So’nggi yangiliklar

22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  0 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  6 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   76 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  1 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  69 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  1 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  0 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:45Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Аҳли" йирик ғалабага эришиб, финалга чиқди  3 19:39Пролига 13-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 19:25"Сўғдиёна" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  7 18:42Opta А Серияда қайси жамоада чемпион бўлиш эҳтимоли катта эканлигини маълум қилди  1 17:50Эшитдик-да! Португалия терма жамоаси собиқ устози Ўзбекистон МТЖда иш бошлаши мумкин   72 17:32Эшитдик-да! CAFA мусобақаси қайси стадионларда ўтказилиши маълум  22 16:47"Арсенал" кутилмаганда Хавертц ўрнига футболчи излашни бошлади  1

"Ushbu klubda katta loyiha boshlangan" - "Surxon"ning tojikistonlik legioneri Zoir Jo'raboev Yangiliklar

"Ushbu klubda katta loyiha boshlangan" - "Surxon"ning tojikistonlik legioneri Zoir Jo'raboev

Xabaringiz bor, Tojikiston terma jamoasi azosi Zoir Juraboev "Surxon" bilan shartnoma imzoladi.

 Yaqinda futbolchi bilan bog'lanib termizliklar safiga qo'shilishi va boshqa savollarga javob oldik.

- SHartnoma imzolagandan keyingi hissiyotlaringiz?

 - Hissiyotlarim alo. "Surxon" bilan shartnoma imzolab O'zbekiston Superligasida o'ynayotganimdan xursandman. O'ylaymanki, bu mavsum judayam qiziq bo'ladi. CHunki ko'p jamoalar tarkibini kuchaytirdi. 

- "Surxon" varianti qanday paydo bo'ldi?

 - Yanvar oyi o'rtalarida "Surxon" jamoasi prezidenti menga aloqaga chiqib qiziqayotganini, klubda yangi loyiha boshlanganini aytgandan so'ng rozi bo'ldim. Bir oydan ko'proq vaqtdan beri jamoa bilan birgaman. Ammo hujjatlar bilan muammo bo'lgani tufayli shartnoma tuza olmayotgan edik. Lekin chempionat startiga yaqin shartnoma tuzdik. 

- "Surxon"ga o'tishingizni asosiy sabab nima bo'ldi? CHunki "Istiqlol" jamoasi CHempionlar Ligasida o'ynaydi, "Surxon" esa Superliganing o'rtamiyona jamoalaridan?

 - "Surxon" jamoasi mutasaddilari yaqin yillar ichida raqobatbardosh jamoa tuzishmoqchi. Buning uchun ular Termiz shahrida infratuzilmani yaxshilashni boshlashgan. Tarkib va murabbiylar shtabini legionerlar bilan kuchaytirishdi. Albatta jamoada qisqa vaqt ichida katta natijalarni kutish noo'rin, ammo biz xar bir o'yinda yutishga harakat qilamiz. 

- Ispaniyalik murabbiylarning mashg'ulot jarayoni qanday ekan?

 - Judayam boshqacha yondashuv. Ular bizni har bir mashg'ulotda fikrimizni bir joyga jamlab 100 foiz harakat qilishimizni talab qilishmoqda.

 - Siz boshqa jamoalardan takliflar oldingizmi? Agar sir bo'lmasa qaysi jamoalardan?

- Boshqa chempionatlardan takliflar oldim. Ammo men O'zbekiston chempionatini afzal ko'rdim. Boisi bu erda mening 3 ta sobiq jamoadoshlarim va terma jamoadagi do'stlarim o'ynashmoqda. 

- Oxirgi savolim Tojikiston terma jamoasi haqida. Yaqinda Osiyo Kubogiga saralash bosqichiga qura tashlandi va Tojikiston terma jamoasi "F" guruhida Qirg'iziston, Myanma va Singapur bilan kuch sinashadi. Nim deb o'ylaysiz terma jamoangiz bu turnirga chiqa oladimi?

 - Albatta biz Osiyo Kubogining final bosqichiga chiqishimizga ishonamiz va buning uchun bor kuchimizni safarbar qilamiz. O'ylaymanki, hudo xohlasa biz buni uddalaymiz.

Uchqunbek suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика