Statistika: O'zbekiston to'p nazorati, pas va zarbalar bo'yicha Koreyadan ustunlik qildi

Administrator
6 okt 2026, 23:15
6 oktyabr kuni Yongin shahridagi "Yongin Mireu Stadium" o'yingohida Janubiy Koreya hamda O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bahsda maydon egalari 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Tablodagi natijaga qaramay, statistik ko'rsatkichlarda O'zbekiston terma jamoasining ustunligi qayd etildi. Xususan, o'zbekistonlik futbolchilar raqib darvozasi tomon jami 12 marta zarba yo'lladi, koreyaliklarda esa bu ko'rsatkich 10 tani tashkil qildi. Uzatmalar borasida ham mehmonlar faollik ko'rsatib, jami 503 ta pasning 410 tasini (82 foiz) aniq amalga oshirdi. O'z navbatida, Janubiy Koreya vakillari 448 ta uzatmadan 354 tasini (79 foiz) manzilga aniq etkazib berdi.

Shuningdek, O'zbekiston terma jamoasi hujumkorlikda faolroq bo'ldi: mehmonlar koreyaliklarning jarima maydonida 17 marta to'pga tegingan bo'lsa, mezbonlarda bu raqam 13 taga teng bo'ldi. Burchak to'plarini amalga oshirishda ham ustunlik O'zbekistonda – 5 taga qarshi 2 ta ko'rinishida kuzatildi. Darvozaga yo'llangan aniq zarbalar (6:4) hamda yaratilgan xavfli vaziyatlar (2:1) bo'yicha esa Janubiy Koreya ustunlik qildi. Bundan tashqari, har ikki jamoa bittadan foydalanilmagan xavfli vaziyatni qayd etdi. Uchrashuv davomida faqatgina O'zbekiston vakillari bitta sariq kartochka ishlab oldi.

fotmob_statistika_uzbekcha.png

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Championat.asia