So’nggi yangiliklar

18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:30Про лига. "Арал" – "Локомотив" 1:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  1 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  14 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  1 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  2 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  4 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  4 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0

Uyat! "Navbahor" rasmiylarining xunuk "qiliqlari"ni tomosha qiling Yangiliklar

Uyat! "Navbahor" rasmiylarining xunuk "qiliqlari"ni tomosha qiling

Namangan va Dohadagi o'yinlarni tomosha qildik. Futbolimiz uchun unutilmas kunlardan biri bo'ldi.

AGMKning g'alabasidan keyin kayfiyat zo'r edi. Afsuski, uzoqqa cho'zilmadi — Namangandan olingan "issiqqina" videolavhalar tufayli. Marhamat, siz ham tomosha qiling.


Keling, hakam va muxlislarning harakatlariga baho berishni keyinroqqa qoldirib, mezbon jamoa rasmiylariga to'xtalaylik. Bunaqa vaziyatlarda tinchlanib, muxlislarniyam xotirjamlikka chorlashi kerak bo'lgan personallar o'yin davomida nima bilan band edi? Javob shunday:

Kimdir maydondan "haromdan bo'lgan" kishini qidirdi, kimdir CHeranning onasiga sevgisini izhor qilgan bo'lsa, allakim uning "(beg'ar)azligi"ni yuziga soldi... Videoda jazavaga tushgan bazilarning futbolchilarga tashlangani, kiyinish xonasiga qadar taqib qilgani ham ko'ringan.

Bu harakatlarni hech qanaqasiga oqlash mumkin emas. Biz ko'rgan lavhalarni futbolimiz mutasaddilari ham ko'rganini inobatga olsak, tez orada ularga nisbatan jiddiy chora ko'rilishini taxmin qilish qiyin emas. Zero, O'zPFL rasmiylari allaqachon vaziyatga reakciya bildirishga ulgurdi:)

Reglament nima deydi?

Musobaqalarni o'tkazish reglamentining 18-bobi "Futbol klublari, klublar rahbarlari va futbolchilarning majburiyati", deb nomlangan va undan quyidagi qoidalar o'rin olgan:

18.1. Futbol klublari o'zlarining ushbu Reglamentda belgilangan

majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun

javobgar hisoblanadi.

18.2. Futbol klublari, klublar rahbarlari, rasmiy shaxslari,

futbolchilar va klublarning musobaqalarda ishtirok etuvchi boshqa

xodimlari (keyingi o'rinlarda — klub rasmiy shaxslari) yuqori darajadagi

intizom, tartiblilik, uyushqoqlik, o'zaro va tomoshabinlarga nisbatan

hurmatni namoyish etib, ushbu Reglamentning barcha talablariga rioya

qilishlari shart.

18.3. Klub o'z jamoasi azolarining xulq-atvori uchun bevosita

masuldir. Ular uchrashuv komissari, inspektori va hakamlarining (keyingi

o'rinlarda — uchrashuv rasmiy shaxslari) harakatlariga aralashishi

taqiqlanadi.

18.4. Futbol klublari o'zlarining tomoshabinlari (jamoa

muxlislari), shuningdek, klub nomidan biror-bir uchrashuvda muayyan

vazifani bajarayotgan har qanday shaxs xulqi uchun ham javobgardir...

Muallif :
Reyting: -115   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика