UEFA Ispaniya va Italiya termalarining o'yinlariga hakamlar tayinladi
01 iyu 2021 00:10
Yangiliklar
UEFA Ispaniya va Italiya termalarining o'yinlariga hakamlar tayinladi
Evro-2020ning chorak finali dastlabki ikki uchrashuvi uchun hakamlar tayinlandi.
Unga ko'ra, Sankt-Peterburgda o'tadigan SHveycariya - Ispaniya uchrashuvini Maykl Oliver boshqarib boradi. Unga qanotlarda Styuart Bert va Saymon Bennet yordam beradi. To'rtinchi hakam sifatida Ovidiu Xacegan ishlaydi.
Belgiya va Italiya termalari ishtirokidagi uchrashuvni esa sloveniyalik Slavko Vinchich ishlaydi. Qanotlarda Tomaj Klanchnik va Andraj Kovachich ishlaydi. To'rtinchi hakam sifatida argentinalik Fernando Andres Rapallini ishlaydi.
Eslatib o'tamiz, SHveycariya - Ispaniya uchrashuvi 2 iyul kuni 21:00da start olsa, Belgiya - Italiya uchrashuvi 00:00da boshlanadi.
Fikrlar