So’nggi yangiliklar

09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  1 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  1 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  9 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16

Ukraina Rossiya to'g'risidagi qaror sababli UEFAga boykot elon qildi Yangiliklar

Ukraina Rossiya to'g'risidagi qaror sababli UEFAga boykot elon qildi

Teglar :  UEFAUkrainaRossiya
UEFA Rossiyaning 17 yoshgacha bo'lgan terma jamoalarini Evropa musobaqalariga qaytarish rejasini elon qilganidan keyin Ukraina Rossiya terma jamoalari ishtirokidagi turnirlarda ishtirok etmasligini malum qildi.

Ukraina futbol associaciyasi (UFA) o'z bayonotida UEFAni qarorini qayta ko'rib chiqishga, boshqa mamlakatlarni esa Rossiya jamoalariga qarshi o'ynamaslikka chaqirdi.

UEFA 2022 yilning fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Rossiyaning barcha jamoalari tashkilot musobaqalarida ishtirok etishni to'xtatib qo'yishga qaror qildi. Ammo seshanba kuni UEFA "bolalar javobgarligi faqat kattalar zimmasiga tushadigan harakatlar uchun jazolanmasligi kerak" deya Rossiyaning 17 yoshgacha bo'lgan jamoalari "ushbu mavsum davomida" UEFA musobaqalariga qayta kiritilishini malum qildi.

"UFA UEFAning Rossiya Federaciyasi U-17 terma jamoalarini xalqaro musobaqalarga qaytarish haqidagi bugungi qarorini keskin qoralaydi”, — deyiladi UFA xabarida. "UFA biz Rossiya jamoalari ishtirokidagi hech qanday musobaqada qatnashmasligimizni tasdiqlaydi va UEFAga azo boshqa associaciyalarga Rossiya Federaciyasi jamoalari ishtirokida ehtimoliy o'yinlarni, ular qabul qilingan taqdirda, boykot qilishga chaqiradi".

Unda aytilishicha, “Rossiya Federaciyasi tomonidan Ukrainaga qarshi olib borilayotgan jangovar harakatlar sharoitida Rossiya jamoalarining musobaqalarga qaytishi asossiz va bu Rossiyaning agressiv siyosatiga zid emas”.

Angliya futbol associaciyasi UEFAning qaroriga munosabat bildirgan holda, mamlakat yoshlar terma jamoalari Rossiyaga qarshi o'ynamasligini elon qildi.

Eslatib o'tamiz, 17 yoshgacha bo'lgan erkaklar o'rtasidagi Evropa chempionatining final bosqichi kelasi yili Kiprda, ayollar o'rtasidagi musobaqa esa SHveciyada bo'lib o'tadi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика