So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Ulug'bek Baqoev: "Jasur bilan bir klub va terma jamoada o'ynaganmiz. U haqiqiy professional" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Jasur bilan bir klub va terma jamoada o'ynaganmiz. U haqiqiy professional"

Xabaringiz bor, "So'g'diyona" bugun OFK Kubogi guruh bosqichi 3-turida Turkmanistonning "Altin Asr" klubiga qarshi bahs olib borib, g'alaba qayd etdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "So'g'diyona" klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Jasur Hasanov qatnashdi.

- Ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz. Janob murabbiy, ushbu o'yin va keyingi bosqichga yo'l olganingiz haqida gapirsangiz...

- O'yin bo'yicha biz g'alaba qozondik. Har taraflama bugun ustunlik qildik. Jamoa azolari, muxlislar va klub rahbariyatini g'alaba bilan tabriklayman. Etibor uchun rahmat deb qolaman. Oldinga qadam bosishda davom etamiz. Jizzaxlik muxlislar endi ushbu musobaqa o'yinini ko'rishlari mumkin bo'ladi. Bu esa juda quvonarli.

- Jasur, sizni g'alaba bilan tabriklaymiz. Guruh bosqichidagi uchta o'yindan keyingi fikrlaringiz qanday?

- Turnirni g'alaba bilan boshlab, g'alaba bilan tugatdik. SHunisi bizni quvontirdi. Musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman.

- G'alaba bilan tabriklayman. Janob murabbiy, keyingi bosqichlarda duch keladigan kuchli raqiblarga qarshi "So'g'diyona" qanday harakat qiladi?

- Ortda qolgan uch o'yinni analiz qilsak, biz har bir uchrashuvda o'sishga erishdik. Har bir o'yinda rotaciya qildik. Raqiblarga kelsak, hozirda futbolda oldindan bir narsa deb bo'lmaydi. Har qaysi klub syurpriz taqdim qilishi mumkin. Raqibimiz kuchli klub bo'lsa ham, biz ularga kurash taklif qilamiz. 

- Jasur Hasanovga savol, yaqinda 39 yoshni qarshi olasiz. SHunga qaramay, gollar kiritish, assistlar qayd etishdan to'xtamayapsiz. Buning siri nimada?

- Oldingi o'yinda ham aytib o'tdim. Ushbu muvaffaqiyatning kaliti shundaki, men har bir o'yinga to'g'ri tayyorlanaman, to'g'ri ovqatlanaman va o'z vaqtida dam olaman.

- Jasur Hasanovning musobaqa davomida ko'rsatgan ajoyib o'yiniga murabbiyning fikri qanday?

- Biz bu yigit bilan bir klubda o'ynaganmiz. Birga terma jamoada harakat qilganmiz. SHunday paytlar bo'lganki, u men urgan gollarga assistentlik qilgan. Jasur haqiqiy professional. Menga uning maydondagi va maydon tashqarisida o'zini tutishi yoqadi. SHu bilan birga, u jamoada ajoyib muhit yarata oladi. Bu juda muhim narsa. SHu sabab ham bu yigit haligacha yuqori saviyada o'ynab kelmoqda.

- Murabbiyga savol. Sizning keyingi raqibingiz "Xo'jand" jamoasi. Raqib haqidagi fikringiz qanday? Ushbu o'yingacha tarkibingizda o'zgarishlar bo'ladimi yoki bunga hojat yo'qmi?

- Qanday raqib bo'lishidan qatiy nazar, biz ularni hurmat qilamiz. "Xo'jand" ham kuchli jamoa. Selekciya masalasiga kelsak, biz albatta bu ishni amalga oshiramiz. Ikki-uch poziciyani kuchaytirimiz lozim. Bu narsaga zaruriyat borligini bugun ko'rdik. Hozir chempionatga etiborni qaratamiz va undan keyin OFK kubogidagi raqibga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz. 

- Hisob 3:0 bo'lishiga qaramasdan, murabbiyning qaysidir vaziyatlarda jahli chiqdi. Bu nima bilan bog'liq edi? 

- Bilasizmi, siz o'yin ichida bo'lsangiz bu narsa tabiiy kechadi. Men har bir o'yinchim o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishini xohlayman. SHu tarafdan qaraganda, hissiyotlarni boshqarib bo'lmaydi. Hisobning ahamiyati yo'q. Men o'zimni har doim shunday tutaman. Buning sababi nima ekanligini bilmayman. 

- Ulug'bek aka, g'alaba bilan yana bir bor tabriklaymiz. Kelib chiqishingiz bo'yicha tojik millati sizga begona emas. Tojikistonlik futbol muxlislariga aynan tojik tilida ikki og'iz nimadir deya olasizmi?

- Rahmati kalon, tashakkur. Tojikistondagi muhit ajoyib. Insonlari mehmondo'st. Men bu erda o'zimni uyimdagidek his qildim.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика