So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Usmon Asqaraliev - "Xotira-79" bosh murabbiyi! Yangiliklar

Usmon Asqaraliev - "Xotira-79" bosh murabbiyi!

O'z vaqtida "Navbahor" jamoasini boshqargan tajribali mutaxassis Usmon Asqaraliev yana katta futbolga qaytdi.
Usmon Ahmedovich "Navbahor" jamoasini tark etgach (2013 y) faoliyatini birinchi ligada davom ettirgan edi. "Xotira-79" jamoasini malum vaqt boshqargan Asqaraliev oxirgi paytda hech qaysi jamoada ishlamadi.

Kuni kecha esa Usmon Ahmedovich yana Uychi jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Ikkinchi davra o'yinlariga jamoani Asqaraliev tayyorlamoqda. Mavsum avvalida esa hozirda "Navbahor"ning selekcioner murabbiyi sifatida ishlayotgan Rustam Do'rmonov "Xotira-79" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Ravshan Bozorov "lochinlar" ustozi bo'lgach, Do'rmonovni ham jamoaga jalb qildi.

O'tgan asrning 70-80 yillarida “Navbahor” sharafini himoya qilib, chiroyli o'yinlar ko'rsatgan Usmon Asqaraliev Namangan xalqining cheksiz hurmatiga sazovor bo'lgan. Asqaraliev sobiq Ittifoq chempionatining ikkinchi ligasida o'ynab, “SSSR sport ustasi” degan nomga sazovor bo'lgan. Ana shu vaqtlarda sobiq Ittifoqning nomdor va badavlat jamoalari Usmon Asqaralievni o'z saflariga chaqirishgan, biroq namanganlik ushbu futbolchi faqat “Navbahor”da o'ynashni maqul topgan. Namangan ahli uning bu fidoyiligini esdan chiqarmadi. 2000 yili o'tkazilgan xalq so'rovida Usmon Asqaraliev viloyatning XX-asrdagi eng kuchli sportchisi deb tan olingandi.

Eslatib o'tamiz, Namangan viloyati sharafini O'zbekiston Birinchiligida himoya qilayotgan uchchala jamoamizda ham bosh murabbiylar o'zgardi. Xususan, Vali Keldiev "Norin"ga, Olim Tursunxo'jaev "Kosonsoy"ga va mana endi Usmon Asqaraliev "Xotira-79"ga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика