bo'lsa, yana shuncha bahsda kuchlar teng kelgan. 28 bellashuvda esa farg'onaliklarning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati: 42-93

Qiziqarli faktlar

"So'g'diyona" oxirgi 5 o'yindan beri o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormoqda

"So'g'diyona" o'z maydonida oxirgi 7 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti

"Neftchi" so'nggi 7 o'yindan beri gol urmoqda

"Neftchi" so'nggi 6 o'yindan beri yutqazmayapti

"Neftchi" 7 o'yindan beri "So'g'diyona"ni mag'lub eta olmayapti

"Neftchi" 3 o'yindan beri safarda "So'g'diyona" darvozasiga gol urolmayapti

Imkoniyatlar: 45-55


ANDIJON – BUNYODKOR
18 mart 2023 yil. Farg'ona, "Istiqlol" stadioni. 17:00
Hakamlar
: SHavkat Nasibullaev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Olim To'ychiboev
VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: SHohruh Said

Turnir jadvalidagi o'rni: 8-3

O'tgan yili Superliga jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda Andijon muzqaymoqlarini ko'rgan bo'lsak, joriy mavsum asosiy jamoaning o'zi ham etib keldi. Kelgandayam "burgutlar" "ajdarlar" makoniga safar  uyushtirib, ertaklardagi misoli raqibini bo'ysuntirdi. Ammo kelgusi geometriyadan yigit bahoga o'qigan VAR hakami ishlagan bahsda "burgutlar" Surxondaryo klubi hisoblangan "uchar tulporlar"ning tuyoqlari ostida qolib qoldi. Uchinchi turda esa ularni yosh hamda bahoriy mavusmni yaxshi ko'radigan "qaldirg'ochlar" kutib turibdi. Buni "Bunyodkor"ning dastlabki ikki turdagi natijalaridan ham bilib olish mumkin. Superliga sog'inchi bilan qaytgan vodiyliklarga qarshi shakllanib borayotgan poytaxtlik yoshlarning qarshi chiqishi qiziqarli o'tishi kutilmoqda.

Jamoalar chempionat doirasida o'zaro 24 marotaba to'qnash kelishgan. Afsuski, andijonliklar hozirgacha bu raqibini mag'lub etish borasida armon bilan o'tmoqda. Faqatgina 6 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. "Bunyodkor" esa 18 uchrashuvlarda raqibini "er tishlatgan". To'plar nisbati: 8-47

Qiziqarli faktlar

"Andijon" shu paytgacha "Bunyodkor"ni mag'lub eta olmagan. Jamoalar chempionatdan tashqari, kubok bahslarida ham 5 marotaba to'qnash kelgan va ularning barchasida toshkentliklarning qo'li baland kelgan

"Andijon" oxirgi 7 uchrashuvning 6 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan va atigi bir o'yinda mag'lub bo'lgan

"Bunyodkor" o'zaro so'nggi 3 o'yindan beri g'alaba qozonmoqda

"Bunyodkor" o'zaro so'nggi 3 o'yinda 13 ta gol urgan

"Bunyodkor" oxirgi 4 o'yindan beri g'alaba qozonmoqda

Imkoniyatlar: 45-55


METALLURG – QIZILQUM
19 mart 2023 yil. Bekobod, "Metallurg" stadioni. 16:00
Hakamlar
: Rustam Lutfullin, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Akmal Rahimov
VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev
AVAR: Edita Mirobidova
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Vladimir Nazarov

Turnir jadvalidagi o'rni: 14-10

Turkiya safaridan quruq qolgan Luisma Ernandes shogirdlari hozircha o'z o'yinini topa olmayapti. Aksincha, raqiblariga mehmondo'stlik qilib, gollarni qoplab sovg'a qilmoqda. Ammo bu holat davom etadigan bo'lsa, klub rahbariyatining qoshlari chimirilishi hech gap emas. Bu turda ularga Navoiyning "Qizilqum" klubi raqib bo'ladi. Garchand o'tgan turda ilk g'alabasini qo'lga kiritgan bo'lsa-da, tarkibi yangilangan navoiyliklarning ishlari ham besh emas. SHunga qaramay, "Qizilqum" so'nggi yillarda Bekoboddan quruq qo'l bilan qaytmayapti. 

Ikkala jamoa chempionat doirasida 46 marotaba to'qnash kelgan. SHundan 16 tasida mezbonlar ustunlik qilgan bo'lsa, 18 bellashuvda navoiyliklar "uloqni olib ketgan". Yana 12 uchrashuvda esa do'stlik natijasi qayd etilgan.

Qiziqarli faktlar

"Metallurg" o'z maydonida 4 o'yindan beri "Qizilqum"ni mag'lub eta olmayapti, shundan uchtasida yutqazgan

"Qizilqum" 7 o'yindan beri "Metallurg" maydonida gol urmoqda

"Metallurg" 3 o'yindan beri "Qizilqum"ga yutqazmayapti

Imkoniyatlar: 50-50


TURON – SURXON
19 mart 2023 yil. Yaypan, "O'zbekiston" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Abdurashid Xudoyberganov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Sardor Ismatullaev
VAR hakami: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Oybek Yunusov.

Turnir jadvalidagi o'rni: 13-9

Superligaga katta umidlar bilan qaytgan "Turon"ning "umidjon"i qaergadir ketib qolgan ko'rinadi. Biroq yaypanliklar ikkala o'yinda ham yomon taassurot qoldirmadi. O'yinlarni faol tarzda boshlayotgan Ashurmatov shogirdlari oxirigacha shu tempni saqlab qola olmayapti. "Surxon" ham dastlabki turda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, OKMKga qarshi bahsda yomon taassurot qoldirmadi. Ikkinchi turda esa Pro ligadan chiqqan boshqa klub — "Andijon" mag'lub etildi. "Turon"ning yo'qotadigan hech narsasi yo'qligini hisobga olsak, ochiq qarama-qarshilik guvohiga aylanamiz.

Jamoalar ilk va so'nggi bor 2021 yil chempionatda to'qnash kelishgan. "Surxon" o'shanda o'z maydonida minimal g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsa, Yaypanda kechgan bahsda kuchlar teng kelgandi.

Qiziqarli faktlar

"Turon" Superligadagi so'nggi g'alabasiga 2021 yilning noyabrida erishgan. O'shanda farg'onaliklar o'z maydonida "Andijon"ni mag'lub etgan

"Turon" so'nggi 7 o'yindan beri gol urmoqda

"Surxon" Superligada so'nggi 10 o'yinning 9 tasida gol urgan

Imkoniyatlar: 45-55

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика