So’nggi yangiliklar

12:56"Қўқон-1912" "Пахтакор" футболчиси учун курашга қўшилди  1 12:32​"Ал Насср" Қаршига келади  6 12:08Эшитдик-да! Эрон клуби Рустам Ашурматовни сотиб олди  2 11:39Куртуа КЖЧ танқидчиларига жавоб қайтарди  3 11:16Ака-ука қарама-қаршилиги бўлмайди. Жоб Беллингем "Реал"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 10:50А Сериянинг энг яхши тўпурари Саудияга кўчиб ўтиши мумкин  1 10:23Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  1 10:16Сергей Чигодаев: "Турнирда кучли жамоалар иштирок этмоқда"  1 09:40“Хоразм“ “Пахтакор“ футболчисига қизиқмоқда  3 09:05“Ал Ҳилол“ “Манчестер Сити“ни мағлуб этгани учун футболчиларга қанча мукофот пули бергани маълум  5 08:33“Насаф“ Мозговойнинг ўрнига “Динамо“ етакчисини олиб келмоқчи  2 08:00Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади  1 07:28Шомуродовнинг янги жамоаси деярли маълум. Музокаралар якуний босқичда  59 02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  4 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  2

Usmonali Ismonaliev “Lokomotiv” bilan o'yin, Superligada qolish imkoniyati borasida nimalar dedi? Yangiliklar

Usmonali Ismonaliev “Lokomotiv” bilan o'yin, Superligada qolish imkoniyati borasida nimalar dedi?

Superliganining 22-turida “Andijon” klubi Toshkentda “Lokomotiv” mehmoni bo'ldi.

Viktor Kumikov shogirdlari so'nggi daqiqalarda gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Uchrashuv yakunlangach, mehmonlar etakchi futbolchisi Usmonali Ismonaliev bilan suhbatlashdik.

- “Lokomotiv”ga qarshi o'yindan olgan taassurotlaringiz qanday?
- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Biz so'nggi daqiqalarga qadar kurashdik. Bu o'yinda ochko ishlab olishimiz muhim edi. “Lokomotiv” o'z maydonida to'p tepayotggani sababli ochko olish ham foydali hisoblanardi. Lekin biz maydonda g'alaba uchun chiqdik. Yaratilgan imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Ochko olishimiz va uyga muvaffaqiyat bilan qaytishga bo'lgan ishtiyoq yuqori edi. Yigitlarga ham minnatdorchilik bildiramiz. Ular tirishqoqlik bilan oxirgi soniyalarga qadar kurashdik va taslim bo'lmadik. Umuman olganda, qayd etilgan natijadan xursandmiz.

- Nima deb o'ylaysiz, “Andijon” bugun mavsumdagi eng yaxshi o'yinini o'tkazdimi?
- Yo'q. Men bunday deb o'ylamayman. CHunki “Lokomotiv”ga qarshi bahsning birinchi bo'limida o'zimiz istagan darajada harakat qilmadik. Tanaffusdan so'ng o'z darajamizda o'ynadik. O'ylashimcha, mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimiz oldinda deb o'ylayman.

- “Andijon”ning Superligada qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Ishonamanki, biz Superligada qolish vazifasini uddalaymiz. Rahbariyat bizni qo'llab-quvvatlamoqda. Qolgan o'yinlarimizda ijobiy natija ko'rsatib, kerakli miqdordagi ochkolarni qo'lga kiritamiz degan umiddaman. Keyingi turdagi raqiblarimiz kim bo'lishidan qatiy nazar, g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Muxlislarimizni xursand qilish istagidamiz.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика