So’nggi yangiliklar

18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  0 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

RPL. Oston O'runov 90 daqiqa o'ynagan bahsda "Ufa" "Dinamo"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

RPL. Oston O'runov 90 daqiqa o'ynagan bahsda "Ufa" "Dinamo"ga mag'lub bo'ldi

Teglar :  Dinamo Ufa
"Ufa" hamda "Dinamo" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 29-tur uchrashuvi yakunlandi.

FC Ufa

Premier League . 29-tur

16/07/2020, 21:00

1
:
0
Tugadi

Dinamo Moscow

Joaozinho - 79'

Stadion: Neftyanik Stadium

45'
90'
55'  Danila Emeljanov
72'  Pavel Alikin
76'  Olivier Thill (Andres Vombergar)
46'  Dmitriy Skopintsev (Vladislav Karapuzov)
46'  Oscar Hiljemark (Igor Shkolik)
61'  Kirill Panchenko (Clinton N'Jie)
70'  Nikolai Komlichenko (Vyacheslav Grulev)
79'  Joaozinho
82'  Sylvester Igboun (Charles Kabore)


Ufa – Dinamo 0:1

Golar: 0:1 – 79, penalti Joaozino.
Ufa – CHernov, Krugovoy, Suxov, Tabidze, Alikin, Urunov, Golubev, Till (Vombergar, 76), Bezdenejnix, Emelyanov, Bizyak.
Dinamo – SHunin, Ordec, Morozov, Skopincev (Karapuzov, 46), Rykov, Joaozino, Noyshtedter, Xilemark (SHkolik, 46), Igboun (Kabore, 82), Komlichenko (Grulev, 70), Panchenko (N`Ji, 61).
Ogohlantirishlar:
Emelyanov (55), Alikin (72).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. VARdagilar bosh hakamga murojaat qilib, "Ufa" darvozasi oldida penalti bo'lishi mumkinligi haqida xabar berishdi, biroq uzoq kutishdan so'ng qoidabuzarlik yo'qligi qayd etildi.

90. Bahs asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Ufa" ketma-ket burchak zarbalariga ega bo'lyapti, biroq bundan naf chiqara olishmayapti.

83. Joriy mavsum penaltidan gol urish bo'yicha "Dinamo" ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Bugun "Ufa" mehmoni bo'layotgan moskvaliklar bu mavsum 8ta penalti tepishibdi, birinchi o'rinni "Zenit" egallab turibdi.

81. "Ufa" burchak zarbasini amalga oshirdi, ammo standart vaziyat huddi avvalgilaridek foydasiz yakun topdi.

79. GOL! Joazino penaltidan hisobni ochdi, 0:1.

78. "Dinamo" penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi.

75. Statistika
Zarbalar: 4-10

Aniq zarbalar: 2-3

69. Yana bir marta "suvli tanaffus" elon qilindi.

65. Zarbaaa! "Dinamo" futbolchisi SHkolik "Ufa" darvozasi tomon kuchli zarba berdi, biroq to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

53. Oston O'runov boshlab bergan tezkor qarshi hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

52. "Ufa" jarima maydonchasi ichida to'p mezbon jamoa futbolchisining qo'liga tegdi, ammo hakam qoida buzilmaganini ko'rsatdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Jamoalar maydonga qaytmoqda, O'runov chimga qadam qo'yishdan avval qo'linib ochib, duo qilib qo'ydi.

TANAFFUS

45. "Dinamo"ning birinchi bo'lim oxiridagi hujumi Igbounning noaniq zarbasi bilan yakun topdi.

42. So'nggi 5 daqiqa ichida mezbonlar raqib darvozasi oldida ko'proq hujum uyushtirdi, ammo ular zarbasiz yakun topdi.

35. Ostonning navbatdagi yurishi markazda to'xtadi, raqib futbolchisi to'pni autga chiqarib yubordi.

33. Oston O'runov markazdagi to'p uchun kurashda g'olib bo'ldi va tezda hujumga o'tdi. Uning harakatlaridan so'ng to'p jamoadoshiga tushdi, biroq "Dinamo" posboni zarbani qaytardi.

27. O'runovning harakatlari "Manchester Yunayted"dagi yosh Krishtianu Ronalduni eslatib yubormoqda.

22. Futbolchilar tomog'ini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus elon qilindi.

15. Oston O'runov chap qanotda jamoadoshidan to'pni qabul qildi va uziga to'g'irlab, darvozaga zarba berdi. O'runovning to'pni "egarlashi" chiroyli chiqdi, ammo zarba haqida bunday deb bo'lmaydi. Noaniq.

14. Uchrashuvda tomonlarning kuchi tengdek ko'rinmoqda.

9. Oston markazga yaqin hududda to'pga ega chiqdi va ajoyib fintlar bilan raqibni aldab, pas berishga urindi. Ammo uning harakatlari besamar yakunlandi va to'p yo'qotildi.

5. Zarbaaa! Panchenko "Ufa" darvozasiga kuchli zarba berdi, CHernov to'pni bir amallab qaytardi, ammo bir necha soniya oldin ofsaydni anglatuvchi xushtak chalingan edi.

1. Uchrashuv boshlandi.

"Ufa" - "Dinamo" LIVE

Ufa – CHernov, Krugovoy, Suxov, Tabidze, Alikin, O'runov, Golubev, Till, Bezdenejnix, Emelyanov, Bizyak.
Dinamo – SHunin, Ordec, Morozov, Skopincev, Rykov, Joaozino, Noyshtedter, Xilemark, Igboun, Komlichenko, Panchenko.
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика