

Ko'pchilikning e'tiborini o'ziga jalb qilishi kutilayotgan mazkur jamoalarning to'qnashuviga oid qiziqarli ma'lumotlarni berishda davom etamiz.
O'zaro o'yinlarda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Aleksandr Geynrix hisoblanadi. U jami 9 marta namanganliklar darvozasiga gol urgan.

Leonid Koshelev esa 7 to'p kiritgan. Shundan 3tasini "Navbahor", 4tasini "Paxtakor" safida kiritgan. Igor Sergeev hozircha bu raqib darvozasini 7 bor ishg'ol qilgan. Dragan Cheran hisobida 5 gol yig'ilib ulgurdi. "Paxtakor"dan Igor Shkvirin, Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev va Odil Ahmedov 4tadan to'p kiritgan.

"Navbahor"dan Shuhrat Mirxoldirshaev hisobida 4, Oleg Shackix hisobida 3 gol mavjud. Koshelevdan tashqari Vadim Kotelnikov ham har ikki jamoa safida gol urishga erishgan. So'nggi 10ta o'yinda "Navbahor" darvozabonlarini eng ko'p ranjitgan futbolchi - Dragan Cheran bo'lib turibdi (5ta gol).

"Navbahor" bilan o'zaro o'yinlar to'purarlari
9 - Aleksandr Geynrix
7 - Leonid Koshelev, Igor Sergeev
6 - Dragan Cheran
4 - Igor Shkvirin, Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev, Odil Ahmedov, Shuhrat Mirxoldirshaev.
3 - Oleg Shackix.




