So’nggi yangiliklar

16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  0 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  2 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  3 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  16 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  2 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  10

#Uydabo'l! Nodirxo'ja Yuldashev: 2006 yil voqealari. O'yinni berishni so'ragan murabbiy, to'y o'rniga futbol va salom texnika asri! Yangiliklar

#Uydabo'l! Nodirxo'ja Yuldashev: 2006 yil voqealari. O'yinni berishni so'ragan murabbiy, to'y o'rniga futbol va salom texnika asri!

Uzun yo'lga tashlangan ilk qadamlar aynan 2006 yilga to'g'ri keladi. Akam haqida yozib o'tgandim. Bir kuni uyga chaqirdilar - ishlaysanmi?

Uzun yo'lga tashlangan ilk qadamlar aynan 2006 yilga to'g'ri keladi. Akam haqida yozib o'tgandim. Bir kuni uyga chaqirdilar 

- Ishlaysanmi?

- Kutilmagan taklif, qanday ish?

- Akmal “Kamolot” bilan katta loyiha boshlayapti. Meni chaqirdi, mening vaqtim yo'q, magistraturam bor.


SHu yili Kamolot Respublika kengashi vasiyligida O'zbekistonda milliy internet portalini yaratish bo'yicha davlat loyihasini moliyalashtiradigan bo'lgan. Unda, “Kamolot” va LG kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan “LG” Grand dasturining elektronika bo'yicha g'olibi Akmal Payziev rahbarlik qiladigan bo'ldi. Akmal Payzievni bugun ko'pchilik tanisa kerak. My Taxi, Express24 dasturlari asoschisi. 2006 yilda Akmal aka bor-yo'g'i 22 yoshda, ammo kalla “moshhnyy” yoshligidan uyida kompyuter bo'lgani sabab shekilli, O'zbekistonga endi kirib kelayotgan sohani boshqalarga nisbatan yaxshiroq bilardi. Ularning Ozod degan do'stlari ham bo'lib, u dasturlashda shu yoshdayoq ustasi farang edi. Akam va Akmal aka grant Superfinalini yutib, birga Janubiy Koreya sovriniga ega chiqishgan. SHundan keyin do'stlashib ketgan edilar. Qisqasi, men akamning o'rniga myp.uz loyihasiga tashrif buyurdim. 110-maktabning 2004 yil bitiruvchilar bo'lmish, 11 “J” informatika faniga ixtisoslashtirilgan edi. O'sha paytdayoq klaviaturaga qaramay matn terishga usta edim. Asosiy savol, kompyuterni qanchalik bilish haqida bo'lgan va men sinovdan o'tganman. Eng kattamiz Akmal aka 22 yoshda, biz 18-19 yoshli bolalar. Yarim yil ichida mail.ru kabi ishlashi kerak bo'lgan katta proekt ishga tushdi. O'sha payt uchun eng qimmat texnikalar bizda edi. Portalning “sport”, “huquq”, “latifa”, “madaniyat” kabi bo'limlari mening zimmamda bo'lib, sportni o'sha payt internet jurnalistikasi uchun yuksak cho'qqiga olib chiqa olgandim. Natijada birinchilardan bo'lib menga fotoapparat olib berishdi. Bu esa fotojurnalistikaga kirib kelishimga birinchi sabab edi. Ko'p o'tmay, intervyular qila boshladim. Diktofon olib berishdi, diktofon ham mp3 bo'lib, bunaqasini hali ko'pchilik bilmasdi. U paytlar JCH-98 logotipi bilan chiqqan radio urf bo'lgan. 256 mb fleshkaning narxi 100 $ dan kam emasdi. Dumaloq disk va to'rtburchak disketlardan foydalaniladigan davrlar. Bir kuni metroda musiqa eshitib ketayotsam (u paytlar hali MP3li telefonlar yo'q, bo'lsa ham talabalarda bo'lmaydi), to'g'rimda o'tirib ketayotgan ikki bola kulgandi: “metroda radio eshitib ketayapti, x...p“... Miyig'ida kulib qo'ydim.


  

Qo'limda o'sha MP3ga ega diktafon. Rayxonni musiqalarini eshitishni yaxshi ko'rardim. Har holda, yoshmiz. 


Barchasi alo darajada boshlandi. Maosh 2 kursni bitirayotgan talaba uchun dahshatli – 80 000 so'm (1 AQSH dollari 1200 so'm bo'lgan). SHartnoma 250 000 atrofida. Men endi “boyman”. Dastlabki ikkita kurs shartnoma pulimni amakim va tog'am to'lab berganlar. Endi oilamga og'irligim tushmaydi, shartnoma pulimni to'lay olaman. Stipendiya adashmasam, o'sha yili 15 000 so'mga bormasdi. Qisqasi, men o'zimni tiklab olishim uchun sabab bo'lgan ishni topgan edim. Har oyning boshida maosh olardik. "MTS"ni 3, 5, 10 ming so'mlik kartochkalari bo'lardi. Maoshdan 5 so'mlik kartochkalarni sotib olib, balansimizni to'ldirardik. U paytlar paynet ham yo'q edi. Telefonda 5 sekund gaplashish bepul bo'lardi. "Alo, qaerdasan"... Tez javobni eshitib olib, go'shakni qo'yib qo'yardik. CHiqish ham, kirish ham pul bo'lardi. 


Birinchi akkreditaciyamni qo'lga kiritdim. Endi oliy liga o'yinlarida rasm olish bilan bir qatorda o'yinlardan keyingi intervyularni ham ola boshladim. U paytlar matbuot anjumanlari faqat OCHL va MTJ o'yinlarida tashkil qilinardi. O'FAning binosi Xalqlar Do'stligi metro bekati oldidagi 9-qavatli bino tagida bo'lib, bor-yo'g'i 4ta kichkina xonasi bor edi. Oliy liga o'yinlari tugaganidan keyin federaciyaga borardim. Baxtiyor SHirinov doim o'sha erda bo'lardilar. Navbati bilan o'yinlarni qabul qilib olishardi. Uchrashuv tugaganidan keyin nazoratchi telefon qilib, o'yindagi vaziyatlarning daqiqalarini aytib turardi. Keyin faksdan qaydnomani yuborardi. Men erinmasdan, o'yin natijalarini olib, ofisga borib saytga qo'yardim. Yo'l chiptasini rosa qiynardim. Taksida deyarli hech kim yurmasdi. U paytlar saytni nari borsa 100 nafar o'quvchi o'qirdi. Lekin, masuliyat hissi bo'lgan. Hozir barchasi osonlashib ketgan. Hozirgi yosh jurnalistlarga biron ish buyuring, taksi qimmat deb turadi.


Debyut mavsumim tadbirlarga boy bo'ldi. Bunga avvalo Mirabror Usmonov “sababchi” bo'lganini aytib o'tish lozim. Mirabror Zufarovich 2005 yil so'nggida O'FF prezidenti etib tayinlangach, birinchilardan bo'lib qilgan ishi O'FFga yangi bino qurish va tashqi aloqalarni tiklash bo'ldi. Qisqa davr ichida 2006 yilni o'zidayoq Toshkentda futzal bo'yicha Osiyo chempionati qabul qilinadigan bo'ldi. Garchi bu musobaqa JCH yo'llanmasini bermasa-da, O'zbekiston uchun birinchi musobaqa edi. Mazkur musobaqa faoliyatimdagi eng birinchi xalqaro turnir sifatida tarixdan joy oldi. Kechagidek yodimda yil boshida Sanjar Rizaevning taklifi bilan 

Usmonov tomonidan Zarafshon zalida tashkil qilingan, tanishuv tadbiriga tashrif buyurdim. U paytlar sport jurnalistlar ko'p bo'lmasdi. Nari borsa, 4talik 2ta stol-stul band qilindi.


Men O'FFga tashrif buyurdim, qanday ishlashgan bular shu kungacha hayronman, bittasi xonaga kirsa, ikkinchisi chiqib turishi kerak bo'ladi. Bularga sharoit yaratmasdan, qanday qilib natija talab qilamiz. Avval bularga yangicha ish uchun, yangicha sharoit yarataylik, maoshini oshiraylik, terma jamoalarga pul tikaylik, ana undan keyin natija talab qilaylik.


Bu Mirabror Zufarovichning gaplari edi. Ko'plab insonlarning hojatini chiqargan, rahmatli Mirabror aka barcha vadalarini ustidan chiqdilar. Federaciya ko'p o'tmay, bugungi binosiga ega bo'ldi. Unga qadar “O'zbekiston futboli” gazetasining ofisi sifatida, tashlandiq holatda yotgan bino yarim yilga qolmay, zamonaviy ko'rinishga keldi. FIFA bilan hamkorlikda O'zbekistondagi birinchi suniy maydon aynan shu erga to'shaldi. Barcha klublarning qo'nalg'asiga aylangan bu maydonga qachon kelmang, biron oliy liga jamoasi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazayotgan bo'lardi.



Mirabror Usmonov yo'qdan bor qila olgan inson edi.


SHunday kunlarning birida qarasam, “Paxtakor”-2 safida Uche Federaciya Kubogida o'ynayapti. Hayron bo'ldim, “Paxtakor”ning asosiy hujumchisi bu erda nima qilyapti. Keyin bilsam, BAAda yig'in o'tkazayotgan “Paxtakor” safidan quvilgan ekan. Voqea esa shunday bo'lgan. O'yinga “shitki”siz kelgan Uchega jamoadoshi o'zining “shhitkisini“ berib turgan. Echinish xonasida u qaytib so'ragan, kimligi yodimda yo'q. SHunda Uche unga otib yuborgan. Bu narsa Zayniddin Tojievga yoqmagan. Seni odam deb berdi, odam bo'lib qaytarmaysanmi deganda, Uche o'zbeklarning eng yomon ko'radigan uslubida so'kib qo'ygan. So'kkanini biladi, uchta aka-uka botirlar, yani Tojievlarning oyoq tagida qolib ketgan. CHunki Zayniddin Tojievning volidasi, Farhod va Kamoliddinlarniki ham edi. Qisqasi uni klub orqaga qaytarib yuborgandi. Bu voqeani keyin bildim, o'zim ham o'shanda hayron bo'lgandim, nimaga buni yuzi ko'karib yotibdi deb.


O'zbekiston milliy terma jamoasiga, Afrikada katta hurmatga ega bo'lgan Valeriy Nepomnyashhiy bosh murabbiy etib tayinlandi. Undan avval “Paxtakor”ga. Vazifa - terma jamoani Osiyo chempionatiga tayyorlash, “Paxtakor” bilan OCHL g'olibi bo'lish va tabiiyki, chempionat hamda kubok. Ammo u uzoq ishlay olmaydi. Juda ham samimiy inson, o'z ishiga aralashganlarni orqasida gapirib o'tirmay, shunchaki chemodanini yig'ishtirdi-ketdi! Men esa undan birinchi intervyu olgan jurnalist sifatida tarixda qoldim ))... U bilan matbuot anjumani tashkil qilinganidan keyin uning “Paxtakor”ga borishini bildim. Stadionga borganimda, mashg'ulot o'tkazib bo'lgan ekan. SHunda o'sha mashhur tunelda intervyu oldim. Bularning barchasi myp.uz sayti uchun bo'lardi.


Futzal o'rtasidagi Osiyo chempionati men uchun birinchi katta maktab vazifasini o'tadi. Aynan shu musobaqada internet tezkorlik talab qilishini birinchi marta yaxshilab anglab etdim. Rasm olaman, press-konferenciyaga kiraman, o'yinga sharh yozaman. Hammasi, ikkichi o'yinga qadar bo'lishi kerak. U paytlar OFK ko'p ham o'z tashkiloti bilan maqtana olmasdi. Lekin shunga qaramay, men ko'plab insonlarni yaqindan tanidim. Muloqot qilish, intervyu olish, rasmga olish qoidalar va boshqalarni o'rgandim. Bu payt O'zbekiston chempionatida hech qanday qoida bo'lmasdi, hech qanday. Yani, OAV bo'yicha. Stadionda faqat marhum Sergey Arxipov bo'lardi. Uni hakamlar tanigani uchun indamasdi. Men ilk marotaba hozir qadrdonim bo'lib qolgan Hasan Pirmuhamedov bilan aynan shu yili tanishganman. Oliy liga o'yinlarini bir vaqtda rasmga olish bilan boshlaganmiz. Hakamlardan qochib yurardik. Hujjatimiz bo'lsa-da, stadiondan chiqarib yuboraverardilar.


2006 yil “Paxtakor” tashkil topganiga 50 yil to'ldi. U paytlar so'nggi qo'ng'iroq bayramlari tashkil qilinardi. Toshkent shahar hokimiyati va “Paxtakor” kelishgan holda yubiley bayramni 25 mayga to'g'riladi. Muammo esa menda paydo bo'ldi! Katta akamning nikoh to'yi aynan 25 mayda edi! Oldimda juda ham qiyin tanlov. Bu erda futbol, bu erda to'y! Siz nima qilgan bo'lardingiz. Katta amakimning katta o'g'li uylanyapti. Uyimizdagi birinchi to'y edi bu. Oq ko'ylak, qora shim. Kuyov navkarga tayyorman (uydagilar uchun). Bir payt kuyov navkar yo'lga chiqdi, men ham, faqat men kelinnikiga emas, “Navro'z” restoraniga. O'sha kuni tushlikda “Paxtakor” xalqqa osh bergandi. Ketidan futbol tadbirlari davom etishi kerak bo'lgan. “To'yingayam“, dedim-u, tavakkalchilikka qo'l urib, qochdim!

To'y qanday o'tdi bilmadim-ku, lekin “Paxtakor”ning yubiley tadbiri juda zo'r o'tdi. O'sha yillari avjiga chiqayotgan 


 

Server Jeparov va Aleksandr Geynrixni suratga tushishga taklif qildim. Ularning salobati shunchalik bosardi, bir gap gapira olmasdim. Bahonada bitta muxlis va "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi ham suratga tushdi. Hozirda bu bola "Bunyodkor" sharafini himoya qilayapti - G'ulom Haydar G'ulomov. 


Aleksandr Geynrix “Torpedo Moskva” safida Toshkentga tashrif buyurgan edi. “Paxtakor” rahbariyatining aqlli qarori, Geynrixni transfer qilish chog'ida, shartnomaga “Paxtakor”ning tadbiriga kelish bandi qo'shilgandi. Butun stadion Geynrixga ishqibozlik qilardi. O'z navbatida “Paxtakor”ning ham tarkibi chakki emas. Odilni adashmasam birinchi marta o'sha erda yaqindan ko'rganman. Zaxira o'rindig'ida. Stadionga yig'ilgan minglab muxlislarga ko'rinmay turgan bolakay, butun O'zbekistonga bir kun kelib mashhur bo'lishini men ham bilmasdim.

Ne-ne yulduzlarni ko'rmadim. O'sha paytda Prezident Vaziri bo'lgan SHavkat Miromonovich “Paxtakor” faxriylariga turli medallarni taqqan edi. SHou-biznes vakillari o'z qo'shiqlari bilan stadionga yig'ilganlarni xushnud etdi. O'yin esa zo'r bo'lmadi to'g'risi, 1:1. Barcha tadbirlarni yakunlab, hech nima bo'lmagandek to'yxonaga bordim, qarasam kelin kuyov yor-yor sadosi ostida restorandan chiqib kelishyapti.


 

"Paxtakor"ning yulduzli zaxira o'rindig'i... Ahmedovni tanidingizmi?


Bu mavsumda ham “Paxtakor”ga teng keladigan bo'lmadi. Endi men stadiondan bevosita ishlardim. O'z paytida muxlis bo'lib yurgan paytlarimiz “Paxtakor” stadioni maysasi oldida yurgan odamlar, biz uchun etib bo'lmas yulduzlar edi. Futbolchilar chiqib keladigan tunneldan yurish baxt edi. Fotomuxbir sifatida men ham o'sha mashhur tunneldan tushib kela boshladim (“Paxtakor” stadionining to'liq buzilishiga men qarshiman. Uni o'z aurasi, o'z tarixi bor). Kechagina fan klubda birga o'tirgan do'stlarim “Nodir, Nodir”... deb baqirib qo'yishardi, g'ururlanib ketardim. Sababi men uchun “Paxtakor” shunchaki nom emas edi. Bugun bildim, futbol atrofidagi o'yinlarni. U paytlar barchasi beg'ubor edi. Qaysi jamoa ekanligini aytmayman. Bir yili finalda “Paxtakor” 1-bo'limdan keyin g'alaba qozonayapti. Echinish xonasiga ketaverishda raqib murabbiyi, “Samvel, balki o'yinni berarsan, chempionsan-ku”, deb unga murojaat qilgan. SHunda Babayan, muxlislar o'tirgan sektorni ko'rsatib, “borib, ulardan so'rab kelgin”, deya javob qaytargan.


2005-06 yil Ignatiy Nesterov og'ir sinovni boshidan o'tkazgandi. Mavsum so'nggida elkasidan jiddiy jarohat oladi. Faoliyatini tugatishi haqida gaplar chiqdi. Ammo Germaniyada o'tkazilgan bir nechta jarrohlik amaliyotlari va o'sha paytda “Paxtakor”da faoliyat olib boradigan Mirko Elichichning mahorati bilan Nesterov 1 yil deganda safga qaytdi. Baxtiyor Ashurmatov ham mavsumni “Krilya Sovetov”dagi debyut o'yinida jarohat deb qo'yib yuborgan. Ashurmatov o'sha yillari “Paxtakor”ning “duxi” edi. U maydonda bo'lsa, raqib jamoa futbolchilari o'ylab ish qilardi. “Krilya Sovetov”ning asosiy tarkib o'yini bo'lishidan bir kun avval o'rinbosarlar ligasida deyarli to'liq, bo'lib ham suniy maydonda o'ynagan bo'lgan. Bu narsa o'yinning ertasiga, asosiy tarkib o'rtasida o'z tasirini o'tkazmay qolmadi va juda og'ir jarohat olgandi. O'sha yillari men Qosimovdan keyingi tug'ma sardor deb Baxtiyor Ashurmatovni tilga olardim. Hozirgi markaziy himoyada Krimecning qaeridir Ashurmatovga o'xshab ketadi.


 

SHu yili Nesterovdan tashqari, Anvar Soliev ham og'ir jarohat olgandi. Bu zaxira o'rindig'idan, hozirda Odil Ahmedov, Sadiriddin Abdullaev va Ignatiy Nesterov faoliyatlarini davom ettirayaptilar. 23 raqamdagi futbolchi - Timur Kagirov. Italiya qahramoni - Eldor Tojiboev , Mirzakamol Kamolov va Vyacheslav Ponamaryov.


Mavsum o'rtasida Nesterov maydonga qaytdi. Unga qadar “Paxtakor” rosa qiynaldi. Garchand osonlikcha chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa ham, OCHLda muammoga uchradi. Bir qarasang Eldor Tojiboev, bir qarasang darvozada Temur Jo'raev bo'lardi. Eldor o'sha paytda Italiyadagi qahramonligi evaziga tilga tushgan edi. Agar u zamonda internet bugungidek ommaviy bo'lganida, butun dunyoda tilga olinardi. 2006 yilning fevral oyida Italiyaning Viarejjio shaharchasida har yili ananaviy tarzda bo'lib o'tadigan musobaqaning 3-turida sherlar “Livorno”ga qarshi maydonga chiqadilar. “Modena”, “Livorno” va Bolgariyaning “Nefteks” klublari o'rin olgan guruhda biznikilarda 6 ochko, “Modena”da 4 ochko edi. Italiyaliklarni faqat g'alaba qoniqtiradigan uchrashuvda hakam o'yinning rasvosini chiqargan. “Paxtakor” o'yinni 9 kishi bo'lib yakuniga etkazgan. Bu hammasi emas edi. “Modena” foydasiga 3ta (!!!) penalti belgilangan. 90 daqiqa ichida amalga oshirilgan uchta penaltining barchasini Eldor Tojiboev mahorat bilan qaytarib turgan. Yakunda, qarshi hujumda bitta gol urib, guruhda 9 ochko bilan keyingi bosqichga chiqqan. 48ta jamoa qatnashgan musobaqaning 1/16 finalida “Paxtakor” yana bir italyan klubi, “Siena”ga 1:0 hisobda imkoniyatni boy bergan. Bu musobaqa 18-20 yoshli futbolchilarniki edi. Bir tur avval qizil kartochka olgan Sadriddin Abdullaev maydonga tushmagan. O'sha yili Sadriddin Abdullaev “Paxtakor”da mavsum kashfiyoti bo'lgandi. Uni “Fulad” darvozasiga olisdan urgani goli hamon yodimda.


SHu yilning boshida Ulug'bek Mirzaev, Baxtiyor SHirinov va Mirzahakim To'xtamirzaev boshchiligida, “Paxtakor On Line” jurnali chiqa boshlagan edi. Men 2 yildan beri fan klub azosi sifatida matbuot xizmati xonasida o'tirmaymanmi, dastyorlik vazifalari menga topshirilgandi. O'sha kuni birinchi Mirzahakim akam bilan suhbatlashdim. U davrda Mirzahakim To'xtamirzaev o'zbek futboli TVsining afsonasi edi. Menga vazifa yuklatildi, “Paxtakor” bazasiga borib, Italiyadan qaytgan qahramonlardan intervyu olib qaytish. Birinchi marotaba “Paxtakor” bazasiga tashrif buyuraman. Hayajon “moshhnyy”. Kamiga, “Paxtakor” avtobusida ketdim. Bazada Sadriddin Abdullaev, Anzur Ismoilov, Eldor Tojiboevdan intervyu oldim. Ular orasida Odil ko'rinmasdi. U juda kamtar, faqat o'z xonasida o'tirar, faqat mashg'ulotlarga tushardi. Sadriddin Abdullaev va Anzur Ismoilov yosh, sho'x edilar. “Paxtakor” jurnalida intervyum chiqdi. Mirzahakim aka bilan CUMgacha piyoda gaplashib ketganim yodimda, nima savol berishni bilmayman. Qisqasi, bu uch inson Ulug'bek Mirzaev, Baxtiyor SHirinov va Mirzahakim To'xtamirzaev mening OAVdagi faoliyatimda tub burilish yasab yuborgan super uchlik bo'ladilar. Men uchun ular, Neymar – Messi - Suares triosidan-da  qadrliroq.


CHempionlikni allaqachon naqd qilgan “Paxtakor” so'nggi turda “Dinamo”ga borishi kerak. Men ilk marta Samarqandga tashrif buyurdim. Borishimga Ilhom SHaripov sababchi bo'ldi, Baxtiyor akam mendan Ilhom SHaripovning xayrlashuv uchrashuvidan albom qilib berishni so'radilar. Samarqandda “Paxtakor” va “Dinamo” faxriylari o'rtasida Ilhom SHaripovning xayrlashuv o'yini tashkil qilindi. “Mehri daryo” “Paxtakor” bu o'yinda ham yutqazib berishi kerak edi. O'zi so'nggi turlarda yo o'rinbosarlarni tushirib yuborardi, yo biron tadbirga to'g'ri kelib qolardi. Baxtiyor aka SHirinov bu o'yinda Ignatiy Nesterov turmasin, uning “quruq” seriyasi buzilib qolishini ogohlantirishlariga qaramay, boy beriladigan o'yinda Nesterov darvozada turdi va o'zining juda uzun quruq seriyasini puchga chiqardi. SHu o'yin bo'lmaganida posbonimiz qayd etib kelayotgan seriyaga, jahon yulduzlari havas qilishi mumkin bo'lardi.


"Paxtakor" matbuot xizmati tomonidan mavsum boshida elon qilingan eng yaxshi jurnalist tanlovining, internet yo'nalishida g'olib chiqdim.


 

Mendan tashqari, Hasan Pirmuhamedov (eng yaxshi fotomuxbir), Norbek Niyozov (eng yaxshi radio eshittirish) va Erkin Xolbobo (eng yaxshi nashr) sifatida bittadan sharf va kitob bilan taqdirlandik.


Yil yakuniga etay deb qolganida, myp.uz elektron pochtasiga xat keldi:

“Assalomu alaykum, Sizning suratlaringizdan “Inter Futbol” gazetasi uchun foydalansak bo'ladimi, qalam haqi beriladi”.

Bu “Inter Futbol” gazetasining bosh muharriri Ahadxon akadan yozilgan xat edi.


2006 yil yakunlariga ko'ra Odil Ahmedovdan tashqari o'zbekistonliklar Toshkent shahar chempionati ikkinchi ligasida “Quruvchi” degan jamoa g'alaba qozonib, pulka yo'llanmasini qo'lga kiritganini va bu jamoa keyinchalik o'zbek futbolini o'zgartirib yuborishini tasavvur ham qila olmasdilar.


Qolgani 2007 yilda!


 

Bu suratda navbadagi golni o'tkazyapman. "O'zbekiston Futboli" gazetasi darvozasini qo'riqlagan paytlarim. Raqibimiz, "Paxtakor"ning murabbiylar shtabi bo'lgan edi.


Yuqoridagi ikki surat o'rtasidagi farq bor yo'g'i yarim yilni o'z ichiga oladi.


Futboldagi yo'llarim — 2004 yil!

2005 yilning alamli xotiralari - Toshimucu Yoshida!

Uyda bo'l, 2007 yilda ko'rishguncha!

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика