So’nggi yangiliklar

21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  4 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7

Umid Ahmadjonov Seulda tashkil etilgan sport vazirlarining Konferenciyasida ishtirok etdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Seulda tashkil etilgan sport vazirlarining Konferenciyasida ishtirok etdi

Teglar :  Umid Ahmadjonov
Pxyonchxanda start olgan XXIII qishki Olimpiya o'yinlari doirasida bugun, 12 fevral kuni mamlakat poytaxti Seulda Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan sport vazirlari Konferenciyasi tashkil etildi.

Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti va mamlakat futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etdi.

Konferenciyaning bosh mavzusi “Jamiyatda sport qadriyatlarini rivojlantirish” bo'lib, mazkur anjuman ishtirokchilarga dopinglarsiz toza sport, ijtimoiy rivojlanishda sportning ahamiyati, sport musobaqalaridagi g'irromliklarni oldini olish, sport qadriyatlarini rivojlantirish kabi masalalarda misollar keltirish, fikr almashish imkonini berdi.

Konferenciyani dastlab Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vaziri Do Jong Van kirish nutqi bilan ochib berdi. SHundan so'ng ishtirokchi mamlakatlar sport mutassadilari o'z taqdimotlarini o'tkazishdi. Konferenciyada ko'pgina masalalar muhokama qilindi. Anjuman yakunida esa ishtirokchilarga madaniy dastur namoyish etib berildi.

Konferenciyadan so'ng Umid Ahmadjonov shu erning o'zida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Kreyg Ridi, shuningdek, Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm ishlari vaziri Do Jong Van bilan uchrashdi.


Uchrashuvda tomonlar o'rtasida o'zaro do'stona aloqalar o'rnatish, Olimpiya harakaktini yanada rivojlantirish masalasida hamkorlik rishtaralarini mustahkamlash borasida kelishib olindi.

SHuningdek, WADA Prezidenti Kreyg Ridi suhbat davomida mamlakatimizda dopinga qarshi kurash masalasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 3 yanvarda elon qilingan PQ-3457 sonli “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qarori bu borada muhim qadam bo'lishini takidlab o'tdi.

Umid Ahmadjonov o'z navbatida Butunjahon antidoping agentligi rahbarini yurtimizga taklif etdi. Kreyg Ridi bu taklifni bajonidil qabul qildi va ish taqvimidan kelib chiqqan xolda WADA Prezidentining O'zbekistonga yaqin oylar ichida tashrif buyurishiga oid kelishuvga erishildi.


O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика