"Unai Emerining nomi bilan yuritib qo'yaveringlar turnirni" - Evropa ligasi finali haqida "Tvitter nima deydi?"
27 may 2021 13:16
Yangiliklar
"Unai Emerining nomi bilan yuritib qo'yaveringlar turnirni" - Evropa ligasi finali haqida "Tvitter nima deydi?"
Finalda «Vilyarreal» jamoasi «Manchester Yunayted» klubini penaltilar seriyasida 11:10 hisobida mag'lub etib, musobaqa chempioni bo'ldi. Mazkur o'yin haqida Tvitterda turli fikr-mulohazalar bildirildi. Biz ulardan eng saralarini yig'ib chiqdik.
David de Xea haqida statistik tvit:
O'n yilda mani esimda uchtagina penalti to'sgan vratarni seriyaga qoldiradimi?
— Herolion (@Aslanov_K) May 26, 2021
Malumot uchun "Vilyarreal" bosh murabbiyi bundan avval "Sevilya" bilan uch bor Evropa ligasida g'alaba qozongan edi:
Unai Emerining nomi bilan yuritib qo'yaveringlar turnirni.
— Xayrulla Hamidov (@X_Hamidov) May 26, 2021
Penaltilar seriyasidan keyin:
De Xeani almashtirish kerak edi
— Xushnud Xudoyberdiyev (@xushnudbeck) May 26, 2021
Tvitterda Antoni Marsyalning gol urgani yoki urmaganini eslatib turadigan profil kechagi o'yindan so'ng:
Net, segodnya Antoni Marsyal ne zabil! I MYU proigral LE. Vilyarreal s pobedoy
— Zabil li Antoni Marsyal? (@MartialLegends) May 26, 2021
Sizningcha, Joze Mourino kechagi finalni yuta olarmidi:
Maur yutardi finalni
— Xayrulla Hamidov (@X_Hamidov) May 26, 2021
Saytimiz xodimi, MYU muxlisi Tolibjon Qosimov:
— Tolibjon Qosimov (@QosimovTolibjon) May 26, 2021
Sayt xodimlarining guruhidan lavha:
:-) pic.twitter.com/WX6DyOhj7g
— nemec (@begamovshakhboz) May 26, 2021
Sulsher haqida:
Sulsherni mag'lubiyati. Komandada hech bo'lmasa, 15-16 ta o'ynab turadigan o'yinchi bo'lishi kerak, 11 tamas.
— Herolion (@Aslanov_K) May 26, 2021
Izohsiz:
«Vilyarreal» o'tgan mavsum yakuniga ko'ra, La Ligada 7-o'rinni egalladi. SHunday ekan, CHempionlar Ligasida yangi mavsumda Ispaniyadan besh jamoa bo'ladi — «Atletiko», «Real», «Barselona», «Sevilya» va «Vilyarreal.
Ispaniyadan beshta jamoa ECHLda
— Xayrulla Hamidov (@X_Hamidov) May 26, 2021
Yana bir MYU muxlisidan o'ziga xos statistika:
O'tgan yili APL dayam, ELdayam 3-o'rinni oluvdik.
— Herolion (@Aslanov_K) May 26, 2021
Bu yil APL dayam , EL dayam 2-o'rinni oldik.
Kelasi yili APL chempioni kim bo'larkin?
No comment:
De Xea bilan penaltilar seriyasiga chiqish bu - urushga qurolsiz borish.
— Tolibjon Qosimov (@QosimovTolibjon) May 26, 2021
Bugun tongda:
MYU dan boshqa xammaga xayrli tong!
— Navruzbek (@navik_21) May 27, 2021
Fikrlar