"Shaxtyor" YCHLdagi uy o'yinlarini Londonda qabul qiladi

22 avg 2026, 00:24
Ukrainaning "Shaxtyor" klubi 2026/27 yilgi Chempionlar ligasidagi uy uchrashuvlarini Londonning "Stemford Brij" stadionida o'tkazadi. Bu haqda klub va "Chelsi" rasman ma'lum qildi.

Tomonlar stadiondan foydalanish bo'yicha kelishuvga erishgan. Shu bilan "Shaxtyor" o'zining Yevropa musobaqalaridagi navbatdagi uy o'yinlarini Londonda qabul qiladi.

"Shaxtyor" so'nggi yillarda xavfsizlik sababli o'zining ananaviy uy stadioni - Doneckdagi "Donbass Arena"dan foydalana olmayapti va Yevropa musobaqalaridagi uy uchrashuvlarini turli mamlakatlarda o'tkazib kelgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: chelseafc.com