Ukrainada murabbiy bir umrga futboldan chetlatildi
20 may 2021 22:31
Yangiliklar
Ukrainada murabbiy bir umrga futboldan chetlatildi
Ukrainada "Suma" bosh murabbiyi Aleksandr Sevidov ishi yakunlandi.
Ukraina appelyaciya qo'mitasi mutaxassisni bir umrga futbolga aloqador bo'lgan barcha ishlardan chetlatdi. Aslida 51 yoshli murabbiy 5 yilga futboldan chetlatilgandi. Ammo bu borada qo'mita ham murabbiy ham Lozannadagi CAS ga ariza bilan chiqdi: qo'mita murabbiyning bir umrga chetlatilishini, murabbiy esa diskvalifikaciya olib tanlanishini talab qildi. O'z navbatida qo'mita mutaxassisning kelishilgan o'yinlarda qatnashgani borasidagi dalillarni taqdim qildi.
Yakunda CAS appelyaciya qo'mitasining murojaatini qondirdi.
Fikrlar