So’nggi yangiliklar

22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  1 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  52 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4

Ulug'bek Mirzaev: "Maqsad - "Andijon" jamoasini kuchaytirish" Yangiliklar

Ulug'bek Mirzaev: "Maqsad - "Andijon" jamoasini kuchaytirish"

O'FA hamda O'zPFL yil yakunlariga bag'ishlab o'tkazgan "ENG ZO‘R Uz Football Awards-2022" taqdirlash marosimida klublar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Xususan, yaqinda "Andijon" bosh direktori etib tayinlangan Ulug'bek Mirzaev keyingi yilgi rejalar haqida to'xtaldi. 

"Xabaringiz bor, yilning asosiy qismini "Bunyodkor"da o'tkazdim. So'nggi 4 yil davomida mazkur klubda bosh direktor lavozimida ishladim. Noyabr oyi o'rtalarida "Andijon" klubidan taklif bo'ldi. SHaxsan viloyat hokimi SHuhratbek Qo'shoqboevich Abdurahmonov ishga taklif qildilar. Maqsad "Andijon" jamoasini kuchaytirish. Jamoaning keyingi yil Superligada munosib ishtirok etishini taminlash. Kuchli futbolchilar bilan muzokara olib borib klubga jalb qilish, mavsum taraddudini yuqori saviyada o'tkazish. Hamma masalani ko'tardilar. Eng asosiysi "Andijon" klubi butun Andijon futbolini boshqarishi kerak. Butun futbol maktablari, akademiyalar "Andijon" klubi uchun ishlashi lozim. Birorta yosh futbolchi klubimiz etiboridan qolishi kerakmas. Ikkinchidan futbolchi Andijon viloyatidan boshqa viloyatga bejizdan-bejiz shunchaki o'tib ketishi kerakmas. Tizm ishlab chiqdik. Buni taqdim qilamiz. "Andijon" butun viloyat rivojlanishi ustida turadi. Albatta xududi associaciya bilan birgalikda. 

Oldinda ishlarimiz ko'p. Katta hajmdagi ish kutmoqda. Mana yangi format loyihasi elon qilinmoqda. Endilikda Superligada 10-o'rinni egallagan jamoa ham quyi ligaga tushib ketishi mumkin. SHunday jamoa qilishimiz kerakki, birinchi yil uchun 10-o'rindan tepada yuradigan. Niyatlarimiz bor. Jamoamiz imkon qadar yuqori o'rinda yursin. Lekin raqobatni ko'ryapsiz. Dastlabki bosqich uchun kamida o'rnimizni o'rtaroq pog'onada saqlab qolishga etibor qaratyapmiz. Lekin 2024 yil Andijon futboli o'zining 60 yillik yubileyini nishonlaydi. Jamoamiz 1964 yil tashkil qilingan. SHu yubiley uchun Andijonga nimadir taqdim qilishimiz kerak", - deydi Ulug'bek Mirzaev.



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика