So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  9 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

UEFA.com prevyusi. Turkiya - Italiya Yangiliklar

UEFA.com prevyusi. Turkiya - Italiya

Bugun Evropa chempionatiga start beriladi.

Rimdagi ulkan "Olimpiko" stadionida Turkiya va Italiya terma jamoalari mazkur musobaqaning ochilish uchrashuvini boshlab berishadi.

Jurnalistlar va murabbiylar nima deydi?

Gorkem Kirgiz, turkiyalik jurnalist:- Turkiya terma jamoasi bir nechta o'yinlarda o'zini ko'rsatgan va bu safar ham shunday bo'ladi deb umid qilaman. SHenol Gyunesh yosh tarkibni yig'di, futbolchilar g'alabaga chanqoq. Bosh murabbiyimiz Rimga shunchaki bormasligini juda yaxshi his qilib turibman. U zamonaviy futbol namoyish eta oladigan jamoani olib ketyapti. Agar hammasi ko'ngildagidek kechsa, ochilish o'yini bizning foydamizga hal bo'ladi. 

Paolo Menikuchchi, italiyalik jurnalist: - "Skuadra Adzurra" 2018 yildan beri yutqazmay kelmoqda. Lekin tan olish kerak, Turkiya terma jamoasi ham kuchli raqib sanaladi. Biroq men o'z jamoamizga ishonaman. CHexiya bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvida to'rtta gol urdik va bu o'yinda oldindagi uchlik - Lorenco Insine, CHiro Immobile va Domeniko Berardi o'zlaridan iliq tassurot qoldirishdi. Bugun ham shu futbolchilar asosiy rolni bajaradi deb o'ylayman. 

SHenol Gyunesh, Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi: - Birinchi o'yindagi ijobiy natija biz uchun juda muhim. Ochilish o'yini har doim qiyin bo'ladi. Bu tarixdan malum. Men ilk uchrashuvdayoq shogirdlarimdan g'alaba kutaman. Agar yutqazib qo'ysak ham, yaxshi o'yin ko'rsatishimiz kerak. 

Roberto Manchini, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi: - Turkiya terma jamoasini hurmat qilamiz, ularda iqtidorlar ko'p. Ochilish o'yinida hissiyotlar boshqacha bo'ladi, biz maydonga chiqib o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. Qanday jamoaga qarshi bahs olib borishni juda yaxshi bilamiz. G'alaba qozonishimizga ishonaman.

 


Qiziqarli malumotlar:

- Italiya terma jamoasi avvalgi 10ta o'yinda Turkiyaga umuman yutqazmagan: 7 g'alaba, 3 durang. 

- Italiya bungacha Evropa chempionatlarining 8ta dastlabki o'yinidan faqat bittasida mag'lub bo'lgan: Evro-2008, Italiya - Niderlandiya 0:3. 

- Turkiya shu paytgacha to'rt marta Evropa chempionatlari final bosqichida o'ynagan va ikki bor guruhdan chiqishni uddalagan. 

- Turkiya avvalgi ochilish uchrashuvlarining hammasida mag'lub bo'lgan va faqat bitta gol urgan, 2000 yil Italiya darvozasiga. 

- Bu EURO musobaqalarida Turkiya va Italiyaning o'zaro ikkinchi to'qnashuvi bo'ladi. Birinchi to'qnashuvda (Evro-2000) Italiya 2:1 hisobida zafar quchgan. O'shanda Antonio Konte va Filippo Inzagining gollari g'alaba keltirgan. Turkiya termasi safida Okan Buruk gol muallifi bo'lgan. 

- Evro-2000da Italiyani Dino Zoff, Turkiyani esa Mustafa Denizli boshqargan. Italiya o'sha musobaqa finalida Franciyaga, Turkiya esa chorak finalda Portugaliyaga imkoniyatni boy bergan.

- 1978 yil Turkiya va Italiya terma jamoalari o'rtasida Florenciyada o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilgan. O'shanda turklar darvozasini hozirgi bosh murabbiy SHenol Gyunesh qo'riqlagan. O'yinda italyanlar 1:0 hisobida zafar quchgan. 


Diqqat markazimizda Turkiya

- Bu Turkiya terma jamoasi uchun Evropa chempionatlarida beshinchi ishtirok bo'ladi. Jamoa ilk bor 1996 yilgi qita birinchiligida qatnashgan. 

- Turkiya 2000 va 2008 yilgi musobaqalarda guruhdan chiqishni uddalagan.

- To'rt yil oldingi Evropa chempionatida turklar Xorvatiya va Ispaniyadan so'ng guruhda uchinchi bo'lishgan. Turkiya terma jamoasining EUROdagi eng yirik mag'lubiyati Ispaniya bilan o'yinda ro'y bergan - 0:3. 

- Ushbu musobaqaga Turkiya terma jamoasi guruhda Franciyani ortda qoldirgan holda etib keldi. Ular 10ta o'yinda 23 ochko to'plashdi. SHenol Gyunesh shogirdlari uyda Franciyani 2:0 hisobida mag'lub etib, safarda 1:1 o'ynashdi.

- Turkiya terma jamoasi EURO-2020 saralash bahslarida o'z darvozasidan atigi 3ta to'p o'tkazib yubordi. Ular 8ta o'yinda o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi. Bu Evropa chempionati ishtirokchilari orasida eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.


Diqqat markazimizda Italiya

- Bu Italiya uchun 10-Evropa chempionati bo'ladi. 1992 yildan beri "Skuadra Adzurra" ketma-ket qita birinchiliklarida ishtirok etib kelmoqda.

- Italiya faqat ikki marta - 1996 va 2004 yilgi musobaqalarda guruhdan chiqa olmagan. 

- Italiya terma jamoasi EURO-2016da guruhdan birinchi o'rin bilan chiqib, 1/8 finalda Ispaniyani 2:0 hisobida mag'lub etgan, biroq chorak finalda Germaniya qarshiligini enga olmagan. O'yin 1:1 hisobida tugab, penaltilar seriyasida nemislar 6:5 hisobida g'alaba qozongan. 

- Italiya 1968 yil o'tkazilgan Evropa chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan va 2000, 2012 yilgi musobaqalarda ikkinchi o'rinni olgan.

- Italiya ushbu EURO saralash bahslarida 10ta o'yinning hammasida g'alaba qozondi.

- Italiya terma jamoasi shu paytgacha Rimda o'tkazgan o'yinlarning 35tasida g'alaba qozonib, 18 bor durang o'ynagan va 6 marta mag'lub bo'lgan. Lekin "Olimpiko" stadionida italyanlar oxirgi 15ta uchrashuvdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda: 15 g'alaba, 2 durang.

 

Bilasizmi? 

- Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini 2013 yilning sentyabr oyidan 2014 yilning iyuniga qadar "Galatasaray"ni boshqargan. O'shanda Manchini Turkiya Kubogini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari uning qo'l ostida Burak Yilmaz mavsumning eng yaxshi to'purari bo'lgan. 

- Turkiya terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilardan faqat uch nafari avvalgi EUROda ham ishtirok etgan: Hakan CHalkanoglu, Ozan Tufan va Burak Yilmaz. 

- Italiya terma jamoasida bunday futbolchilar soni 7 nafarni tashkil etadi. Birgina Kellini uchun bu musobaqa faoliyatidagi to'rtinchi EURO bo'ladi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика