"Barsa" tez orada de Yong bilan shartnomani uzaytiradi
02 okt 00:31
Yangiliklar
"Barsa" tez orada de Yong bilan shartnomani uzaytiradi
Frenki de Yong "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirmoqda.
Diario Sport nashrining xabar berishicha, yarim himoyachi Frenki de Yong klub bilan yangi shartnoma tuzishga kelishib olgan. Bitim 2029 yilgacha mo'ljallangan. Takidlanishicha, yaqinda bo'lib o'tgan uchrashuvda futbolchining vakillari "Barsa"ga niderlandiyalik futbolchi bu masalani imkon qadar tezroq hal qilishni va ortiqcha muammolarni keltirib chiqarmaslikni istaganini malum qilgan. Natijada ular tez orada barcha shartlarni kelishib olishdi va hujjatlar almashish jarayoni boshlandi.
Barcha rasmiy ishlar bir hafta ichida yakunlanishi kutilmoqda.
De Yong 2019 yildan buyon "Barselona" safida to'p surmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar