UEFA "Atletiko"ga ECHL yo'llanmasini sovg'a qilishi mumkin
17 apr 2020 21:28
Yangiliklar


UEFA "Atletiko"ga ECHL yo'llanmasini sovg'a qilishi mumkin
Ispaniya chempionati yakunlanmasa ham "Atletiko" keyingi mavsumda ECHL o'yinlarida qatnashishi mumkin.
Bu haqda "COPE" xabar bermoqda. Ayni damda "matraschilar" Primero turnir jadvalida Evropa ligasiga yo'llanma beruvchi 6-o'rinni egallab turibdi.
Qayd etilishicha, UEFA rahbariyati qoidalarni chetlab o'tgan holda "Atletiko"ga ECHL yo'llanmasini sovg'a qilishi mumkin.
Bunga jamoaning ushbu mavsum ECHLda qayd etgan natijalari va 2014 hamda 2016 yillarda turnir finalida o'ynagani turtki bo'lishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar