So’nggi yangiliklar

02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  0 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Гаттузонинг дебютида Италиядан йирик, Франциядан ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:19ОКМК назорат ўйинида Про-лига жамоасини икки марта мағлуб қила олмади  0 00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта таъсир ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиши ва ҳис қилиши керак"  5 00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  4 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  0 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  0 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  20 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  23 21:26CAFA Nations Cup. Ўзбекистон 10 киши бўлиб қолган Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда енгди. Финалдаги рақиб – Эрон  236 21:10Ўмон терма жамоаси мураббийи: "Кўплаб вазиятлар яратдик, аммо бор-йўғи иккита гол урдик"  11 20:54Ровшан Мередов: "Ушбу мусобақа орқали мундиаль иштирокчисига қарши ўйнадик"  5

Ulug'bek Baqoev: "Nagaev terma jamoaga loyiq futbolchi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Nagaev terma jamoaga loyiq futbolchi"

Oliy liganing 18-turidan o'rin olgan "Obod" - "Buxoro" (2:3) uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida dastlab "Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev ishtirok etib o'z fikrlarini bildirdi. 

- O'yin to'g'risini aytsam, qiyin kechdi va buni o'yindan oldin futbolchilarga ham aytgandim. Biz raqibni o'rganib chiqqandik. "Obod" jadvalda oxirgi o'rinda turgani bilan har bir ochko uchun kurashmoqda. G'alaba uchun yigitlarga va shuncha yo'l bosib Buxorodan kelgan muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, - deydi Ulug'bek Baqoev. 

- Ikkinchi davraning "Buxoro" uchun boshlanishini qanday baholaysiz? 
- Ijobiy. Hozircha uchta o'yinda etti ochkoni qo'lga kiritdik va bu biz uchun yaxshi ko'rsatkich.  

- "Buxoro" bu yil kuchli uchlikka kira oladimi? 
- Hozircha bu haqda o'ylayotganimiz yo'q. Lekin har bir bahsda faqat g'alaba uchun kurashyapmiz. Mavsum oxirida ko'ramiz, nechanchi o'rinda bo'lishimizni. Hozirda har bir raqibni hurmat qilgan holda maydonga chiqyapmiz. 

- Jamoangizning safardagi o'yini uydagidan farq qiladimi? 
- Uyda bizni ko'plab tomoshabinlar qo'llab turishadi. Muxlislar Buxoroda haqiqiy 12-o'yinchi vazifasini bajarib berishadi. Safardagi o'yinlarda esa mahorat evaziga to'p tepamiz. 

- Bugun ikkinchi golni o'tkazib yuborgach uchinchisini o'tkazmasak bo'lgani degan xavotir bo'ldimi? 
- Bunday xavotir doim bo'ladi. SHu bois yigitlarga doim oxirigacha kurash kerakligini uqtiramiz. 

- O'zingiz ham futbolchi bo'lgansiz. Futbolchilarni raqibni mensimaslikka o'rgatishning iloji bormi? 
- Albatta, ko'pchilik raqibga qarab o'ynaydi. Bugungi o'yinda bizda ham 20 daqiqacha shunday holat bo'ldi. Bilmadim bu nima bilan bog'liq. 

- Ko'plab muxlislar Ivan Nagaev nima uchun terma jamoaga chaqirilmayapti degan savolni berishadi. Bu borada siz nima deya olasiz? 
- Mening terma jamoa murabbiylari ishiga aralashishim yaxshi emas. Lekin xolis fikrimni bildiradigan bo'lsam, Nagaev ham terma jamoaga loyiq futbolchi. Har holda imkoniyat berilsa o'zini ko'rsata oladi. 

- Sizningcha, hozirgi kunda O'zbekistonning eng kuchli hujumchisi kim? 
- Yaxshi hujumchilar bor, lekin bir tekis o'ynash oson emas. Hammaning futbolda o'z davri bo'ladi. Ammo kimnidir alohida mana shu zo'r hujumchi deb ajratib ko'rsata olmayman. 

X.Xoliqov. 


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика