Upamekano jarohati sabab oy oxiriga qadar safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2023, 12:53
O'yinchi jarohatlanganlar ro'yxatiga qo'shildi.

"Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano jarohati tufayli shu oyning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda myunxenliklar klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Himoyachi Bundesliganing 7-turida "Frayburg"ga qarshi o'yinda (3:0) tizzasidan jarohat oldi.

Fransiyalik futbolchi bir necha hafta maydonga tushmaydi. Dastlabki taxminlarga ko'ra, noyabr oyining birinchi haftasigacha tiklana olmaydi.

Upamekano joriy mavsum "Bavariya" safida 10 ta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com