Ukraina futbol associaciyasi Rossiyani FIFA va UEFAdan chiqarib tashlashni va Eronni JCH-2022dan chetlashtirishni talab qildi
31 okt 2022 20:31
Yangiliklar
Ukraina futbol associaciyasi Rossiyani FIFA va UEFAdan chiqarib tashlashni va Eronni JCH-2022dan chetlashtirishni talab qildi
UFA Ijroiya qo'mitasi FIFA va UEFAga Rossiyani tashkilotlar azoligidan chiqarish talabi bilan murojaat qildi. Murojaat Rossiyaning yangi hududlari va Qrim jamoalariga FNL shafeligidagi musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berish qarori munosabati bilan yuborildi.
UFA ijroiya qo'mitasi, shuningdek, “inson huquqlari buzilishining tizimli ko'rinishlari” va Ukrainadagi maxsus harbiy operaciyaga “ehtimoliy aralashish” tufayli Eron terma jamoasini JCH-2022dan chetlashtirish masalasini ko'rib chiqish taklifi bilan FIFAga murojaat qilgan.
24 oktyabr kuni bosh vazir o'rinbosari Dmitriy CHernishenko prezident Vladimir Putinga hisobot berish chog'ida Rossiya hukumati va RFU Rossiya futbol chempionatlariga yangi hududlarni birlashtirishga kelishib olganini aytgandi.
2022 yilgi jahon chempionati shu yilning 20 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarda bo'lib o'tadi.
Fikrlar