"Manchester Siti"ga yangi sardor tayinlandi
18 iyu 2025 14:57
Yangiliklar
"Manchester Siti"ga yangi sardor tayinlandi
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola malum qildi.
"Faoliyatimda ilk bor sardorni o'zim tanladim. O'tgan mavsumda yuz bergan voqealar (Kayl Uoker sardor bo'lgan paytda "Milan"ga o'tgan) menga yoqmadi va bu mavsumda jamoa nomidan qaror qabul qildim. Bazan boss bo'lishni xohlayman. To'rtta sardorni tanladim va klublar jahon chempionati yakunida yana bir yoki ikkita sardorni tanlayman.
Erling Xoland yosh, lekin u sardor bo'lish nima ekanini tushuna boshlashi kerak, umid qilamanki, u "Siti"da yana ko'p yillar qoladi va shu sababdan erta yoki kech u bu vazifa uchun birinchi nomzod bo'ladi.
Sizda Bernardu, Ruben [Diash], Rodri va Ilkay [Gyundogan] kabi ajoyib etakchilar bor. Jamoa sardorlari sheriklarini, klubni birinchi o'ringa qo'yishi va doim jamoa uchun nima yaxshi ekanini so'rashi kerak. Ular jamoa uchun eng yaxshisini aniqlaganda, xato qilmasliklari lozim.
Menimcha, Bernardu ko'p yillar davomida biz uchun futbolchi bo'ldi. Har doim qiyin paytlarda u o'zini ko'rsatishi kerakligini tushungan", – dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar