So’nggi yangiliklar

21:15BALLON D'OR-2025  5 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  2 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  16 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  4 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  4 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  37 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  11 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  8 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5

Ulug'bek Ro'zimov xotirasiga bag'ishlangan o'yindan FOTO + VIDEO Yangiliklar

Ulug'bek Ro'zimov xotirasiga bag'ishlangan o'yindan FOTO + VIDEO

"Paxtakor" stadionida "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoalarining marhum himoyachisi Ulug'bek Ro'zimov xotirasiga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi.

O'yinda turli yillarda "Paxtakor" va milliy terma jamoamiz sharafini himoya qilgan sobiq futbolchilar taklif etildi. SHuningdek, bir qator futbol faxriylari va Ulug'bek Ro'zimovning oila azolari bellashuvga tashrif buyurishdi.

O'yin mobaynida muxlislar o'zbek futbolining sobiq yulduzlari harakatlaridan bahra olish imkoniga ega bo'lishdi. Uchrashuv 6:4 hisobida "Paxtakor" faxriylari g'alabasi bilan tugadi. Tanaffus paytida Ulug'bek Ro'zimov qo'l ostida shug'ullangan "Paxtakor" futbol akademiyasining 2005 yil tarbiyalanuvchilari Bolgariyada shu yilning aprel oyida o'tkazilgan xalqaro turnirdagi medallar va kubok bilan futbol faxriylari tomonidan taqdirlanishdi.


"Paxtakor" - O'zbekiston terma jamoasi - 6:4

Hakam: SHuhrat Po'latov.

Gollar: Irismetov 3, Rahmonqulov, J.Abduraimov, Jalolov - A.Abduraimov 2, Xvostunov, SH.Maqsudov.

"Paxtakor": Ravshan Rajabov, Oleg Nesterov, Rustam Qurbonboev, Abdumajid Toirov, No'mon Hasanov, Jasur Abduraimov, Ravshan Bozorov, Leonid Koshelev, Stanislav Kudryashov, Jafar Irismetov, No'mon Nurmatov, Sadilla Jalolov, Sanjar Maqsudov, SHuhrat Rahmonqulov.

O'zbekiston terma jamoasi: Aleksey Roshin, Andrey Fyodorov, Abdusamad Do'rmonov, Rustam Do'rmonov, Fevzi Davletov, Aleksandr Xvostunov, Azamat Abduraimov, Murod Aliev, SHuhrat Maqsudov, G'ayrat Odilov, Mahmud Sobirov, Yorqin Nazarov.



TAS-IX

 


TAS-IX Emas




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика