So’nggi yangiliklar

17:00"Милан" Жирудан кейин яна бир футболчисини текинга қўлдан чиқариши мумкин  0 16:39"Бавария" Зидан Мюнхенда муваффақиятга эриша олишига шубҳа қилмоқда  2 16:15Люка Эрнандес Евро-2024ни ўтказиб юборади  3 15:51Юрген Клопп Муҳаммад Салаҳ билан тортишиб қолгани ҳақида: "Биз гаплашиб олдик, барчаси ҳал"  3 15:32Куртуа мавсумнинг муҳим учрашувларида "Реал"га ёрдам бериши мумкин  1 15:05Тимур Кападзеда иккинчи финал. Бу Ўзбекистон терма жамоаларининг нечинчи финали?  23 14:46"Манчестер Юнайтед" тен Хагни ишдан бўшатишни режалаштирмаяпти  7 14:24"Ньюкасл" ҳимоячиси учун мавсум якунланди  1 14:00УЕФА сайтидаги муаммолар туфайли мухлислар Евро-2024га чипта сотиб ололмаяпти  3 13:28"Барселона"га Марко Верраттини сотиб олишни таклиф қилишди  2 13:00ЕЧЛ. Ҳафтанинг энг яхши футболчиси бўлишга даъвогарлар маълум  4 12:26"Эвертон" молиявий муаммолари туфайли Пикфордни сотишга мажбур  0 11:56"Реал"нинг яна бир футболчиси Мессининг жамоадошига айланиши мумкин  8 11:29Расман: "Ливерпуль" келаси мавсум ЕЧЛда ўйнайди  5 10:40ЦСКА устози Федотов Аббос Файзуллаевнинг жамоага қайтгани ҳақида нима деди?  9

Unutilmas futbolchilar: Nikolay SHirshov Yangiliklar

Unutilmas futbolchilar: Nikolay SHirshov

Malumki O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida bir qator futbolchilar to'p tepishgan. Muxlislar ularning bazilarini shirin xotiralar ila esga olishadi.

Biz ana shunday futbolchilardan biri, milliy terma jamoa tarkibida 63 bor maydonga tushgan Nikolay SHirshovning faoliyatiga nazar solamiz.

Nikolay SHirshov... Bu nomni eshitganda ko'pchilikning hayolidan termamiz tarkibida uzoq vaqt davomida 22-raqam ostida harakatlangan futbolchi kelishi shubhasiz. 1974 yil Toshkent shahrida tavvalud topgan futbolchining dastlabki faoliyati sobiq ittifoqning ikkinchi ligasi vakili hisoblangan Toshkent viloyatining ''Sverdlovec'' jamoasi bo'ldi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng, 1992 yildan boshlab, O'zbekiston o'z oliy ligasiga ega bo'di va Nikolayning oliy ligadagi dastlabki jamoasi Toshkentning ''Traktor'' jamoasi bo'ldi. Bu erdagi ishonchli o'yin esa uni ''xalq jamoasi'' bo'lgan ''Paxtakor'' tomon etakladi. SHu tariqa qahramonimiz 18 yoshidayoq  mamlakatimizning grand jamoasi libosini kiyishga muvafaq bo'ldi.


Aytish joizki, chap qanot himoyachisi bu erda yo'qolib qolmadi. Uning o'z qanotida nafaqat himoyaga, balki xujumga ham yordam berishi, muxlis va mutahasislarning olqishiga sazovor bo'ldi.  U o'z harakatlari orqali tez orada milliy terma jamoa libosini kiyishga erishdi. Marhum murabiy Bahodir Ibrohimov uni 1996 yilgi Osiyo kubogiga olib bordi. BAA maydonlarida bo'lib o'tgan musobaqa, O'zbekiston uchun dastlabkisi edi. SHirshov jamoadoshlari dastavval Xitoyni mag'lub etganiga qaramay, keyinchalik Yaponiya va Suriyadan mag'lubiyatni qabul qilib oldi va kutilmaganda guruh bosqichidanoq musobaqa bilan xayrlashdi. Aytish joizki, Kolya milliy terma libosini kiyganda har doim jon-jahdi bilan to'p surar edi. Uning  fidokorona harakatlari sabab, muxlislarning unga bo'lgan mehri bo'lakcha edi. Afsuski, turli sabablarga ko'ra, milliy terma jamoa o'zi qatnashgan musobaqalarda muxlislar kutgan natijalarni qo'lga kirita olmadi. Franciyada bo'lib o'tgan JCH-1998 saralash bahslarida O'zbekiston milliy termasi yakuniy bosqichda Janubiy Korea, Yaponiya va BAAdan ortda qolib, mundial yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi. 1998 yil esa, SHirshov uchun ikki xil natija bilan tugadi. ''Paxtakor'' jamoasi Braziliyalik murabiy Ubiraja Vega Da Silva qo'l ostida mamlakat birinchiligi chempioniga aylandi. Biroq aynan shu murabiy bilan 1998 yilgi Osiyo o'yinlarida amaldagi chempion sifatida qatnashgan O'zbekiston termasi chorak finalda Ali Dai etakchiligidagi Eron termasidan 0:4 hisobida engilib, uyiga erta ravona bo'ldi.
 
''Xalq jamoasi'' tarkibida umumiy hisobda, 159 bor maydonga tushib, raqiblar darvozasini 16 bor ishg'ol qilgan futbolchi uchun 2000 yilgi mavsum faoliyatida tub burilish yili bo'ldi. U aynan shu yili jamoadosh do'sti hisoblangan Andrey Akopyanc bilan birgalikda, Rossiyaning ''Rostelmash'' (hozirgi ''Rostov'') jamoasiga yo'l oldi. Qayd etish joizki, “Rostov” jamosi tarkibida har ikkala o'zbekistonlik futbolchi o'z o'rnini topa bildi. SHirshov  Rossiya klubida ajoyib o'yinlar ko'rsatishdan tashaqari, milliy terma jamoa taklifiga ham har doim “labbay”, deya javob berib yurdi. SHirshov kichik jarohatiga qaramay O'zbekiston futboli tarixidagi eng sharmandali natija hisoblangan 2000 yilgi Osiyo kubogida ham, musobaqaga borgan edi. Ushbu musobaqada, Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi termaning qanday natija ko'rsatganini aytib o'tish shart bo'lmasa kerak.


SHirshov xitoyliklar darvozasini uzoq masofadan ishg'ol qildi va bu quvonchini muxlislar bilan baham ko'rdi.


Aynan shu natijadan keyin, O'zbekiston futbol Federaciyasi jiddiy islohatlarni amalga oshirgan va milliy terma oldiga JCH-2002ga chiqish vazifasini qo'ygan edi. Bu yo'lda esa terma postiga sobiq ittifoqning taniqli murabiylaridan biri hisoblangan Vladimir Salkov tayinlangan, tarkibni kuchaytirish maqsadida Rossiya va bolgariyalik bir necha futbolchi ''mahalliylashtirilgan'' edi. Ayniqsa saralashning hal qiluvchi raundida nisbatan oson guruh tushishi, bizni maqsadga etishishimizga ishonchni oshirgandi. Nikolay SHirshov uchun bu saralash g'oyat o'zgacha o'tgan edi. Futbolchi bu o'yinlarda o'zining bor mahoratini ishga soldi. Afsuski, termamiz bu qulay imkoniyatdan ham foydalana olmadi. Ketma-ket boy berilgan o'yinlar bizni yana bir bor mundialdan ayirgan edi. SHirshov bu borada tanqid eshitmagan kam sonli futbolchilardan biri bo'lgan edi. Ayniqsa, Xitoyga qarshi saralashdagi so'nggi o'yin muxlislarning hali ham yodida bo'lsa, ajab emas. Gap shundaki, so'nggi o'yinda ham bizda hech bo'lmaganda pley-offga chiqish uchun nazariy  imkoniyat bor edi. Buning uchun termamiz bu bahsda g'alaba qozonishi, guruhdagi boshqa raqiblarimiz hisoblangan, BAA - Ummon bahsida esa mehmonlarning qo'li baland kelishi kerak edi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalari o'tib borayotganda, SHirshov xitoyliklar darvozasini uzoq masofadan ishg'ol qildi va bu quvonchini muxlislar bilan baham ko'rdi. Bu xursandchilikning sababi esa satadionda BAA - Ummon bahsida, mehmonlarning qo'li baland kelgani haqida noto'g'ri malumot ketgani sabab bo'lgan edi. Keyinchalik esa, g'alaba qozonganimizga qaramay pley-offga ilina olmaganimiz oydinlashdi.


Terma jamoa bosh murabiylari SHirshovga doimo ishonishar edi. Faqatgina germaniyalik Yurgen Gede bundan mustasno, deyishimiz mumkin. Nemis mutaxassisi terma jamoaga kelganidan so'ng, SHirshov termaning bir necha uchrashuvini zahira o'rindig'ida kuzatadi. 2004 yilgi Osiyo Kubogi va JCH-2006ning dastlabki bahslari bunga misol bo'la oladi. Nikolayning termadagi so'nggi o'yini 2005 yili Quvaytga qarshi Toshkentdagi uchrashuviga to'g'ri keladi. Ushbu irodali g'alabaga o'zining munosib xissasini qo'shgan futbolchi bu o'yinda jarohat olib, Bahraynga qarshi pley-offdagi olamshumul o'yinlarni o'tkazib yuborgan edi.

Bu vaqtda uning klubdagi faoliyatida ham ''qora kunlar'' kelgan edi. ''Rostov'' bosh murabiyi Valeriy Petrakov o'zining ''qora ro'yxati''ga hamyurtlarimiz SHirshov va Akopyancni kiritdi va shu tariqa ikki futbolchi jamoani tark etdi. Nikolay Rostovda qolishga qaror qiladi va ikkinchi ligada qatnashuvchi ''SKA-Rostov'' jamoasida faoliyatini davom etirradi. Milliy terma jamoadan esa boshqa taklif bo'lmaydi. SHunday futbolchiga O'zbekiston jamoalaridan taklif bo'lmagani esa, biroz ajablanarli hol.

SHirshovning keyingi jamoalari Rossiya quyi divizionlarida qatnashuvchi ''Bataysk-2007'',''Taganrog'', MITOS klublari bo'ldi. Nikolay SHirshov hozirgi kunda Rossiyaga butunlay ko'chib o'tgan va 2013 yildan boshlab,Taganrog shahri qush fabrikasining havaskorlar jamoasida futbol o'ynash bilan birga, kichik yoshdagi bolalarga futbol sir-asrorlarini o'rgatib kelmoqda.


Nikolay Vladimirovich SHirshov
Tug'ilgan sanasi: 22 iyun 1974 yil
Tug'ilgan joyi: Toshkent, O'zbekiston
Ampluasi: chap qanot himoyachisi

Yutuqlari
O'zbekiston chempioni - 1992, 1998
O'zbekiston kubogi sohibi- 1993, 1997
2001 yil O'zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi so'rovnomasida ikkinchi o'rin



Maqsud Yahyoev tayyorladi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика