

"Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano jarohati tufayli shu oyning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda myunxenliklar klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Himoyachi Bundesliganing 7-turida "Frayburg"ga qarshi o'yinda (3:0) tizzasidan jarohat oldi.
Fransiyalik futbolchi bir necha hafta maydonga tushmaydi. Dastlabki taxminlarga ko'ra, noyabr oyining birinchi haftasigacha tiklana olmaydi.
Upamekano joriy mavsum "Bavariya" safida 10 ta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi.



