Foden murabbiy bo'lishni xohlaydi
21 iyu 2025 22:43
Yangiliklar
Foden murabbiy bo'lishni xohlaydi
"Manchester Siti" hujumchisi Fil Foden kelajakda bolalarni shug'ullantirmoqchi ekanini tan oldi.
"Bir kun kelib murabbiy bo'lib, akademiyada yosh yigitlarga ustozlik qilmoqchiman. Odamlarga yordam berish va ularni yaxshiroq qilish menga yoqadi", - dedi Foden.
Foden "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg'ol qildi va ettita assist muallifiga aylandi. 25 yoshli Fodenning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt futbolchining narxini 100 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar