So’nggi yangiliklar

10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   2 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  6 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3

Ulug'bek Baqoev: "Biz natija uchun o'ynadik va o'sha natijaga erishdik" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Biz natija uchun o'ynadik va o'sha natijaga erishdik"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "So'g'diyona" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Paxtakor" - kuchli jamoa va amaldagi O'zbekiston chempioni. Ular bilan ochiq futbol o'ynash juda og'ir. SHu bois himoyadan o'ynashga qaror qildik, himoyada yaxshi harakat qildik. Menimcha durang adolatli natija. Ular ham, biz ham darvoza to'sinni poyladik. Keyingi o'yinlarda "Paxtakor"ga omad tilayman, biz esa keyingi bahslarga tayyorgarlikni boshlaymiz", - deb gap boshladi Baqoev.

- "Paxtakor" bir qator etakchilari bugun maydonga tushmasliklari oldindan malum edi. "So'g'diyona" g'alaba qozonib birinchi o'ringa chiqib olish imkoniyatidan foydalana olmadi. Futbolchilar so'nggi daqiqalarda ochiqchasiga vaqt cho'zishdi, bu nima bilan bog'lik?

- O'yin doim ham siz xohlagandek chiqmaydi. Oldingi 9ta turning barchasida kamida bittadan gol urib kelayotgandik. Bugun esa bu ananamiz yakuniga etdi. Bunga "Paxtakor" futbolchilari yo'l qo'yishmadi. Biz natija uchun o'ynadik va o'sha natijaga erishdik. Rahbariyatni bir ochko bilan tabriklayman.

- Bugun Norxonovning o'yini uncha o'xshamadi. Bu uning terma jamoadan yaqinda kelgani sababli bo'ldimi?

- U kuni kecha Saudiya Arabistonidan qaytib keldi. SHohruzni taxminan 1 oy ko'rmadik. Uning hozirgi holati bilan to'liq tanish emasmiz. Tez orada u yana o'z formasiga qaytib oladi.

- Durangdan qoniqdingizmi?

- Ha, amaldagi chempion bilan safarda durang o'ynash biz uchun muhim ochko hisoblanadi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика