JCH-2026. Koreya Respublikasi kambek evaziga Chexiyadan ustun keldi!

Administrator
12 iyun 2026, 09:05
Jahon chempionati A guruhining birinchi turidan o'rin olgan Koreya Respublikasi – Chexiya uchrashuvi osiyoliklar g'alaba qozonishdi.

Koreya Respublikasi – Chexiya 2:1

Gol: Ladislav Kreychi 59, Xvan In Bom 67, O Xyon Gyu 80.

Ogohlantirishlar: Li Gyu Xyuk 90+6

Koreya Respublikasi: Kim Syon Kyu, Li Xan Bom, Kim Min Je, Li Te Sok (Eom Ji Sung 69), Sol Yun Vu, Li Ki Xyuk, Xvan In Bom (Kim Jin Gyu 84), Pek Syn Xo (Park Jin Seob 84), Li Je Sun (Xvang Xi Chang 62), Li Kan In, Son Xyon Min (O Xyong Gyu 69).

Chexiya: Matey Kovarj, Yaroslav Zeleny, Ladislav Kreychi, Shtepan Xaloupek, Vladimir Soufal, Robin Granach, Aleksandr Soyka (Mojmir Chitil 84), Tomash Souchek, Lukash Provod (Michel Sadilek 64), Pavel Shulc (Adam Xlozek 64), Patrik Shik (Tomas Chori 64).

90+6 Uchrashuv yakunlandi. Janubiy Koreyada g'alaba!

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Bugungi uchrashuvni Gvadalaxara stadionidan 44985 nafar tomoshabin kuzatdi. Stadionning to'liq sig'imi – 48000

85. Aleksandr Soyka o'yinni yakunladi, uning o'rniga Moymir Xitil maydonga tushdi. Shuningdek, Myong-Bo Xong ikkita almashinuv qildi: Park Jin-Seob Sing-Xo Payk o'rniga, hamda Kim Jin-Gyu Xvang In Bom o'rniga o'yinga kirdi.

82. Adam Glojek (Chexiya) olti metrlik hudud ichida juda yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, pastki chap burchakka zarba berdi, ammo Kim Syon Kyu ajoyib seyv bilan to'pni qaytarib, golga yo'l qo'ymadi.

80. GOOOOOOOOOOL! Janubiy Koreyadan kambek. Xvang In Bom jarima maydoniga uzatma berdi, O Xyon Gyuga esa to'pni darvozaga joylab qo'ydi! 2:1

77. GOOOOOOOOL! Souchek jarima zarbasidan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llab qo'ydi. Yo'q, bu holatda ofsayd bor ekan...

69. Myong-Bo Xong ikkita almashinuv qiladi: Son Xyon Min o'rniga Xyon-Gyu Oh, hamda Te-Sok Li o'rniga Ji-Song Eom maydonga tushadi.

67. GOOOOOOOOL! Koreya Respublikasi hisobni tenglashtirmoqda! Xvan In Bom Li Kan Indan uzatmani qabul qilib, jarima maydoni ichida darvozadan va himoyachini aldadi va yuqoriroqdan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Ajoyib gol.

64. Miroslav Koubek uchta almashinuv qiladi: Pavel Shulc o'rniga Adam Glojek, Patrik Shik o'rniga Tomash Xori, hamda Lukash Provod o'rniga Mixal Sadilek maydonga tushadi.

62. Hakam o'yinni to'xtatdi, chunki o'zgarish amalga oshiriladi: Li Je Sun maydonni tark etadi, uning o'rniga Xe Chan Xvang (Janubiy Koreya) o'yinga tushadi.

60. Janubiy Koreya o'z imkoniyatlaridan foydalanmagani uchun jazolanmoqda.

59. GOOOOOOL! Chexiya hisobni ochmoqda. Soufalning autdan jarima maydoniga otgan to'pini Ladislav Kreychi darvozaga mixlab qo'ydi!

56. Son! Qanaqasiga? Janubiy Koreyada ajoyib hujum. Son Xyom Min darvozabon qarshisida bir o'zi edi, ammo uning bergan zarbasi to'g'ri darvozabonning ko'kraklariga tegib maydonni tark etdi. Juda juda zo'r imkoniyat edi.

50. Janubiy Koreyadan ajoyib hujum. Xvan In Byomning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pni Li Je Sun yana darvozaga kiritishga urindi, ammo Matey Kovarj bunisiga ham "yo'q" dedi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+3. Birinchi bo'lim golsiz yakunlandi.

45+2. Janubiy Koreyadan ajoyib hujum. Son ikki futbolchini chalg'itdi va zarba poziciyasiga chiqdi, ammo u kutilmaganda qanotdagi jamoadoshiga pas berdi, to'p unga qaytarilganidan keyin berilgan zarba umuman o'xshamadi.

45. Hakam ilk bo'limga uch daqiqa vaqt qo'shib berdi.

42. Taym oxirida Chexiya jonlandi. Koreya Respublikasi jarima maydoni ichida himoyalanmoqda.

39. Son Xyon Min maydon markazidan yurish qildi va ikki himoyachidan o'tib, zarba yo'lladi. Yana noaniq. Son ikkinchi imkoniyatdan foydalana olmayapti

38. Zarbaa! Son Xyon Minning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Koreyaliklar anchadan beri hujum qilishmayotgan edi

33. O'yin biroz tenglashdi. Chexiya ham jonlanib qoldi.

26. Chexiya termasi a'zosi Pavel Shulc oddiy holatda o'z libosini yirtib oldi. Puma brendi uchun antireklama, bazi libos ishlab chiqaruvchi brendlar buni ko'rib, “xursand” bo'lishgan bo'lsa ne ajab.

19. To'pni nazorat qilish bo'yicha koreyslar yaqqol ustun – 64% ga 26%

15. Chexiya tomonidan uyushtirilgan qarshi hujum sal qolsa gol bilan tugar edi. Patrik Shik uzatmadan keyin yaqindan zarba berdi, lekin himoyachi to'pni to'sib qoldi. To'p maydon tashqarisiga chiqdi va burchak zarbasi berildi. Chexiya yana hujum qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

14. ZARBAA! Li Kan In uzoq masofadan ajoyib zarba yo'lladi, ammo to'pni darvozabon Kovar qaytarib qoldi. Burchak to'pi.

12. Janubiy Koreyadan ajoyib hujum. Li Kan In to'pni havolatib, jarima maydonchasi ichiga uzatdi. To'p hujumchidan Son Xyon Minga uzatildi, Sonning zarbasini esa himoyachi to'sib qoldi. Koreyslar golga yaqinlashmoqda.

10. Hozircha to'liq ustunlik Janubiy Koreyada. Chexiya himoyalanmoqda.

6. Koreyslar qanotga uzatilgan dioganaldan so'ng yaxshi hujum tashkil qilishdi, ammo yakuniy uzatmaga biroz aniqlik yetishmadi.

4. Ikki jamoa ham uchrashuvning dastlabki daqiqalarini Jahon chempionati “havo”sini o'rganishga sarflashmoqda.

1. Uchrashuv start oldi!

Gvadalaxara stadioni:

Jamoalar tarkibi quyidagi ko'rinishda:

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Championat.asia