So’nggi yangiliklar

12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  1 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  3 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  5 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5

UEFA hakamlarni simulyaciya qilgan, to'qnashuvda qatnashgan va referilarga bosim qilgan futbolchilarni qattiqroq jazolashga chaqirdi Yangiliklar

UEFA hakamlarni simulyaciya qilgan, to'qnashuvda qatnashgan va referilarga bosim qilgan futbolchilarni qattiqroq jazolashga chaqirdi

UEFA matbuot xizmati 2022/2023 yilgi evrokubok o'yinlarini boshqaradigan hakamlar uchun har yili elon qiladigan, ananaviy murojaatini chop etdi.

Unda aytilishicha, hakamlar simulyaciya ishlatgan, ommaviy to'qnashuvlarda qatnashgan va hakamlarga bosim o'tkazishga uringan futbolchilarga qattiqroq jazo tayinlashlari lozim.

"Biz o'yinda bunday narsalarni ko'rishni istamaymiz. Futbol imijini himoya qilishimiz darkor. Maydonda va zaxira o'rindig'idagi xatti-harakatlarning ayrim turlarini nomaqbul deb hisoblaymiz. Futbolchi boshqa o'yinchini jazolamoqchi bo'lsa, bu futbol uchun adolatdan emas. Bu o'yinchilarning o'z hamkasblariga nisbatan adolatsizligini ifodalaydi – bu hurmatsizlikning yomon namunasi.

Simulyaciya bilan referilarni aldamoqchi bo'lgan yoki engil qo'pollikdan keyin o'zini jabrlangan qilib ko'rsatgan o'yinchilar jazolanishi kerak. Bundan tashqari, hakamlarni aldab, raqib o'yinchilariga qizil yoki sariq kartochkalar ko'rsatishga sababchi bo'lishni xohlagan futbolchilarni jiddiy jazoga tortishi lozim.

Ushbu darajadagi o'yinlarda o'yinning borishini o'zgartiradigan, bir soniya ichida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan turli va muhim vaziyatlar yuzaga keladi. Bunday vaziyatlarda hakamlar o'yinni o'qiy olishi va uchrashuv ruhini tushuna olishi juda muhim – ular to'g'ri chora ko'rishga tayyor bo'lishlari, har qanday yo'l bilan kerakli qaror qabul qilishlari va eng muhimi, etiborli bo'lishlari kerak", – dedi UEFA hakamlar qo'mitasi rahbari Roberto Rozetti.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика