Upamekano jarohati sabab oy oxiriga qadar safdan chiqdi
12 okt 2023 12:53
Yangiliklar
Upamekano jarohati sabab oy oxiriga qadar safdan chiqdi
O'yinchi jarohatlanganlar ro'yxatiga qo'shildi.
"Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano jarohati tufayli shu oyning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda myunxenliklar klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Himoyachi Bundesliganing 7-turida "Frayburg"ga qarshi o'yinda (3:0) tizzasidan jarohat oldi.
Franciyalik futbolchi bir necha hafta maydonga tushmaydi. Dastlabki taxminlarga ko'ra, noyabr oyining birinchi haftasigacha tiklana olmaydi.
Upamekano joriy mavsum "Bavariya" safida 10 ta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar