So’nggi yangiliklar

15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  0 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  2 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  9 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  17 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  8 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  4

#Uydabo'l! Nodirxo'ja Yuldashev: 2005 yilning alamli xotiralari - Toshimucu Yoshida! Yangiliklar

#Uydabo'l! Nodirxo'ja Yuldashev: 2005 yilning alamli xotiralari - Toshimucu Yoshida!

- Otamdan qolgan tosh oyna qani? Bu intermediyani ko'rmagan inson bo'lmasa kerak.

O'sha paytdagi kulgu ustalarimizning mashhur bo'lishiga sabab bo'lgan yozuvchilar qatorida Muxtor Xudoyqulov ham bor edi. Publicist, juda ko'plab ilmiy maqolalar, hajviyalar yozgan professor.

Muxtor Xudoyqulov va Said Ahmad qalamiga mansub bo'lgan hajviyalar hozir ham xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilinadi. Asli farg'onalik bo'lgan domlamiz futbolga qiziqardilar. Kechagi kundalikda yodga olgan Sardor Rahimovning bobosi edi. Bitta shu fandan “3” chiqayotganida, “doda, bu bola ukam, futbolni jonidan ortiq yaxshi ko'radi”, deb bahoyimni olib bergan edi. Lekin 2005 yilning ikkinchi semestrida futbolni yaxshi ko'rishim  foyda bermagan. Doda baribir “Nuuuuch” (3) qo'ydilar. Menga bahoning  qizig'i qolmagandi. Yaxshi o'qirdim. Ijodim bor edi, “praktikam” joyida. Lekin bir kuni bir domla butun boshli auditoriyada  Toshkentliklar yalqov bo'ladi, ular otasining puliga kirgan, unaqa-bunaqa, senlarga kim qo'yibdi “alo” baho olishni deb “3” qo'ydi. Alam qildi. Keyin bor-e, dedim. Maktabda ham xuddi shunday bo'ldi. Jurnalda geometriyadan (shu fanni juda yaxshi ko'rardim) 4ta “5”, bitta “4“ turgandi. CHorak aniq “5” chiqishi kerak bo'lgan. SHunda matematika o'qituvchim, xolamga yuzlanib: «Mamura, sizning hurmatingiz, jiyaningizga mana “4” qo'ydim» deb tap-tayyor “5”ni bitta pastga tushirib qo'ygandi. Tushunmadim, yoshman, indamadim. Keyin kalla ishlab qoldi. To'xta, xolangni hurmatiga “4” qo'ydimi? Demak, qiynalib o'qish shart emas. Maqtanish emas, 7-8 sinfgacha ko'pchilik qizlar matematikani mendan ko'chirardi. «Jvachka» olib bergan bolaga, rasm darsida rasm chizib berardim, biznes! Xullas, tushunib etdimki, bilim “zachyotka” va “tabel”da emas, kallada bo'lishi kerak. 2000 yilgi vaziyat 2004 yil qaytargach, o'qishni yig'ishtirdim. Faqat darslarga borardim xolos. Davomatim yaxshi bo'lgani uchun o'z-o'zidan “3” chiqaverdi. Muhimi, kursdan qolmadim, menda ham o'sha diplom, “5”ga yopganda ham. Farqi rangida, ammo qizil ham, ko'k ham hozir qaerdadir, shkaf ichida yotibdi, qorong'ilikda. SHuning uchun ko'p bora yosh shogirdlarga aytaman, jurnalistika va medicina sohasida ko'proq amaliyot keyingi taqdirni hal qiladi. Umuman olganda har bir sohada amaliyot o'ta muhim.


Qisqasi 2005 yil mana shunday boshlandi. Futbol esa undan ham zo'r bo'ldi. Aniqrog'i, alamli mag'lubiyatlar va O'FAning noto'g'ri qarorlari natijasida JCH saralash pley-offida qolib ketgan yillarimiz aynan shu davrga to'g'ri keldi.


2005 yil Xalqlar Do'stligi saroyi tomonidagi binodan O'zMUning katta binosiga ko'chgan edik. Jurnalistika fakulteti ilk marotaba tuzukroq futbol jamoasini ko'rdi. Nimadir bo'lib futbolni yaxshi o'ynaydigan bolalar yig'ilgandi kursimizda. Iqtisod va huquqshunoslik fakultetiga imkoniyatni boy berardik. Ularga qarshi o'yinlarda hakamlar ham o'zgarib qolardi. Sababi, Universitetning “boy” fakultetlari edi. Fakultet o'rtasida esa, 4 yil chempionlikni hech kimga bermadik. Bir yili 2ta tarkibimizni o'zi finalda o'zaro o'ynadi. Qisqasi, “yorvorardik” mini futbol musobaqasida. Darvozada men turardim, katta futbol bo'lsa Davron Kabulov (bo'yi uzunroq edi). 2005 yil “Paxtakor” fan klubi, tarixda birinchi marotaba “Paxtakor” binosida tashkil qilindi. “Bunyodkor”da fan klub yopilganidan keyin men loyiha tayyorladim va matbuot xizmatidagi akalarim - Ulug'bek Mirzaev va Baxtiyor SHirinovga ko'rsatdim. Ular o'z o'rnida Samvel Babayan oldiga olib kirishdi. Babayan meni ancha tanib qolgan edi u paytlar. O'ylab o'tirmay, fan klubga tayinladi va men keyingi uch yil “Paxtakor” matbuot xizmati xonasida fan klubni yuritdim. Maosh bo'lmagan, avvaldan aytib qo'yay!


O'sha yillari “Paxtakor”dan tashqari “Traktor” o'yinlarini juda yoqtirardim. “Traktor” o'yinlariga “Beruniy” metro bekatidan avval “Alisher Navoiy”ga borgach, u erdan “Paxtakor” orqali “Maksim Gorkyy” (Hozirgi “Buyuk ipak yo'li”)ga etib olardik. Undan keyin 101-avtobusda, tiqilinchda amallab TTZga borib, Vadim Abramov ijrosidagi o'yinlarni tomosha qilib, CHilonzorga qaytardim. Abramovning bir odati bo'lardi. Hech qachon o'yinlarni zaxira o'rindig'idan o'tirib ko'rmasdi. Zo'rg'a ilinib turadigan 2-qavatda nomi VIP bo'lgan tribunada o'tirardi. CHekka bir sektorda, yoshi chamasi 45 yoshlardagi aka, “Traktor Vperyoddd!!”, “Traktor chempion!” deb baqirib o'tirardi. Hech qachon omma orasiga kirmasdi u muxlis. Yoshi katta o'quvchilar “Traktor” o'yiniga kelgan bo'lsalar, u akani eslaydilar.




"Traktor"ning eng yaxshi ko'rgan jamoasi "Nasaf" edi. Qarshiliklar kimni yutsalar ham, "Traktor" bilan Toshkentdagi o'yinlarda juda qiynalardi. Bir o'yin tarixini aytib berishgan. Qanchalik rost, yolg'on bilmadim. Futbolchi va murabbiylar o'ta irimchi bo'lishadi. Kimdir, "Nasaf" murabbiylaridan birini mushukka irim qiligini aytgan. SHunda traktorchilar "Nasaf" echinish xonasiga qora mushuk olib kirib qo'yishgan. Futbolda nimalar bo'lmaydi deysiz.


Aslida mavsum men uchun yomon xabar bilan boshlangan edi. “Beruniy” bekati oldidagi gazeta do'konida katta qilib «O'zbekiston futboli» gazetasini yopishtirib qo'yishgan, sarlavhani o'qib “tamom” bo'ldim, “Mirjalol Qosimov “Mashal”da”! Qanday qilib, Qosimov “Mashal”da? O'zimga savol berardim. Hazm qilish qiyin bo'ldi. CHunki men va boshqa “Paxtakor” muxlislari uni jamoamiz safida kutayotgan edik. “Alaniya”ga ketishidan oldin Mirjalol aka “Paxtakor”da o'ynab ketgandi. U paytlar yoshmiz, internet yo'q, nimaga “Paxtakor”ga qaytmadi, nima uchun “Mashal”ga o'tdi? Yaqin-yaqinda bilganmiz. “Bunyodkor” loyihasi aslida 2004 yil “Mashal”da boshlangan edi. Qosimov aynan shu loyiha asosida Muborakka borgan. Undan tashqari, “Paxtakor” murabbiylar shtabi bilan ham munosabat “ja” zo'r bo'lmagan. Qosimov “Mazda 3” olibdi sovg'aga, bu mish-mish tezda tarqaldi. TTZdan ancha o'tganingizdan keyin Geofizika degan joyda “Mashal”ning bazasi bo'lardi. Mavsum oralig'ida Behzod Nazarov bilan o'sha erga bordik. Bizga Boburbek Tursunov “Futbol Ekspress”ga xabar tayyorlagani hamrohlik qildi. U paytlar “Futbol Ekspress” yoki “Inter Futbol”da maqola chiqarish juda qiyin bo'lgan. O'ta kuchli raqobatni engib o'tish kerak bo'lardi. Bu haqda 2006-2007 yillar voqealarida eslayman. Bazaga tashrif buyurib o'sha “Mazda”ni o'z ko'zim bilan ko'rdim. “Dahshat” mashina. Boshqa mashinalar orasida ajralib turardi. Qisqasi, “Mashal” Qosimovni ilib ketdi.


29 oktyabr kuni “Mashal”ni “Paxtakor” o'z maydonida engsa bo'ldi, chempionlikka bir qadam tashlaydi! Biz muxlislar, chempionlikni nishonlash uchun stadionga har doimgidan erta kelganmiz. “Mashal” esa OCHL yo'llanmasi uchun kurash olib boryapti. Asosiy raqib “Mashal”. SHu o'yinga hali ham shubham bor. U paytlar hech nimani tushunmaymiz. Uzoqdan Ilhom Suyunov gol urib qo'ydi, 72-daqiqada. 70-daqiqa umuman deyarli hujum qila olmagan “Mashal” 74-daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirdi, 77-daqiqada Jasur Hasanov “Mashal”ni oldinga olib chiqdi. Jahlimiz chiqqan, faxriy muxlislar bilan pastga tushdik. Samvel Babayan keyingi o'yinda albatta yutishga va jamoa chempion bo'lishiga vada berdi. CHunki “Paxtakor” yana 2ta o'yin yutqazsa, “Mashal” OCHLdan kattasiga ega chiqib qolishi mumkin edi.


O'zbekiston Kubogi finali oldidan madhiya o'chib qolsa bo'ladimi. Qarasam futbolchilarning qo'llari ko'ksida, gimn yoqiladigan emas. Bor ovozimda madhiya ayta boshladim. Ovozlar charxlangan, Jamshid degan do'stim qo'shildi. Keyin yana 2 nafar bola. Gimn aytishimizni pastdan turib ko'rib qolgan Asqar aka (Tolibjonov) qo'llari bilan davom etinglar ishorasini qildi. Qiziq paytlar edi...


Lekin O'zbekiston terma jamoasi uchun alamli yil bo'ldi. JCH-2006 saralash o'yinlarining ikkinchi bosqichida Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Quvayt bilan bir guruhdan joy oldik. Yaponiya, Eron, Bahrayn va KXDR ikkinchi guruhda edilar. O'sha yillari Saudiya Arabistoni gullagan davrlar. Koreya har doim kuchli. Barchasi 1 yil ichida hali bo'lishi kerak, shunday bo'ldi ham. O'z maydonimizda Saudiya Arabistoni bilan 1-turda durang o'ynaganimizdan keyin so'nggi turgacha g'alaba nima ekanligini bilmadik. Hatto Quvaytga safarda imkoniyatni boy berib kelganmiz.


17 avgust kuni “Paxtakor” Markaziy stadionida bor-yo'g'i 2 ochkoga ega O'zbekiston milliy terma jamoasi 4 ochkolik Quvaytni qabul qilishi kerak. Durang ham Quvayt foydasiga edi. Stadionda joy qolmagan. Perashkachi-yu, pistachilarning savdosi “5”! SHu o'rinda bir voqea esga tushdi. Eng zo'r narsa u paytlar “Paxtakor” Markaziy stadioni oldidagi qo'lbola xonimlar bo'lardi. Pomidor tomati oqib turardi. Eng arzon va to'yimlisi – xonim! Bir kuni “Millionlar o'yini” ko'rsatuvi muallifi Murod Rizaev, 1 aprel hazil kunida, ertaga “Paxtakor” o'ynaydi deb aytib yuborgan. Bu 2000 yillarning boshi adashmasam. Internet yo'q zamonlar. Xonim va pistachi xolalar qoplab pista, tog'oralab xonimlari bilan stadionga kelishgan. O'yin yo'q ))... SHunda Murod akani qidirib qolishgan. Bu voqeani eshitgan odam, hozir qotib kulsa kerak.



Qisqasi, o'yin boshlandi. Men doimgidek, Anvar Soliev muxlisiman. Tabiiyki, Geynrix ham bor ularning ichida. Nima uchundir SHackixni yoqtirmasdim. “Dinamo” Kiev o'ynasa gollar urardi, O'zbekistonda yo'q. 2004 yilgi Osiyo chempionatiga kasallikdan qo'rqib bormaganligini gazetada o'qigan edim.


O'yinning rasvosi chiqdi, 5 mingga yaqin muxlis 1-taymdan keyinoq ketib qoldi. Quvayt 2ta golni Safonov darvozasiga “tiqib” bo'lgandi. Kayfiyat yo'q, men ham JCHni ko'ramanmi o'zi bu dunyoda deb yoshi katta muxlislar baqirib qoladi. Quvayt gol ursa, ura deb baqirib, keyin otasidan, “o'tir ey, biznikilar o'tkazdi”, deb dakki eshitganlar ham bo'lgan. Tanaffusga bir amallab Serverni penaltidan urgan goli evaziga hisobni qisqartirib chiqib ketdik.


Ikkinchi bo'limda Geynrix o'rniga Anvarjon tushdi-ku... “Paxtakor” muxlisi bor, Asqar aka, yoshlari katta. Gazeta ko'tarib turib, TVlarga juda ko'p chiqardilar. Keyin bilsam, o'yindan oldin operatorlar bilan kelishib qo'yarkanlar. Men ham shu yo'lga o'tgandim. Anvarjon, Anvarjon deb baqirib qo'yardilar. Soliev tushgach o'yin o'zgardi-qo'ydi. Avvaliga Maks hisobni tenglashtirdi. Hisob tenglashgach, yutishimizni aniq sezdim. Birinchi bo'limdan keyin do'stlarim bilan, agar g'alaba qozonsak, uyga bitta shortikda, piyoda ketishimni aytgandim. Mayka va oyoq kiyimlarimni echib. Bir payt Mirjalol Qosimov burchak zarbasini amalga oshirdi, GOLLL!!! Anvar Soliev gol urgandi. Stadion “portladi” xuddi lava otilgandek bo'ldi. Bob Xougton qo'rqmay hujumkor o'yin namoyish qilgandi. Kim biladi, angliyalik mutaxassis ertaroq kelganida balki JCHga chiqqan bo'larmidik. SHahsan men undan keyin bunday hujumkor O'zbekiston terma jamoasini hali ko'rmadim.




Garov est, garov! Bitta shortikda qoldim, qolgan hamma narsa qo'limda. Kamiga yuz va badan O'zbekiston bayrog'i bilan bo'yalgan. “Paxtakor” stadionidan chiqib metroga yaqinlashganimni bilaman, OMONchilar “kiyimlaringni kiy, bo'lmasam gruzovoyga tiqaman”, dedi. 18 yosh, qarshingda maska kiygan OMON. Yo'q deysanmi, “Xop bo'ladi, akajon”. U paytlar Navoiy ko'chadagi magazinchilar “Paxtakor” yoki MTJ o'ynasa tungi smenaga qolardilar va duo qilib o'tirardilar, “Paxtakor” yutqazmasin deb. Yutqazgan kuni sinmagan oyna qolmasdi. Omonchilar ham to Xadragacha bo'lgan magazinlar oldida turar edilar, ehe...


“Bahraynni yutamiz, biz JCHga boramiz”... Rosa baqirdik. Lekin chuchvarani Toshimicu Yoshida degan “ablah” xom sanatdi. 1:0 yutdik, penaltidan yana gol urdik. Lekin rasvo qildi. FIFAning qoidasi qolib, o'zi yangi Amerika ochdi. Qayta tepilishi kerak bo'lgan penaltini bekor qildi. Qarg'ishga qoldi. Stadionda nima bo'lgani, keyinchalik ham tushuna olmadik. Pley-offgacha vaqt ozgina qolgan. O'FA o'yinni bekor qilishni so'radi. Hozir ham bu ishning tepasida aynan kim turgani birov ochiq aytmaydi. Ko'pchilik Nikimbaevni ayblaydi, u faqat yozib bergan, chunki ingliz tilini bilardi. Natijada Toshkentdagi o'yin natijasi bekor qilindi. Javob uchrashuvi bo'lishi kerak bo'lgan Bahrayndagi o'yingacha Toshkentda yana bitta uchrashuv tashkil qilish bo'yicha OFK qaror chiqardi. Bahrayn ikkinchi o'yinda ancha o'ziga kelib olgandi, hisobni ham ular ochishdi. Yana Quvayt scenariysi bo'ladimi desak, o'yin durang bilan tugadi. Safarda esa 0:0. Xayr, JCH!


Uyda bo'l, 2006 yilda ko'rishguncha!


2004 yil xotiralari.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика