So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  12 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  141 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  2 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  1 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  1 23:42Қозоғистонлик тадбиркор "Реал"дан бешта гол ўтказган "Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабонига машина совға қилди  3 22:50Максим Шацких: "Энг муҳими гол ўтказмаслик ва нолга ўйнаш. Реализация эса кун келиб яхшиланади"  14 22:32"Элче" "Барса"га қарши ўйин анонсида учрашув "Камп Ноу" стадионида ўтказилишини маълум қилди  0 21:54"Ал Аҳли" устози: "Дурангдан қониқмадик, аммо натижа адолатли бўлди. Бу каби атмосферани маҳаллий чемпионатда доим ҳам кўравермаймиз"  9 21:20Жуд Беллингем Англия терма жамоасида йил футболчиси деб тан олинди  2 20:40ОЧЛ-2. "Андижон" "Бобур Арена"да "Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади  96 20:29Феде Вальверде кечаги ўйиндан кейинги айбловларга жавоб берди: "Суягим синган ҳолатларда ҳам ўйнаганман. Бу айбловлар мени хафа қилди"  5 20:00"Барселона" - ПСЖ — ҳужумчилар лазаретда, топ ярим ҳимоячилар тўқнашувида ким ғолиб бўлади?  8

Ulug'bek Mirzaev: Bizni og'ir damlarda qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Yangiliklar

Ulug'bek Mirzaev: Bizni og'ir damlarda qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat!

Bugun O'zbekiston Superligasining 4-tur o'yinlari yakuniga etdi.

 Ushbu turni «qaldirg'ochlar» 1:0 hisobida g'alaba qozonib, o'z ochkolari jamg'armasini navbatdagi uch ochko bilan to'ldirgan «Bunyodkor» - «Qo'qon-1912» bellashuvi boshlab bergan edi. «Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev jamoa yutuqqa erishgan uchrashuvning tashkiliy jihatlariga oid fikrlarini bildirib o'tdi: 

- Uch oylik tanaffusdan so'ng, nihoyat, Coca Cola Superliga musobaqalari davom ettirildi. Mana, bugun, tur bahslari yakuniga etdi. 13 iyun kuni zimmamizda juda katta masuliyat bor edi. Yani Superliga restartidagi ilk uchrashuv aynan «Bunyodkor» stadionida «Bunyodkor» va «Qo'qon-1912» jamoalari o'rtasidagi o'yinga to'g'ri keldi. Barchaning xabari bor, Respublika maxsus komissiyasi O'zbekiston Professional futbol ligasiga bir nechta qatiy shart va talablar bilan 5 iyundan musobaqalarni davom ettirishga ruxsat bergan edi. Aniqrog'i, sanitariya-gigiena meyorlari va qoidalariga to'liq rioya qilingan holatdagina o'yinlarni davom ettirish mumkin edi. PFL buni klublarga uqtirdi, talablarga amal qilish shartligini tushuntirdi. Biz ham bu talablarni to'g'ri qabul qilib, uchrashuvni chiroyli o'tkazish uchun juda katta hajmdagi ishlarni bajardik. Barcha tashkiliy masalalarni ijobiy hal qilish ustida ishladik va buning asnosida ortda qolgan shanba kuni «Bunyodkor» stadionidagi uchrashuv juda chiroyli o'tdi. Bellashuv komissari, PFL vakili Sardor Qudratullaev bilan o'yindan so'ng suhbatlashganimizda, u ham ijobiy fikr bildirib, uchrashuv tashkiliy tomondan hech qanday muammolarsiz o'tganini takidladi. Bu, albatta, bizni xursand qildi. Qolaversa, jamoamizning g'alaba qozongani kayfiyatimizni yanada ko'tardi. Futbolchilar, murabbiylar, klub xodimlari tomonidan qilingan ishlar, mehnatlar o'z samarasini bergani uchun ham quvondik. 

Bizning bosh homiyimiz - «O'zbekneftgaz» akciyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaevga, klubimiz prezidenti - «O'zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi o'rinbosari Ulug'bek Ashurovga «Bunyodkor» futbol klubida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar nomidan chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. CHunki kuni kecha qo'lga kiritilgan g'alabamiz zamirida nafaqat mehnatimiz, balki homiylarimizning karantin, pandemiya vaqtida, iqtisodiy tomondan qiyin paytda jamoamizni qo'llab-quvvatlashayotgani, klubimiz faoliyati bir maromda davom etishi uchun zarur mablag'larni ajratib berishayotgani yotibdi. Bundan tashqari, “Qo'qon-1912” jamoasi bilan uchrashuv juda chiroyli hamda Respublika maxsus komissiyasining talablari bo'yicha o'tishida katta hajmdagi ishni bajargan «Bunyodkor» stadioni direkciyasiga va har bir xodimiga, shuningdek, klubimizning fidoyi, jonkuyar ishchi-xodimlariga rahmat aytmoqchiman. Takidlaganimizdek, bu pandemiya vaqtidagi ilk o'yin edi. Uchrashuvni qanday o'tkazishimiz ko'pchilikni qiziqtirayotgandi. Bizni diqqat bilan kuzatishayotgandi. SHukrki, jonkuyar xodimlarning mehnati tufayli tashkiliy masalalarda doimo ilg'or bo'lganmiz. Bundan keyin ham shunday bo'ladi va hech kimning yuzini erga qaratmaymiz. Doimgidek, namuna bo'lishga intilamiz. Bundan keyin ham «Bunyodkor»ning shon-shuhratini yanada yuqoriga ko'tarish uchun harakat qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика