Mudrik faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
18 avg 2026, 17:25
Ukrainalik vinger Mixaylo Mudrik faoliyatini ijara asosida Angliyada davom ettirishi mumkin.

“TEAMtalk” ma'lumotlariga qaraganda, “Koventri Siti” “Chelsi”ning 25 yoshli futbolchisi uchun kurashda raqobatchilarini sezilarli darajada ortda qoldirmoqda.

London klubi Mudrik bilan butunlay xayrlashishni rejalashtirmayapti. “Chelsi”da uzoq vaqtlik tanaffusdan so'ng futbolchiga doimiy o'yin amaliyoti zarur deb hisoblashmoqda, shu sababli faqatgina ijara variantini ko'rib chiqishga tayyor.

Nashrning qayd etishicha, “Koventri” “Chelsi” sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard boshqarmoqda va u londonliklar safidagi faoliyati orqali Mudrikni juda yaxshi biladi. “Chelsi” rahbariyati ham jamoa o'yin uslubi ukrainalik vingerga mos kelishiga va uzoq muddatli tanaffusdan keyin o'z formasini tiklab olishiga yordam berishiga ishonmoqda.

Mudrik 2024 yilning noyabr oyidan beri rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagandi. Iyul oyining oxirida futbolchi mashg'ulotlarga va o'yinlarga qaytish uchun ruxsat oldi, shundan so'ng u “Chelsi”ning mavsumoldi turne doirasidagi 3 ta bahsida ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk