Umid Ergashev: "Qashqadaryo ahlini 5 yillik tanaffusdan keyin qo'lga kiritilgan kubok bilan tabriklayman!"
04 dek 2021 19:22
Yangiliklar
Umid Ergashev: "Qashqadaryo ahlini 5 yillik tanaffusdan keyin qo'lga kiritilgan kubok bilan tabriklayman!"
"Paxtakor" hamda "Nasaf" o'rtasidagi O'zbekiston kubogi finalidan keyin (1:2) "ajdarlar" posboni Umid Ergashev o'z fikrlarini bildirdi.
- O'yin haqida
- Butun Qashqadaryo ahli va "Nasaf" muxlislarini 5 yillik tanaffusdan keyin qo'lga kiritilgan kubok bilan tabriklayman! Qiyin o'yin bo'ldi. Bizda ortga yo'l yo'q edi, yutmasak bo'lmasdi.
- "Nasaf" birinchi taymning yarmidayoq 10 kishi bo'lib qoldi. Ro'ziqul Berdiev tanaffus paytida jamoani qanday ruhlantirdi?
- Esda qolarli so'zlarni gapirdilar. "Bugun qahramon bo'lishingiz mumkin. Hammasini esdan chiqaring, Bir taym yaxshi o'ynab, qahramonga aylaninglar", deya takidladilar. Fursatdan foydalanib, "Championat.asia" orqali jamoadoshlarimga rahmat aytaman, ular bilan bir jamoada o'ynayotganimdan faxrlanaman. Muxlislarga ham tashakkur!
Fikrlar